Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o’rta maxsus ta’lim tizimi xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish
Ushbu ishning asosiy maqsadi zamonaviy sharoitda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimini yanada takomillashtirish, uning moliyaviy ta'minlanishi masalalarini o'rganish asosida o'rta maxsus ta'lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmlarini tatqiq qilish va uni yaxshilash bo'yicha asoslangan takliflar berishdan iborat. Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati unda o'rta maxsus ta'lim muassasalari xarajatlarini bir o'quvchini o'qitish xarajatlaridan kelib chiqib rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblari nazariy jihatdan o'rganilgan va bu usullarni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- OʻRTA MAXSUS TAʼLIM TIZIMI FAOLIYATINING TASHKILIY, HUQUQIY VA MOLIYAVIY ASOSLARI: Mazkur bo'limda Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ta'lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o'rgatish sohalarini rivojlantirishga katta e'tibor berilayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar ta'lim olishda bir xil huquqlarga ega ekanligi belgilab qo'yilganligi bayon etilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy yo'nalishlari va O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimining umumiy boshqaruvchi organlari hamda ularning vazifalari ham yoritilgan.
- O'RTA MAXSUS TA'LIM MUASSASALARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI: Ushbu bo'limda Oʻrta maxsus ta'lim muassasalari byudjetini aniqlash amaliyoti, xususan, byudjet mablag'lari hisobidan ta'minlanadigan aksariyat byudjet tashkilotlari kabi, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari ham o'z faoliyatlari bilan bog'liq ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mablag'larning yetishmasligi muammosiga duch kelayotganligi, muassasa tomonidan hisoblangan byudjet mablag'lariga bo'lgan ehtiyoj mahalliy (hududiy) moliya yoki boshqaruv darajasida ko'rib chiqilishi va byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzatishlar kiritilishi haqida so'z boradi. Shuningdek, muassasalar ish haqini rejalashtirish tartibi va smeta xarajatlarini rejalashtirish hamda moliyalashtirish tartiblari ham yoritilgan.
- IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA O'RTA MAXSUS TA'LIM MUASSASALARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH: Mavzu O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021-yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida o'rta maxsus ta'lim muassasalari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yo'llarini tadqiq qilishga bag'ishlangan. Unda zamonaviy sharoitda mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash bo'yicha tavsiyalar berilgan.