Корхоналарни ривожлантириш стратегияси

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari va magistraturaning oʻquv dasturlari asosida tayyorlangan boʻlib, "Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi" faniga bagʻishlangan. Unda korxonalarning strategik rivojlanishini taʼminlash boʻyicha nazariy va amaliy jihatlar, zamonaviy menejment, innovatsion texnologiyalar, marketing,Investitsiya va soliq siyosati, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va boshqa muhim masalalar atroflicha yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi: Korxonalar o'z faoliyatini tashqi va ichki muhitni hisobga olgan holda, bozorda raqobatbardoshlikni ta'minlash, barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish yo'nalishlari.
  • Korxona innovatsion faoliyatining samaradorligini oshirish yo'nalishlari: Korxonalarda innovatsion faoliyatni qo'llash zaruriyati va usullari, innovatsion jarayonlarni boshqarish va ularning samaradorligini oshirish bo'yicha zamonaviy strategiyalar.
  • Moliya resurslari va ulardan samarali foydalanish strategiyasi: Korxona moliyaviy resurslarining mohiyati, turlari va ulardan samarali foydalanish yo'llari, shuningdek, Investitsiya siyosati va Investitsiya muhiti.
  • Moliya va soliq tizimining islohoti: Soliklar va majburiy tulovlarning mohiyati, hisob-kitobi va ularning korxonalar uchun ahamiyati, samaradorligini oshirish yo'llari.
  • Bozor narxlarining shakllanishi va marketing strategiyasi: Tovar qiymatini aniqlash, bozor narxlarini shakllantirish va marketing strategiyasini ishlab chiqish asoslari.
  • Bozor mexanizmi va uning ishlatilishi: Bozor sharoitida korxona faoliyatini tashkil etish, raqobatbardoshlikni oshirish va samaradorlikni ko'rsatkichlar orqali baholash.