Автоматлаштирилган ишлаб чиқаришнинг технологик жиҳозлари
Ushbu kitob "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko'rsatma hisoblanadi. Unda tokarlik, frezalash, parmalash, jilvirlash, tish frezalash, konussimon tishli g'ildiraklarga ishlov berish, RDB stanoklari, agregat stanoklari va avtomatik liniyalar kabi mavzular yoritilgan. Har bir mavzu uchun nazariy ma'lumotlar, ishlanadigan detallar va ularni sozlash hamda rostlash bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Tokarlik dastgoxlarini berilgan detalga ishlov berishga rostlash va sozlash: 16K20 tokarlik vint qirqish dastgohining tuzilishi, kinematikasi va unda ish bajarish o’rganiladi. Nazariy ma'lumotlar, dastgohning asosiy qismlari, harakatlari va kinematik zanjirlari keltirilgan.
- Parmalash dastgoxlarida berigan detalga ishlov berishga rostlash va sozlash: 2A135 modelli vertikal parmalash dastgohining tuzilishi, kinematikasi bilan tanishish va unda detallarga ishlov berish uchun sozlash va ish bajarish o'rganiladi. Nazariy ma'lumotlar, dastgohning asosiy qismlari, harakatlari va kinematik zanjirlari keltirilgan.
- Bulish kallaklari yordamida vintsimon ariqchalarga ishlov berish uchun frezerlash stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash: Bo'lish kallaklari zagotovkani belgilangan burchak ostida o'matib ishlash, davriy tarzda zagotovkani uning o'qi atrofida burish (bo'lish) va vintsimon yuzalarga ishlov berishda zagotovkani to'xtovsiz aylantirib turish uchun xizmat qiladi. Bo'lish kallaklari yordamida tishli g'ildiraklarning tishlarini, bolt va gayka kal!agining yoqlarini, parma, zenker, razvyortkalarning spiral ariqchalarini frezalash mumkin.
- To’g’ri va egri tishli tsilindrik g’ildiraklarga ishlov berish uchun tish frezalash stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash: Tish frezalash stanoklari yuqori ish unumdorligi va ishlov berish aniqligi tufayli eng ko'p tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ishlov o'tayotgan zagotovka o'qining joylashuvi bo'yicha tish frezalash stanoklari gorizontal va vertikal turlarga bo'linadi.
- Agregat stanoklarining kuch agregatlarini rostlashga hisoblash: Agregat stanoklari deb shunday stanoklarga aytiladiki, ular bir necha maxsus (original) detallardan foydalanib turib, asosan standartlashgan (unifikatsiya qilingan) uzel va detallardan yig’iladi.
- RDB stanoklarini berigan detalga ishlov berishga rostlash va sozlash: RDB stanoklari (raqamli dasturda boshqariladigan) avtomatik tarzda ishlov berish imkoniyatiga ega. Mazkur ishni bajarish bo’yicha metodik ko’rsatmani o’rganib chiqish va dastur tuzish ko’rsatilgan.