Mashinasozliк texnologiyasi» кursi bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarishga oid uslubiy qo’llanma (II qism)
Ushbu kitob "Mashinasozlik texnologiyasi" kursida laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishga mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma bo‘lib, unda mashinasozlik texnologiyasi, asbobsozlik texnologiyasi sohalarida ilmiy tekshirish usullari bilan tanishtirish, texnologik jarayonlarning alohida operasiyalarini bajarish uchun stanoklarni sozlash bo'yicha talabalarda amaliy malakalarni orttirish masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Detallarga ishlov berish uchun tokarlik stanogini sozlash: Tokarlik stanogini o'lchamga sozlash xatoligini tekshirish va aniqlash usullari, keskichni rostlash, yarim tozalikda ishlov berishda stanok sozlash xatoligini hisoblash, detalni tayanch bo'yicha o'rnatishda sozlash xatoligini tekshirish, stanok sozlash aniqligini egri chiziq taqsimoti usulida aniqlash, asbobni o'lchamga o'rnatish xatoligini tekshirish.
- O'lcham zanjirini hisoblash: Berilgan qismning (uzelning) o'lchamlar zanjirini hisoblash va aniqlikka erishish usulini topish, berkituvchi zvenoni aniqlash, tashkil etuvchi zvenolarini aniqlash, zanjir eskizi va sxemasini tuzish, berkituvchi zveno dopuskini belgilash, texnologik operasiyalarni va zanjirni tashkil etuvchi zvenolarning dopuskini belgilash.
- Zagotovkalarning nusxalanish xatoligini o'rganish: Ko'ndalang randalash stanogida zinali zagotovkani randalab, supprotning karetkasini yuqori va pastki holatlari uchun zagotovkaning nusxalanish xatoligini aniqlash, tajriba natijalarini tahlil qilish. Stanokni salt yurishida tekshirish, keskichni keskichushlagichga o'rnatish, zagotovkani qisqichga o'rnatish va mahkamlash, stanokda kerakli kesish rejimini o'rnatish.
- Parmalash moslamalarining aniqligini hisoblash va parmalash xatoligini tekshirish: Parmalash moslamalarining aniqligini hisoblash, doimiy va almashinuvchi vtulkalar, konduktor vtulkalar markazlari stanokdagi masofani, almashinuvchi va doimiy vtulkalar oralig'idagi hamda asbob almashinuvchi vtulka oralig'idagi tirqishlarni uyg'unlashtirib olish kerak.
- Yassi tutashuvning kontakt bikirligini aniqlash: Metallar kesuvchi stanoklar elastik deformasiyalarining miqdori, tutashuvdagi detallarning kontakt bikirligi bilan aniqlanadi, minimetrlarni yuqoridagi namunaga o'rnatish va mahkamlang, Namunalarni bosuvchi o'q sharik va dinamometrlarni namunalarga yuklama beruvchi moslamaga o'rnating, dinamik usul.
- Bazalash sxemalarini tanlash: Korpusli detallarga ishlov berishda mumkin bo'lgan bazalash sxemalari o'rganilsin, texnologik bazalarni tanlashni, detal yuzalarining bajarilishi, uning xizmat qilish vazifalari va uning sirtlari o'rtasida o'rnatilgan o'lchamlarining bog'lanishlari oldindan belgilangan funksiyalarning taxlilidan boshlanadi.
- Tokarlik stanogining bikirligini aniqlash: Tokarlik stanogining bikirligini statik va dinamik holatda aniqlash, tashqi kuchlar ta'sirida tokarlik stanogining deformatsiyalanishini o'rganish, ToshPI pribori yordamida tokarlik dastgohi bikirligini aniqlash.
- Tishli g'ildirakli tishlariga ishlov berishdagi texnologik xatoliklarini EXMda hisoblash: Tish frezalovchi stanok harakatlarining yig'indi xatoliklarini namuna-mahsulot aniqligi bo'yicha EXMda hisoblash, tishli g'ildiraklar radiusi, profillari, qo'llaniladigan formulalar bo'yicha aniqlanadi. Hisoblash algoritmida EHMga kiritiladigan parametrlar har bir talaba uchun o'qituvchi tomonidan ko'rsatiladi.