Buxoro xonligi tarixi

Ushbu oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustda va 2015 yil 10 yanvardagi “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma maʼlumotlaridan 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi talabalari uchun o‘tiladigan “Buxoro xonligi tarixi” fani bo‘yicha dars mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro xonligining tashkil topishi va yuksalishi, tanazzuli sabablarini o‘rganish, bu orqali Buxoro xonligi tarixidan bir tizimli ilmiy asoslangan bilimlar berish, jumladan xonlik aholisining hayoti, ularning mashg’ulotlari, davlatchilik va me’morchilik tarixi, bosqichlari, o’zaro diplomatik va elchilik aloqalari, savdo munosabatlari bo‘yicha dastlabki bilimlar, ko‘nikma va malakalar berishni belgilab beradi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O`zbek xalqining asriy orzulari ham ro`yobga chiqqaniga chorak asrdan oshdi. Bugungi kunda O`zbekiston xalqi erk va ozodlik davrida hayot kechirmoqda. “Bugun O’zbekistonimiz bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’lini xolisona baholar ekanmiz, o’tgan davr mobaynida biz erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan olamshumul yutuq va marralar, avvalambor izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz va uning barqaror o’sish sur’atlari, aholi farovonligining yildan yilga oshib, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz obro’-e’tiborining tobora yuksalib borayotganligi – bularning barchasi Konstitutsiyamizning asosiga qo’yilgan, chuqur va puxta o’ylangan maqsad, prinsip va normalarning hayotbaxsh samarasi desak hech qanday mubolag’a bo’lmaydi”. Mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston o’tgan yigirma yetti yil ichida o’ta mashaqqatli va sharafli yo’lni bosib o’tdi. Buni oldindan yaxshi bilgan O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb aytgan so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir bor anglaymiz. Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma`naviy merosini o`rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. Ma`naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma`naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek “…tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasorati tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda”. I.Karimov tarixiy xotira to`g’risida fikrini davom ettirar ekan – “Tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi,” - deya haqli ravishda qayd etgan. Yoshlarimizni Vatan tarixi bilan doimo mukammal tarzda qurollantira borsakkina, kelajagi buyuk davlatni qura olamiz.
  • Buxoro xonligi tarixi haqida manbalar: O`zbekistonda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol ruhda tarbiyalash maqsadida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu maqsadda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Buxoro xonligi yohud xonligi XVIII asr o`rtalaridan va XX asrning 20 – yillarigacha yashagan O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan uchta yirik xonliklardan biridir. Buxoro hukmdorlari O`rta Osiyodagi boshqa hukmdorlarga nisbatan mashhur va qudratli edilar. Bunga asosiy sabab sifatida davlat boshqaruvi an`analarini har bir hukmdor doimo davrida yangilanib borganligi, xonlarning davlat boshaqaruvidagi o`rni benihoya ulkanligi bilan baholanadi. Buxoro hukmdorlarining barchasi haqida bunday fikr bildirish to`g’ri emasdir, ammo xonlik qudratini boshlab bergan xodisa ham, davlat taraqqiyotining asosi ham hukmdorning shaxsiy fazilati edi. Buning natijasida mamlakat siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan. Buxoro xonligi aholisining farovonligi oshgan. Abdullaxon II, Imomqulixon, Shohmurod, Amir Nasrullo hukmronlik davrida boshqaruv, pul va harbiy sohalarda ko`plab isloxotlar o`tkazdiki ular mamlakat taraqqiyotiga o`z ta`sirini o`tkazdi. Buxoro hukmdorlari, ularning tarixiy shaxsiga baho berish maqsadida ular haqida bugungi kunga qadar ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan. Ayniqsa, mustamlaka davri adabiyotlarida Buxoro hukmdorlari shaxsi qora bo‘yoqlar orqali faqatgina tanqid ostiga olinib, go‘yoki ular xech qanday tadbirni amalga oshira olmaydigan kaltabin, qonxor hukmdor sifatida tasvirlangan. Aslida ham sobiq sovet tuzumining tarixni qora ranglarda tasvirlashdan maqsadi ham, millatni o’zligini yo’qotish, uning ajdodlariga bo’lgan mehrini so’ndirishdan iborat edi. Buxoro xonligi tarixi bo‘yicha 1920 yilgacha yozilgan asar va maqolalarda, garchi bir tomonlama fikr va mulohazalar bildirilganligi, hamda o‘sha davr Rossiya imperiyasi istilochilik kayfiyatini aks ettirgan bo‘lishiga qaramay, mavzuni o‘rganish borasidagi ahamiyati kattadir. Zero, tarixning jonli guvohi sifatida ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok etgan mualliflar asarlari Buxoro xonligi tarixi haqida ayrim qimmatli ma’lumotlar bera oladi.
  • Buxoro xonligi davlat boshqaruvi va mansablar: XX asrning yigirma yili ortda qolayotgan bir davrda, O`rta Osiyo xonliklari tarixi, xususan, Buxoro xonligi tarixini o`rganish yangi bosqichga ko`tarildi. Bunga birgina misol sifatida, Buxoro davlar universitetida 5120300-Tarix. Buxoro tarixi bakalavriat yo`nalishini ochilganligi bilan izohlash mumkin. Shuningdek, Namangan davlat universitetida 2012-2013 o`quv yildan boshlab o`zbek xonliklari – Qo`qon, Xiva va Buxoro xonliklari bo`yicha maxsus kurslar tashkil etilib, bugungi kunda Qo`qon va Buxoro xonliklari bo`yicha mashg`ulotlar olib borilmoqda. Maxsus kurslar orqali berilayotgan ma`lumotlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o`tmish ajdodlarimizning boshqaruv sohasidagi fazilat va tashabbuskorliklaridan, ularning ma`naviy dunyosidan ibrat olish hissini uyg’otishi shubhasiz. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi O’rta Osiyo tarixchiligining muhim manbalari qatoriga kiritadilar. SHuning uchun hozirda asarning mamlakatimiz, Angliya, Frantsiya qo’lyozma xazinalarida (ular 60 dan ortiq) saqlanayotgan nusxalari XIX asrda ko’chirilgan. 1860-1861 yillarda ular o’zbek tiliga, I. I. Senkovskiy tomonidan qisman frantsuz tiliga, A. A. Semyonov, N. G. Mallitskiylar tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. Ashtarxoniylar tarixini o’rganishda muhim manba sanalgan bu asar “Ubaydullonoma” va “Abulfayzxon tarixi” asarlari uning mantiqiy davomi hisoblanadi va XIX asrning 20-yillarida Rossiya orqali Yevropaga tarqaldi. Asardan parchalar fransuz tilida bosildi (1824), to’la ravishda eski o’zbek tiliga 1861-yilda tarjima qilindi. 1956-yilda to’liq ruscha tarjimasi A.A. Semyonov tomonidan chop etilgan. Ko’pchilik tadqiqotchilar “Muqimxon tarixi”ni XVI asr oxiri - XVII asr boshidagi O’rta Osiyo tarixchiligining muhim manbalari qatoriga kiritadilar. Shuning uchun asarning hozirda mamlakatimiz, Angliya, Fransiya qo’l yozma xazinalarida 60 dan ortiq saqlanayotgan nusxalari mavjud. “Tarixi Muqimxoniy” Silvestr da- Sasi, Karl Zitler, German Vamberi kabi yevropalik tarixshunoslarning doimiy nazarida turgan. V.V. Bartoldning aytishicha, u uzoq vaqtlar yevropaliklar uchun Buxoro xonligi tarixi bo’yicha yagona manba bo’lib qoldi. “Ubaydullonoma” XVII asrda o’tgan Mir Muhammad Amin Buxoriy asaridir. U o’qimishli va fozil kishilardan bo‘lib, 1645-yilda Buxoroda tug‘ilgan, vafot etgan yili ma’lum emas. Hayoti haqida ma’lumotlar deyarli saqlanmagan. Ashtarxoniylardan Subhonqulixon davrida saroydan chetlashtirilgan. Keyinchalik Ubadulloxon II saroyida bosh munshiylik lavozimida xizmat qilgan. Ubaydulloxonning safarlarida hamroh bo‘lib, o‘z davrining fozil kishisi sifatida tanilgan. “Ubaydullonoma” Buxoro xonligining 1702-1716-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiladi. Asar 1716-yildan keyin yozilgan, muqaddima, asosiy 80 bob va xotimadan iborat. Muqaddimada muallifning hol-ahvoli, ya’ni Subxonqulixon hukmronligining so’nggi yillarida xizmatdan chetlashtirilib, og’ir ahvolga tushib qolganligi va Ubaydulloxon xizmatiga qabul qilinishi, Abdulazizxon va Subxonqulixon davrida Buxoro xonligining ijtimoiy siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan. 1-80-boblarda Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702-1716) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yozilgan. Muallif mazkur asarida kata yer egaligi, aholidan yig’iladigan soliq va jarimalar, Buxoro xonligining ma’muriy tuzilishi tarqoqligining kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning ayrim sabablari kabi masalalarga keng o’rin bergan. Asarda geografik va etnografik ma’lumotlar ko’p. Shuningdek asarda Balx, Termiz, Hisori Shodmon, Shahrisabz kabi mahalliy viloyatlar hokimlari o’zboshimchaligiga qarshi Ubaydulloxonning olib borgan kurashi va qat’iy markazlashtirish siyosati, pirovardida, uning o’ldirilishi o’z aksini topgan. Ubaydulloxonning o’limidan so’ng Buxorodagi islohotlarga ham barham berildi. Mahalliy bek va hokimlarning o’zboshimchaligi va ayrimachiligi kuchaygan. Buxoro xonligining katta qismiga Qo’qon xonligi tashkil topdi. Asarda so’nngi o’rta asrlarda Buxoro xonligidagi unvon, daraja va mansablar turkiy qavmlar va urg’ular haqida nodir ma’lumotlar bor. Xotimada muallif bilan zamondosh bo’lgan va Buxoroda istiqomat qilgan olimlar, shoirlar, masalan, Saida Nasafiy, Qosimxo’ja, Mulla Sarfaroz, Fitrat, Muham, mashhur qozilar haqida qisqacha, lekin e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan. “Ubaydullonoma” asarining Toshkent, Dushanbe, Sankt-Petrburgda 10 dan ortiq qo’lyozma nusxalari mavjud. Asar A.A. Seymonov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va 1957-yilda Toshkentda nashrda chiqarilgan. “Tarixi Abulfayzxon” asarini Ubaydulloxon va Abdulazizxon (1711-1717) saroyida xizmat qilgan munajjim, shoir va tarixchi olim Abdurahmon Davlat yozgan. Muallif ko’proq Abdurahmon Tole nomi bilan mashhur. Mazkur asar hajm jihatidan kuchli, 161 varoq bo’lib, “Ubaydullonoma” ning davomi hisoblanadi va Buxoro xonligining 1711-1723-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’z ichiga oladi.Ma’lumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoro xonligining iqtisodiy va siyosiy ahvoli zaiflashadi va ulus boshliqlarining, ya’ni mahalliy hukmdorlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashi kuchaydi, ularning ayrimlari, masalan, Balx va Samarqand markaziy hukumatga bo‘ysunmay qo’ydilar, Farg’ona XVIII asr boshlarida 1709-yili Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chiqdi va o’lkada mustaqil Qo’qon xonligi tashkil topdi. 1722-yili Samarqand ham mustaqillik e’lon qildi va Rajabxon ismli kimsani xon qilib ko’tardilar (1722-1728), o’zaro urushlar boshlanib ketdi. “Tarixi Abulfayzxon” asarida mana shu masalalar keng yoritib berildi. Bundan tashqari, asarda Buxoro xonligining ma’muriy tuzilishi va o’zbek xalqining etnik tartibi haqida ham ayrim, diqqatga sazovor dalil va ma’lumotlar bor. “Tarixi Abulfayzxon” ning to’liq ruscha tarjimasi, zarur izohlar bilan 1959-yili A.A.Semyonov tomonidan Toshkentda nashr qilingan. Ashtarxoniylar davri tarixiga oid yana bir muhim asar Ho’ji mir Muhammad Salim qalamiga “Silsilat us-salotin” (“Buyuklar silsilasi”)dir. Uning qo’lyozma nusxalari juda kamyob bo’lib, bir nusxasi Angliyaning Oksford shahridagi Bodli kutubxonasida saqlanmoqda. Asarda Ashtarxoniylar davri tarixi, Eron va Hindiston bilan olib borgan diplomatik munosabatlari xususida batafsil ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari asarda Balx va Badashxon, Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, Shohjahonning Balx va Buxoro xonligi ichki ishiga qurolli aralashuvi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Asar 1731-yilda yozilgan bo’lib, muqaddima va to’rt qismdan iborat. O’rta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to’la o’rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo’qligi emas, balki aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo’lganda ham O’rta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan hayoti tariximizning eng kam o’rganilgan davrlaridir. Inqilobgacha bo’lgan davrda bu masalaga juda kam e`tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari asosiy e`tiborni Amir Temurgacha va temuriylar davrini o’rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo’ldi. Biroq, XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo xalqlari
  • Buxoro xonligi diplomatiyasi va tashqi iqtisodiy aloqalari: O‘rta Osiyo xalqlarining XVIII asrning ikkinchi yarmi-XIX asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli juda murakkab edi. Bu davrda Movarounnahr hududida O’rta Osiyodagi feodal tarqoqligini bartaraf etolmagan Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari vujudga keldi. Hali Movarounnahrning ulkan ko’chmanchi turkman va qozoq urug’lari yashaydigan hududlari mustaqil uluslar sifatida yashamoqda edi. Buning ustiga Shahrisabz, Kitob, Orolbo’yi, Jizzax, O’ratepa, Toshkent, Qorategin, Darvoz Vahon, Sho’g’non kabi uluslar mustaqil feodal hukmronligi erlari sifatida mavjud edi. Bu uchalasidan Buxoro xonligi kuchli va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangani edi. Buxoro xonligiiing iqtisodiy markazi Samarqand va xonlik poytaxti Buxoro bo’lgan Zarafshon vodiysi edi. Shunday qilib, XVI-XVIII asrning birinchi yarmi manbalarning rang barangligi, ko’pligi bilan ajralsa, XVIII asr oxiri-XIX asr birinchi yarmiga tarixiy manbalarning ozligi xosdir. Shunga qaramay e'tiborga loyiq bir necha asarlar bor. Ulardan biri «Tuhfat ul-Xoniy» asaridir. «Tuhfat ul-Xoniy» 1722-1782 yillardagi Buxoro xonligi tarixiga bag‘ishlangan asar bo‘lib, XVIII asr O’rta Osiyo tarixchiligida «Tarixi Rahimxoniy» degan nom bilan ham ma`lum. Sharqshunos B. Ahmedovning fikricha, asar muallifi Oxund mulla Muhammad Vafo ibn Muhammad Zokir Karminaviy (1685-1769) va Nasaf (Qarshi)lik domullo Olimbek Niyozqulibek eshondir. Buxoro xonligining 1134 (1722-1182) 1768 yillar orasidagi tarixi qariyb 50 yillik voqealarni Muhammad Vafo, qolgan davr (1183) 1768-1196/1782 yillar voqealari va mang’itlardan chiqqan ikkinchi hukmdor Muhammad Doniyol hukmronligi yillaridagi (1172/1759-1199/1785) voqealar Niyozqulibek tomonidan «Tuhfat ul Xoniy» asari «Tarixi Abulfayzxoniy» tarixiy asarining tabiiy davomidir. «Ubaydullanoma» ning muallifi Mir Muhammad Amin Buxoriyning yozishicha 1118/1196 yillarda qori Vafo Ubaydullaxonning kitobdori bo’lgan. Aftidan u bu vazifada Abulfayzxon davrida ham va hatto dastlabki mang’it hukmdorlari davrida ham ishlagan. «Tuhfat ul-Xoniy» tarixchilik nuqtai nazaridan shunisi bilan qimmatliki, unda o’quvchi O’rta Osiyo xalqlarining xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy tarixiga oid boy faktlarni topadi. Jumladan, unda ko’chmanchi turk-mo’g’il urug’larining etti yil (1722-1729) davomida Zarafshon vohasining o’troq rayonlariga bosqini natijasida farovon joylar huvillab qolgani yoritilgan. Mulla Mahammad Vafo Eron shohi Nodirning yangi mang’itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxonga u Buxoro xonligi hududida o’z hukmronligini o’rnatayotganida bergan katta ko’magini keng bayon etadi. «Tuhfat ul-Xoniy» jahonda ko’p (mamlakatimizda 23 ta, Angliyada 1, Saudiya Arabistonida 1 ta) nusxada bo’lishiga qaramay, juda kam o’rganilgandir. Muhammad Rahimxonning Seraxs yaqinida 1160/1747yilda qizilboshlar bilan to’qnashuvn aks eggan ruschaga o’girilgan parchani hisobga olmaganda, asarning na bayoniy, na tarjima nashri yo’q. Shunday qilib, O’rta Osiyoning XVI asr-XIX asrning birinchi yarmidagi tarixiy asarlarning barchasida o’xshash kamchilik bor. Mualliflar shohlar va ularning atroflaridagi amaldorlarga xushomad qilib, voqealarni bejab yozadilar, ko’z oldilarida yuz bergan voqealar mohiyatiga chuqur kirib bora olmaydilar. Oqibatda xalq noroziligi, ularning ko’tarilishlari sabablarini, siyosiy hayotning asl qiyofasini to’g’ri yorita olmaydilar. Ular ham feodalizm tarixchilariga xos bo’lgan o’ta an`anaviy madhiyabozlikdan qutila olmaganlar. Ammo bunday nuqsonlar Sovet davri tarixchiligida ham uchraydi. Shunga qaramay, yuqoridagi asarlar o’sha davrlar tarixiy voqealarini o’rganishda qimmatli ilmiy manbalar hisoblanadi. Buxoro tarixi haqida yevropalik sayyoh va elchilarning esdaliklari. Buxoro xonligi tarixi haqida Yevropada tarixiy yozma manbalarning paydo bo`lishi okeanlararo jahon savdosining paydo bo`lishi bilan bevosita bog`liq. Chunki, mustamlakalar uchun kurashdan ispan va portugallardan ortda qolishni xohlamagan inglizlar hali Yevropa uchun no`malum bo`lgan shimoli-sharqiy dengiz yo`li bo`ylab Hindiston va Xitoyga borib yetish umidida edilar. Shimoli-sharqiy yo‘nalishda Xitoy va Hindistonga borish istagida bo‘lgan inglizlar 1553 yil mayida Richard Chensler va Xyu Uilloubi boshchiligidagi uchta karavellani Shimoliy dengizdan Sharq sari yo‘lga chiqardi. Bu ekspeditsiya kutilmagan natija berib, Angliya va Moskva davlatlari O‘rtasidagi savdo aloqalari o‘rnatilishiga va Moskva davlati haqida aniq ma'lumotlarning yevropada yoyilishiga xizmat qildi. Yangi yo‘lning ochilishi va Sharq mamlkatlari bilan savdoda tranzit hamkor topilganidan ruhlangan inglizlar 1555 yilda paychilik shaklida «Dengiz yo‘li bilan borilmagan noma'lum yerlar, davlatlar, o‘lkalar. mamlakatlar va orolllarni izlovchi-savdogarlar jamiyati»ni tuzdilar. Angliya hukumati tomonidan tasdiqlangan bu jamiyat shimoli-sharqiy
  • Buxoro xonligi qurolli qarshilik harakati: Buxoroda qurolli qarshilik harakati va uning kelib chiqish sabablari. Bolshevklarning bosqinchiligiga qarshi O‘rta Osiyoda keng quloch yoygan xalq harakati bolsheviklar tomonidan «bosmachilik» harakati deb, ushbu harakat ishtirokchilari «bosmachilar» deb atala boshlandi. Aslida «bosmachi» so‘zi «bosmoq» fe'lidan olingan bo‘lib, muayyan hududni bosmoq, talamoq ma'nosini bildiradi. Bu isbot ham, ilmiy talqin ham talab qilmaydigan aksioma. Xuddi mana shu sabab tufayli o‘tgan asrning yigirmanchi yillaridan boshlab chiqarilayotgan deyarli barcha ilmiy maqolalarda atamaning yuqoridagi talqini ustuvor mohiyat kasb etib kelmoqda. Bu so‘z yurt mudofaachilari va erku imon himoyachilarini xalqqa yomon ko‘rsatib, badnom qilish uchun bolsheviklar tomonidan ishlatilib, keyinchalik harbiy va ilmiy-siyosiy muomalaga kiritilgan atamadir. Aslida bosmachi muayyan hududga o‘zga yurtidan bostirib kelganlarga nisbatan ishlatilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Masalaning ikkinchi tomoniga ham e'tibor qaratish lozimki, o‘sha qonli mojarolar avjiga chiqqan yillardagi siyosiy hokimiyatning tamoman falajligi sharoitida ba'zi kriminal elementlar ham qurollanib, ayrim hududlarda talonchilik qilishgan. Bunday kimsalar yurt va imon-e'tqod himoyasi uchun birlashgan dastalar orasida ham yo‘q emas edi. Mana shunday kimsalarga nisbat berilib, aholi orasida ularga nisbatan salbiy kayfiyat uyg‘otish maqsadida bolsheviklar yurt himoyasi uchun otlangan butun boshli guruhlarni ham bosqinchi to‘dalar, ya'ni bosmachilar deb atay boshlaganlar. Muammoning yana bir tomoni, bosqinchi atamasi, o‘zga yurtdan bosib kelgan guruhga nisbatan ishlatilsa haqiqatga yaqinroq bo‘ladi. Demak, bolsheviklarning o‘zlari bosmachilik siyosati tufayli O‘rta Osiyo hududlarini bosib olib, o‘zlarining harbiy-siyosiy qilmishlarini xaspo‘shlash uchun ayrim o‘g‘ri guruhlar siymosida ushbu salbiy atamani yurt himoyachilariga nisbatan ham qo‘llay boshladilar. Sharqiy Buxorodan istiqlolchi kuchlarning yo‘lboshchilari 1922 yilda Boysun garnizonidagi bolsheviklar hukumati vakillariga quyidagi talabni qo‘yadi va bu xat Sovet hukumatining Boysundagi vakili Olimjon Akchurinning qo‘liga kelib tushadi: «Boysun shahridagi bolsheviklar vakiliga. Haqiqiy mustaqil Buxoro tuprog‘idagi aholining vakillari bo‘lgan bizlar Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, sizlar vatanimizdan chiqib ketmaguningizcha jangni davom ettiraveramiz deb hammamiz bir qarorga keldik. Hozirgi vaqtda behuda qon to‘kilmasin deb va odamgarchilik qilib sizlarga mamlakatimizdan chiqib ketishni taklif qilayotirmiz. Shunday qilsangiz Sizning do‘stlaringiz bo‘lib qolamiz va o‘zimiz yordam berib sizlarni ochlikdan saqlab qolamiz, aks holda, Sizlar vataningizda ochlikdan o‘layotgan oilalaringiz kabi mahv etilasiz. Hozir biz gunohkor bo‘lmaylik deb odam qonini to‘kishni istamayotirmiz. Lekin xalqimizning istagiga xilof ravishda vatanimizda bostirib kirgan sizlar bilan jang qilishni muqaddas burchimiz deb bilamiz. Bizlar xursandlik bilan bu yo‘lda qonimizni to‘kib, shahid bo‘lishdan qaytmaymiz. Qizil armiya safiga kirdilar. Moskvadan «ustoz»larining inqilob maktabidan ko’r-ko’rona saboq oldilar zo’rlik bilan amir hokimiyatini ag’darishga tayyorlandilar. Buxorolik jadidlarning juda ko’pchiligi esa siyosiy kurashni tark etdilar, maktab, maorif, matbuot va ma'rifat bilan shug’ullandilar. Kolesovning Buxoroga uyushtirgan harbiy hujumining yengilishi bilan «Yosh buxoroliklar» firqasida parokandalik yuz berdi. Toshkent va Yangi Buxoro kommunistlari ilojsiz siyosiy muhojirlikda qolgan yosh buxoroliklarni o’z ta’sir doiralariga oldilar, ularni kompartiyaga uyushtirishga yordam berdilar. 1918 yil 17-18 aprelda yosh buxoroliklarning tashabbuskor guruhi yig’ilishi chaqirildi. Unda kommunistik firqa tashkil etish masalasi muhokama qilindi. 20 aprelda esa barcha buxorolik siyosiy muhojirlar va amirga qarshi bo’lgan «Yosh buxoroliklar» firqasi a'zolarining kengashi chaqirildi. Ikki kun davomida bu kengash qatnashchilari jiddiy ravishda qaysi yo’ldan borish kerak degan masala ustida tortishdilar. Bu tortishuv natijasida ular uch guruhga bo’linib ketdilar: yosh buxoroliklar, so’l eserlar va «inqilobiy» guruh. Inqilobchilar guruhi kommunistik firqa tashkil etish va amirni taxtdan ag’darish uchun birlashish zarur deb hisobladilar. Bu fikrga qo’shilmagan ikki guruh norozilik bildirib kengash zalini tashlab chiqib ketdilar. Buxoroda hokimiyatni kommunistchasiga zo’rlik va bosqinchilik yo’li bilan ag’darib tashlash katta fojialarga sabab bo’ldi va o’zini oqlamadi. «Yosh buxoroliklar»ning o’zlarida qat'iy dasturiy kurash yo’lining o’zi yo’q edi. «Yosh buxoroliklar» orasida o’zaro mustahkam g’oyaviy birlik yo’q edi. Bu Kolesov bosqinidan so’ng yanada avj oldi. Bu adovat keyinchalik «yosh buxoroliklar» harakati rahbarlari orasidagi shaxsiy adovat va g’arazgo’ylikka aylanib ketdi. Ular o’zaro birlashib, hamjihatlik bilan ish olib borish o’rniga tarqoq holda o’zlaricha ayrim-ayrim guruhlarga bo’linib harakat qildilar. Ammo bu guruhlarning qariyb hammasi ham rus-sotsial demokratlaridan najot kutdilar. Bu Buxoro jadidlarining eng katta xatosi edi. Usmonxo’ja Po’latxo’jayev boshchilik qilgan «yosh buxoroliklar» rus so’l eser firqasining dasturini qabul qildilar va o’zlarining eser partiyalarini tuzdilar. Bu partiya ikki oygina umr ko’rdi. 1918 yilning iyul oyida Moskvada eserlar partiyasi tugatilib, uning a'zolari sovet hukumati va tashkilotlaridan quvildi. Shundan so’ng «yosh buxoroliklar»ning eser
  • Anvar Posho shaxsi va uning qurolli qarshilik harakatidagi ishtiroki: Anvar Posho 1881 yil 14 iyunda Turkiyaning Istanbul shahrida tig`ilgan. Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, «Ittihod va taraqqiy» partiyasi rahbarlaridan biri sifatida faoliyat yuritgan. 1903 yildan Istanbul Bosh shtab akademiyasini bitirgan. 1909-1911 yillarda Berlinda Turkiyaning harbiy attashesi bo`lgan. Turkiya, Makedoniya, Kavkaz, Germaniya, Rossiya, Turkistondagi siyosiy jarayonlarda faol qatnashgan. 1908 yili Turkiyada davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilib, Sulton Abdulhamid II hokimiyatiga chek qo‘ydi, Turkiyaning chet davlatlar tomonidan bo‘lib tashlanishiga barham ber-di. 1913 y. yanv.da«Hurriyat va ittihod» partiyasini hukumatdan chetlatdi. Tal'at posho hamda Jamol posho bilan birga norasmiy uchlik tuzdi, butun hokimiyatnio‘z qo‘liga oldi. Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va1-jahon urushiga qo‘shilishi tashabbuskori bo‘ldi, bosh qo‘mondon-sultonning noibi sifatida urushda turk qo‘shinlariga qo‘mondonlik qildi. Turkiya urushda yengilgach, Anvar posho avval Germaniya, Rossiyaga va nihoyat1921 yilning kuzida Buxoroga keldi va Turkiston istiqlolchilari tarafiga o‘tganini e'lon etdi. Bolsheviklarga qarshi kurashga qo‘shilgan Anvar posho 1922 yilning 4 avgust kuni kichik bir guruh bilan Boljuvonga kirib kelgan qizil qo‘shinga qarshi hujum vaqtida shahid bo‘ldi. Said Olimxon Buxoro taxtidan ayrilgan so’ng taxtni qaytarib olish uchun kurashdi. Sovetlar bosqiniga qarshi Buxoro mustaqilligi va ozodligi uchun kurashgan asosiy kuch amir Sayid Olimxon boshchiligidagi kuchlar bo’ldi. Buxoro amiri o’ziga sodiq kuchlar bilan poytaxtni tark etgach Boysun viloyatiga qarshi Bandor va Darband atroflarida bosqinchi qizil askarlar bilan jang qilib Hisor viloyatiga chekindi. Bu yerda u olti oy mobaynida dushmanga qarshi jang olib bordi. “Jang boshida,- deydi Said Olimxon, harbiy vazir tog’am Muhammad Saidbek Parvonachi va urush qo’mondoni Abdulhafiz Parvonachi, Ibrohimbek biy askar boshliqlari edilar. Shu bilan olti oy davomida kurash va jang yuz berib, oxiri bolsheviklar jamoasi o’zlari paydo qilgan mazkur urushga majbur bo’lishib, Moskvadan anchagina askar va harbiy qurollar yig’ib keldilar. Shu bilan ular birdan Islom lashkari ustiga hujum boshladilar. Islom askarlarida harbiy anjom va qurollar kam bo’lganligi jihatdan o’n oy davomida urushib jang qildilar, so’ngra bu bandayi ojiz yordam va madad so’rash harakatida xorijiy davlatlarga murojaat qildim”. Buxoroning markaziy qismlaridan shoshilinch chekinayotgan Said Olimxon qarshi va G’uzordan ham o’tib, Boysun bekligi hududiga kirib bordi. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, sobiq amir Said Olimxon yaxshi qurollangan 300 kishilik otliqlar, shu jumladan, Afg’oniston hukumatining vakili Muxammad Akbarxon boshchiligidagi 100 ta afg’on sarbozi himoyasi ostida 1920-yil 10-sentyabrda Boysunga yetib kelishdi. Biroq Said Olimxon o’z xotiralarida Boysun to’g’risida so’z yuritmay, balki Qo’rg’ontepaga borganligini tilga oladi. Holbuki, Qo’rg’ontepaga u sal keyinroq borgan. Sherobod tumani va Angor qishlog’idan atigi 6 chaqirim shimoli sharq, shimol va shimoli-g’arbda joylashgan qishloqlarda dushmanning 8000 kishisi joylashgan. Josuslik ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro amiri ruslarga qarshi muqaddas urush e’lon qilgan, uning chaqirig’i Sharqiy Buxoro Qishloqlarining aholisi tomonidan hayrihoxlik bilan kutib olinmoqda. Sovet qo’mondonligi hali 1920-yil oktyabr oyining oxirlaridayoq Sharqiy Buxoroni bosib olish uchun maxsus ekspediqiya jo’natishni rejalashtirgan edi. 9 noyabrda 1-armiya qo’mondoni
  • Buxoro Xalq Sovet Respublikasining taqdiri: 1920-yilning kuzida BXSRda ma’muriy-hududiy tuzilish o‘tkazilib, u viloyatlar, tumanlar, kentlar va qishloqlarga ajratildi. Biroq respublikadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatga binoan ma'muriy-hududiy bo‘linish o‘zgarib turgan. 1922-yil avgustda BXSR Buxoro, Karmana, Qarshi, Shahrisabz, Sherobod, Karki, Chorjo‘y viloyatlariga bo‘lingan. 1923-yil BXSRningi ma'muriy hududiy bo‘linishiga o‘zgartirish kiritilib, u 8 ta viloyat (Buxoro, Karmana, Nurota, Chorjuy, Qarshi, Shahrisabz, Sherobod, Karki), 28 ta tuman va Sharqiy Buxoroga bo‘lingan. 1924-yil 1 oktabrdagi ma'muriy-hududiy bo‘linishga ko‘ra viloyatlar o‘rnida okruglar tashkil qilindi. Okruglar o‘z navbatida 15 viloyat, 48 ta tuman,195 ta kent va ko‘plab qishloqlarga bo‘lindi. Bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki kundanoq iqtisodiy islohotlarni «sotsialistik» qolipda olib borishga harakat qildi. 1920-yil 11 oktabrda Butun Buxoro Inqilobiy Qo‘mitasi oziq-ovqat razvyorstkasini o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi. Unga ko‘ra Sharqiy Buxorodan tashqari butun respublikadan 1908000 pud g‘alla, 852 ming pud arpa, 321 ming pud jo‘xori, 338 ming bog‘ beda) 1160000 pud kishmish yig‘ilishi kerak edi. BXSR da ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va o`ziga xos xususiyatlari. BXSRsa o`tkazilishi mo`ljallanfgan oziq-ovqat razvyorstkasiga sinfiy jihatdan yondashilmaganligi uchun 1921-yil 20- yanvardagi Buxoro Inqilobiy qo‘mitasi qarori bilan u qayta qabul qilingan. Unga ko‘ra oziq-ovqat razvyorstkasi kam yerli va yersiz xo‘jaliklarga nisbatan emas, iqtisodiy jihatdan boy xo‘jaliklardan olingan. Kolesov voqelarning oqibati shu bo’ldiki, minglab begunoh kishilar qatl qilindi va ta’qib ostiga olindi. Garchi bolsheviklar maqsadlariga erisha olmagan bo’lsalarda, lekin o’z rejalarni amalga oshirishdan voz kechmadilar. Bolsheviklar va Buxoro xonligi o’rtasidagi munosabatlarning keyingi rivoji oydinlashib qolgan edi. Bu voqealardan so’ng Buxoro xonligi o’z mustaqilligini saqlab qolsada, bir kun kelib amirlik tuzumining bolsheviklar tig’i bilan ag’darilishi ma’lum bo’lib qolgan edi. Sovet hukumati esa Buxoroning mustaqilligini tan olishga va unga tovon to’lashga majbur bo’ldi. Bu to’g’rida amir Said Olimxon o’z xotira asarida quyidagilarni yozgan edi: «Bu urushdan so’ng Lenin va Trotskiy tomonidan bolsheviklar muomalalarini qanday ekanligini shu o’qsiz to’pdan bilib oldim. Bu ojiz banda bolsheviklar va ularning elchilari muomalalarini kelishuvga muvofiq ish olib bormaganliklarini ko’rganimdan so’ng hayolimga bir fikr keldi. Shu sababdan men askar va harbiy qurollarni tayyorlash ishiga kirishdim. Ikki yil ichida Buxoroda harbiy va qurol-aslahalar to’plab, qo’shinlarini urushga tayyor turish darajasigacha olib keldim». F.Xo’jayev va Preobrajenskiy dekabr oyidayoq Toshkentga kelib, sovet hukumati boshlig’i F.Kolesovdan harbiy yordam so’raydilar. Bu iltimos F.Kolesovni biroz o’ylantirib qo’ydi. Chunki Turkiston sovet hukumati Buxoro xonligining mustaqilligini rasman tan olgan edi. Shu tariqa 1923 yil 27 martda Moskvada buxorolik yoshlar uchun “Maorif uyi” ochildi. Bu ilm muassasida 200 dan ortiq yoshlar turli mutaxassislik bo’yicha bilim va malakalarni qo’lga kiritdilar. 1923-yildagi ma’lumotlarga qaraganda BXSRda 19 ta madaniy oqartuv muassasalari, shu jumladan, 17 ta kutubxona va qiroatxona, bir muzey, 2 ta drama truppasi, bir teatr va 4 kinoteatr ishlab turdi. Bu yosh respublika uchun katta ma’naviy-madaniy yutuq edi. Fayzulla Xo’jayevning tashabbusi bilan 1924 yilning 4 avgustida Buxoro kinoteatrida «Buxkino» ochildi. Bu kinoteatrning ilk faoliyatida filmlar hamda «O’lim minorasi» nomli badiiy film yaratildi. Fayzulla Xo’jayevning shaxsiy ta’siri bilan filmlar yaratildi. “Yosh buxoroliklar”ning faoliyatida xalqning ijtimoiy hayotida katta o‘zgarishlarga olib keldi. Buxoro xonligining bolsheviklar tomonidan bosib olinishi natijasida iqtisodiy va siyosiy hayotda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Ammo, bu o‘zgarishlar natijasida ham iqtisodiy ko‘rsatkichlar past bo‘ldi. 1921 yilning noyabrida BXSR Savdo va ishlab chiqarish nozirligi huzurida «Buxoro to‘quvchiligi» bo‘limi ochildi. Bo‘limning vazifasi respublikadagi paxta sanoatini tiklash, paxtani dehqonlardan sotib olish, dehqonlarga mahsulot bilan yordam berish kirgan. Bo‘limning joylarda 12 ta paxta qabul qilish punktlari bo‘lgan.