Sanoat gigiyenasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua

Sanoat gigiyenasi fanining o‘quv uslubiy majmuasi Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan tayyorlangan bo’lib, unda sanoat gigiyenasi fanining asosiy tushunchalari, zamonaviy sanoat korxonalari va dorixona muassasalarining gigiyenik talablari, ishlab chiqarish jarayonlarida inson organizmiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, kasb kasalliklari va ularning oldini olish choralari, dori vositalarini ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi, zararli omillarning tasnifi va ulardan himoyalanish usullari, suv va havoning gigiyenik talablari, radiatsion gigiyena asoslari, aerozol va ingalyatsiyalar, qon va plazmadan tayyorlanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy gazlar ishlab chiqarishdagi mehnat gigiyenasi kabi muhim mavzular qamrab olingan. Shuningdek, talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari, mavzularga doir test savollari va keyslar ham berilgan.

Asosiy mavzular

  • Sanoat gigiyenasi fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi. ITR sharoitida tashqi muhitning muxofaza qilish muammolari.: Sanoat gigiyenasi fani va uning asosiy tushunchalari, sanoat gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi va usullari, sanoat korxonalarida mehnat sharoiti va gigienik talablar, mehnatning fiziologik xususiyatlari va tavsiflanishi, jismoniy mehnatning fiziologik siljishlari, Gigiyenik chora tadbirlar, mehnat jarayonini ratsional boshqarish, Tashqi muhit omillarining odam organizmiga ta’sirini umumiy qonuniyatlari, ratsional ovqatlanish, ovqatdan zaxarlanishlar va ularni profilaktikasi, ishchilar organizmiga ta’sir qiluvchi fizikaviy, kimyoviy, biologik va radiologik omillar, kasb kasalliklari, ularni oldini olish yo‘llari, dori preparatlar ishlab chiqarish sanoatidagi mehnat sharoiti, ish tartibi va ularga qo‘yiladigan gigienik talablar, Toza xonalarni tozalash va sanitariya ishlovini bajarish, O’simlik xom-ashyosidan tayyorlanadigan va tayyor dori shakllarini ishlab chiqarishdagi mehnat gigiyenasi, Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi, Radiatsion gigiyena asoslari, Radiofarmasevtik dori vositalarini ishlab chiqarishdagi mehnat gigiyenasi, Aerozol va ingalyatsiyalarni, qon va plazmadan tayyorlanadigan dori vositalarini, tibbiy maqsadda qo’llaniladigan buyumlar, tibbiy gazlar ishlab chiqarishdagi mexnat gigiyenasi kabi muhim mavzular qamrab olingan.
  • Havfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Kasb kasalliklari tavsifi va profilaktikasi.: Ishlab chiqarish zararlari va kasb kasalliklari to‘g‘risida tushuncha, Kasb tufayli salbiy ta’sir etuvchi omillar,Kasb kasalliklariningspetsifik va nospetsifik turlari,Kasbga oid kasalliklar, qizdiruvchi va sovutiuvchi mikroiqlimlarni ishchilar organizmiga ta’siri va profilaktikasi. Tibbiy ko’rik bo’yicha buyriqlar.
  • Kimyo farmatsevtika korxonalarida kimyoviy omillarning gigiyenik tavsifi.: Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillarning umumtoksik ta’sirining gigiyenik tasnifi.Ishlab chiqarishga oid zararli omillarining ishchilar organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarishga oid zararli omillarga qarshi profilaktik tadbirlar.Kimyoviy moddalar bilan ishlaganda davolovchi ovqat ratsioni.
  • Atmosfera havosi, quyosh radiatsiyasi, va ishlab chiqarish mikroiklimini gigiyenik ahamiyati: Atmosfera havosining tuzilishi to‘g‘risida tushuncha.Atmosferaga gigienik nuqtai nazardan beriladigan ta’rif. Atmosfera havosining inson organizmi uchun ahamiyati. Quyosh radiatsiyasi haqida tushuncha. Quyosh radiatsiyasining biologik ta’siri. Mikroiklim ko‘rsatkichlariga ta’rif va me’yorlari.
  • Kimyo farmatsevtika korxonalarida fizikaviy omillarning gigiyenik tavsifi: Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillarning (tebranish,shovqin,ultratovush) fizik-gigienik tasnifi, salbiy ta’sirini oldini olishda sog‘lomlashtirish tadbirlari. Shovqin, tebranish hamda ultratovushning daraja va spektrini o‘lchash.
  • Kimyo-farmatsevtika korxonalarida ovqatlanish gigiyenasi: Ratsional ovqatlanish. Ovqat ratsioniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Ovqatlanishning fiziologik me’yorlari. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi ozuqali moddalar (oqsillar, yog‘lar, karbon suvlar, vitaminlar, mineral tuzlar)ning ahamiyati.
  • Ovqatdan zaxarlanishlar va ularni oldini olish chora-tadbirlari: Alimentar kasalliklar to‘g‘risida ma’lumotlar. Mikrobli ovqatdan zaxarlanishlar. Mikrobga aloqador bo‘lmagan zaxarlanishlar. Sababi aniqlanmagan zaxarlanishlar. Ovqatdan zaxarlanishni oldini olish chora-tadbirlari.
  • Yahshi ishlab chiqarish qoidalari (GMP). Toza xonalar tashkillashtirishni asosiy printsiplari.Kimyo farmatsevtika korxonalari xonasi havo muhitining mikroblar bilan ifloslanishini gigiyenik harakteristikasi: Yaxshi ishlab chiqarish qoidalari (GMP). Toza xonalar klassifokatsiyasi. Oxirgi yillarda ishlab chiqilgan Davlat standartlari, me’yorlar, reglamentlar va qoidalar.Toza xonalarning mikroblar bilan ifloslanish manbalari. Havo muxitining epidemiologik ahamiyati. Binolar havosining ifloslanish manbalari. Atmosfera havosi va binolar havosi bakterial tarkibining tavsifi.
  • GEP(Good Engineering Practice) talablarini inobatga olgan holda farmasevtik korxonalarni va dorixona muassasalarini loyihalashtirilishiga, qurilishiga qo‘yilgan gigiyenik talablar: Dorixona xonalarining ichini loyixalash va jixozlanishiga gigienik talablar.Sanitariya me’yor va qoidalar. Dorixonalarda mexnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va ishlab chiqarish omillarining asosiy gigienik tavsiyanomasi. Dorixona tarmoqlari strukturasi. Xo‘jalik xisobidagi dorixonalarlar uchun er talashga bo‘lgan gigienik talablar. Dorixona ichki loyixasiga quyilgan gigienik talablar. Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi.
  • Kimyo – farmatsevtika korxonalarining ventilyasiyasiga va yoritilganligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar: Toza xona to‘g‘ri funksiyalanishi uchun effektiv havo tayyorlash tizimining loyihasining tuzilishi. HEPA va boshqa filtrlarning qo‘llanilishi.Tabiiy va sun’iy vetilyasiyalarning tuzilishi, o‘rnatilishi va ularning ahamiyati. Ishlab chiqarishda yoritish. Ish joylaridagi yoritilganlikni o‘lchash. Tabiiy va sun’iy yoritilganlik. Tabiiy yoritilganlik ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash.
  • Aerodinamik tizimlar: Sanoat changi turlari. Kelib chiqishi, hosil bo‘lishiga qarab changlarning turlari. CHang ta’sirida kelib chiqadigan spetsifik va nospetsifik kasalliklar. Pnevmakonioz kasalliklarining turlari. Chang ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlari.
  • Ichimlik suviga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Suvni sifatini tozalash va zararsizlantirish usullari.: Ichimlik suvi ta’minotining manbalari.Markazlashtirilgan suv ta’minoti.Sanitar qo‘riqlash zonasi. Ichimlik suvi bo’yicha Davlat standartlari.Suvning fiziologik,gigiyenik va epidemiologik ahamiyati. Ichimlik suvining sifatiga bo‘lgan gigienik talablar.Suvning organoleptik xususiyatlari.Kimyoviy tarkibi.Suvning organik moddalar bilan ifloslanganlik ko‘rsatkichlari.Suvning bakteriologik ko‘rsatkichlar.Ichimlik suvni sifatini yaxshilash usullari to‘g‘risida tushuncha.Ichimlik suvni zararsizlantirish usullari.
  • Farmatsevtik maqsadda qo‘llaniladigan suvga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Farmatsevtik maqsadda qo‘llaniladigan suvning qo‘llanish yo’llari.: Suvning tayyorlanishi. Suv turlari. Tozalangan suvdan foydalanish. Tabiiy suv tarkibidagi aralashmalar. Suvni tozalangan holda olish yo‘llari. Filtrlash. Ko‘mirli filtr.Suvni yumshatish usullari.Ion almashtirgich.Qayta so‘rilish (teskari osmos). In’eksiyalar uchun suvni saqlash va taqsimlash. Suv rezervuarlarni loyihalashtirish. Farmatsevtik maqsadda qo’llaniladigan suv bo’yicha Davlat standartlari.
  • Kimyo-farmatsevtika korxonalarida ishchi-xodimlar gigienasi: Xodimlarga qo‘yiladigan talablar. Ishchi-xodimning tozaligini ta’minlovchi omillar. Xodimlar salomatligini nazorat qilish.Toza xonada ishlaydigan xodimlarning majburiyatlari.
  • Galen, neogalen va tayyor dori shakllarini ishlab chiqarishda mexnat gigiyenasi: Tabletkalartayyorlashdamehnatsharoitlarininggigiyeniktavsifi. Tabletkalash sexidagi ishning barcha bosqichlarida ishlovchilarga turli dorivor va yordamchi moddalar changi ta’sir ko‘rsatadi. Tabletkalash sexining o‘ziga xos jixati havoda aralash changning mavjudligi bo‘lib, bu o‘ta xavflidir, chunki bu changning ayrim komponetlari aralashgan aerozolining umumiy biologik ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Quritish bo‘limidagi yuqori xarorat sababli havoga eng ko‘p chang ajralib chiqadi. Quritilgan mayda dispers chang xavoda uzoq turadi. Ishlayotgan tabletkalash mashinalarining tinimsiz shovqini va yuqori xarorat xam muxitning noqulay ishlab chiqarish omillari xisoblanib, dorivor chang bilan birgalikda bu ta’sir yanada kuchayadi. SHu tariqa kuritish bo‘limida ishlovchilar kimyoviy va fizikaviy omillarni kompleks ta’sirini xis etadilar.
  • Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi: Antibiotiklarning sinf va guruhlarga taqsimlanishi.Tabiiy antibiotiklar. Kimyo-farmatsevtika sanoatidagi asosiy dori preparatlarini ishlab chiqaruchi korxonalar. Antibiotiklarni olinish texnologiyasi. Tayyor dori shakllarini tayyorlash.Tabletka holiga keltirish jarayoni. Antibiotiklarni havodagi ruhsat etilgan konsentratsiyasi. Antibiotik ishlab chiqarish korxonalari ishchilarining mehnat sharoitlariga ta’sir qiluvchi omillar. Kasb zararlari natijasida hosil bo’ladigan kasb kasalliklari va ularni oldini olish yo‘llari.
  • Radiatsion gigiyena asoslari. Radiofarmasevtik dori vositalarini ishlab chiqarishdagi mehnat gigiyenasi: Ionlantiruvchi nurlarning organizmga ta’sir mexanizmi. Ionlantiruvchi nurlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ionlantiruvchi nurlarning o‘lchov birliklari. Ichki va tashqi nurlanish haqida tushuncha. Rentgen va gamma nurlaridan himoyalanish uchun qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshinli shisha yoki rezinka, temir, g‘isht, beton, suv ishlatiladi. Bunda ekranlar sifatida konteynerlar, qurilish konstruksiyalari, eshik, deraza, pol, shift, parda, fartuk, qo‘lqop va ko‘zoynaklar bo‘lishi mumkin. Neytronlardan himoyalanish uchun bir necha qavatli himoya qo‘llaniladi.Beta nurlaridan himoyalanish uchun engil materiallar qo‘llaniladi. Ochiq ionlovchi nur manbalari-bu shunday manbalarki ulardan foydalanganda tashqi muhit radiaktiv birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. SHunday manba bilan ishlovchi ishchilar radiaktiv birikmalarni inkorporatsiyalanishi hisobiga ichki ham tashqi nurlanishga uchraydilar. Ionlovchi nurlarni ochiq manbalaridan foydalanganda nafaqat tashqi nurlanishdan himoyalanishni balki tashqi muhitni radiaktiv ifloslanishi va radiaktiv birikmalarni organizmga tushishini oldini olish choralari ham ko‘zda tutilishi kerak.
  • Aerozol va ingalyatsiyalarni, qon va plazmadan tayyorlanadigan dori vositalarini, tibbiy maqsadda qo’llaniladigan buyumlar, tibbiy gazlar ishlab chiqarishdagi mexnat gigiyenasi.: Aerozol va ingalyatsiyalar,qon va plazmadan tayyorlanadigan dori vositalarini ishlab cgiqarishdagi gigienik talablar.Tibbiy maqsadda qo’llaniladigan buyumlarga qo’yiladigan gigienik talablar.Tibbiy gazlarning sanoatda ishlab chiqarishda xavfli omillar.