Ташкилий ҳулқ
Ushbu kitob "Tashkiliy xulq" fanining asosiy tushunchalari, xususiyatlari va ularning rivojlanish bosqichlarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda tashkiliy xulqning nazariy asoslari, uning mohiyati, omillari, shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, tashkiliy axloqning milliy xususiyatlari, tashkiliy madaniyat, menejerning faoliyati va xulqi, jamoa va uning rivojlanishi, nizolar va stress, hamda ularning boshqarilishi kabi mavzular chuqur yoritilgan. Har bir bob oxirida nazorat savollari, ko'plab ilmiy manbalarga asoslangan mazmun, qiziqarli misollar va tavsiyalar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- 1-bob. Tashkiliy xulqning nazariy asoslari: Bu bobda insonning tashkilotdagi xulqi nazariyasi, "tashkiliy xulq" tushunchasi, insonning tashkilotdagi xulqi asoslari ko'rib chiqiladi.
- 2-bob. Inson va tashkilot: Bu bobda insonning tashkilotga kirishi, uni olib qolish va moslashtirish; insonning tashkilotda o'zini tutishini o'rganish, uning turlari va mazmuni; inson va tashkilotning o'zaro munosabati hamda uning namoyon bo'lishlari ko'rib chiqiladi.
- 3-bob. Tashkiliy xulqning milliy xususiyatlari: Bu bobda turli mamlakatlar tashkilotlarida tashkiliy axloqning xususiyatlari, mamlakatimizdagi tashkilotlarda axloqning shakllanishi, zamonaviy tashkilotlarda madaniyatlararo munosabatlar ko'rib chiqiladi.
- 4-bob. Tashkiliy va innovatsion o'zgartirishlar sharoitida tashkiliy xulq: Bu bobda tashkiliy va innovatsion o'zgartirishlar tushunchasi, tashkilotlarda o'zgartirishlarni boshqarish masalalari, o'zgartirishlarga tashkiliy va yakka qarshiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari ko'rib chiqiladi.
- 5-bob. Tashkilotdagi muloqot odobi: Bu bobda tashkiliy muloqotlar, noverbal muloqotlar, ish yuzasidan muloqot va muzokaralar, telefon muloqotlari, muloqotlar yo'lidagi to'siqlar ko'rib chiqiladi.
- 6-bob. Tashkiliy xulqning motivatsion asoslari: Bu bobda motivatsiya tushunchasi, turlari va jarayoni; motivatsiyaning mazmun va prosessual nazariyalari; tashkilot xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantirish usullari ko'rib chiqiladi.
- 7-bob. Tashkilotda menejerning xulqi: Bu bobda "Menejer" tushunchasi, menejerlarning darajalari, mavqelari, menejerlar bajaradigan vazifalar, menejerga qo'yiladigan talablar, uning o'z kasbini mukammal bilishi; menejerning etakchiligi; menejerning uslubi va imidji; ish xulqi-axloqi va etiket; menejerning ta'siri va huquq doirasi; menejer va mulkdorning axloqi ko'rib chiqiladi.
- 8-bob. Menejer faoliyatini tashkil qilish: Bu bobda boshqaruvchilik mehnati, uning xususiyatlari va ko'rinishlari; boshqaruvchilik mehnatini ilmiy tashkil qilish; mehnatning mohiyati o'rganish usullari; rahbarning o'zini o'zi boshqarishi va uning vazifalari; menejer faoliyatini rejalash va tashkillashtirishning uslublari ko'rib chiqiladi.
- 9-bob. Tashkiliy axloq sifatidagi guruh: Bu bobda "mehnat jamoasi"(guruh) tushunchasi va uning ko'rinishlari, vakolatlari, shakllanishi va diagnostikasi; norasmiy jamoalar va ularning tashkil topish sabablari; tashkiliy madaniyat; jamoa ijtimoyi-ruhiy muhit; tashkilot norasmiy jamoalar; mexnat jamoalarini shakllantirish; jamoa tashkiliy xulqining diagnostikasi (tashxisi); tashkilot xodimlarining boshqaruvdagi ishtiroki ko'rib chiqiladi.
- 10-bob. Tashkilotdagi nizolar va stresslar: Bu bobda nizolar tushunchasi, ko'rinishlari va tashkilotda kelib chiqish sabablari; nizolarning boshqarilishi; stresslar va ularni boshqarish ko'rib chiqiladi.