Artezian skvajina nasoslarini boshqarish va avtomatlashtirish masalalari

Ushbu bitiruv malakaviy ishi artezian skvajina nasoslarini boshqarish va avtomatlashtirish masalalariga bag'ishlangan. Ishda zamonaviy ETSV rusumli elektr nasos agregatlari, ularni boshqarish va avtomatlashtirish uchun CV3 Lotsman+ boshqaruv stansiyasi hamda yer osti suvlar sathining avtonom monitoringi tizimlari o'rganiladi. Artezian quduqlarining ishlash rejimini takomillashtirish va avtomatlashtirish asosiy masala qilib olingan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Qishloq xo'jaligida suv ta'minotini avtomatlashtirishning dolzarbligi, mavzuning qo'yilishi, ishning maqsadi va vazifalari, usullar va amaliy ahamiyati bayon etiladi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish masalalariga e'tibor qaratiladi.
  • I - BOB. NAZARIY QISM: Sug'orish tizimlarining tasnifi va asosiy elementlari, suv manbalari turlari, artezian skvajinalardan foydalanish, ularning ishlash rejimi va quduqli nasoslar haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, yer osti suvlari bilan sug'orish, zah qochirishga bo'lgan zaruriyat va qishloq xo'jalik ekinlarining suv rejimiga talabi yoritiladi.
  • II–BOB. ASOSIY QISM: Zamonaviy ETSV rusumli elektr nasos agregatlari, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari, boshqaruv tizimlari (CV3 Lotsman+) va yer osti suvlar sathining avtonom monitoringi (Solinst Levelogger) o'rganiladi. ARS tizimining funksional va tarkibiy sxemalari keltirilib, uning turg'unligi tahlil qilinadi.
  • III - BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI: Elektr nasos motorini ta'mirlashda texnika xavfsizligi asoslari, xavfli joylar va ularning xavfsizligini ta'minlash choralari, xavfsizlik qoidalari hamda ish jarayonlaridagi xavfsizlik talablari yoritiladi.
  • IV-BOB. IQTISODIY QISM: Nasos qurilmalarini yig'ish va ulash, montaj va texnik xizmat ko'rsatish, elektr nasoslarni ekspluatatsiya qilish shartlari hamda ishga tayyorlash tartibi hamda iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari hisob-kitob qilinadi.
  • XULOSA VA TAKLIFLAR: Olib borilgan izlanishlar natijasida artezian quduq ETSV rusumli nasoslar ishini avtomatlashtirish ishlarini takomillashtirish bugungi davrda eng dolzarb masala ekanligi, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va joriy etish zarurligi ta'kidlanadi. Tadqiqotda amalga oshirilgan ishlar (nasos tanlash, o'rganish, boshqaruv stansiyasini tanlash, suv sath monitoringini ishlab chiqish) qisqacha bayon qilinadi.