Sug‘urtalash maqsadida ko‘char mulk qiymatini baholash
Ushbu bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston Respublikasi Moliya instituti
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kundagi mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish turli sohalarda olib boriladigan islohotlar bilan bevosita bog'liq bo'lib, bugungi kunda respublikamizda ijitmoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha jabhalarida tub o'zgarishlar va yangilanishlar jadal sur'atlar bilan amalga oshmoqda. Mamlakatning iqtisodiy o'sishida mulklardan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etib, ulardan samarali foydalanishda ularning bozor qiymatini shakllantirish va unga xizmat qiluvchi sifatli va adolatli baholash ishini olib borish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mulk qiymatini baholash mulk turlariga qarab turlicha yondashuvlar asosida baholash usullarini qo'llashni taqoz etish bilan birga zarur holatlar bo'yicha baholash tamoyillarining ham amal qilinishi ta'minlanadi. Bugungi kunda mavjud turli mulkchilik shakllari asosida ko'char mulklar tarkibida turuvchi turli-tuman mashina va uskunalar, jihozlar, avtotransport vositalari kabilardan turli maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarining ortib borishi va bunga qulay shart-sharoitlarning yaratilayotganligi bu turdagi mulklar qiymatini baholashga bo'lgan e'tibor va talabning, jumladan, sug'urtalash maqsadida ham ko'char mulkni baholash zaruriyatining ortib borishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimizda mulkni baholashtishga doir munosabatlarni yanada rivojlantirib borish zarurligini, unda mulk qiymatini adolatli va sifatli baholashni tashkil etish, baholovchi tashkilotlar o'rtasida bozordagi erkin va ochiq raqobat muhitini yanada takomillashtirish, ushbu sohadagi mutaxassislar malakasi va tajribalarini yanada oshirish zarurligini keltirib chiqaradi. Baholash tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish, rivojlantirish, pirovardida, mulkdan foydalanish samaradorligini va iqtisodiyotda pul mablag'lari harakatining faollashuviga ta'sir ko'rsatib, pirovardida, u iqtisodiy o'sishga ham o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy
- 1-BOB. SUG'URTALASH MAQSADIDA KO'CHAR MULK QIYMATINI BAHOLASHNING NAZARIY, HUQUQIY VA METODOLOGIK ASOSLARI: So'nggi yillarda O'zbekiston iqtisodiyotida kuzatilayotgan o'zgarishlar va rivojlanishlar mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko'lamli va samarali islohotlar natijasida erishilayotgan yutuqlarimizdan dalolatdir. Bunday o'zgarish va yuksalishlarga erishishda sug'urta sohasining o'ziga xos o'rni va ahamiyati ham mavjudligi barchamizga ma'lum. Chunki, sug'urta bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalariga kirib borgan muhim sohaga aylangan. Rivojlangan davlatlar amaliyoti tajribalari ularning buguni iqtisodiy taraqqiyotida, xususan, moliya-xujalik munosabatlari, ijtimoiy munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirishda sug'urta asosiy o'rin egallashini tasdiqlab turibdi. Shu sababdan ham O'zbekistonda mazkur sohani yanada rivojlantirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning ajralmas qiysmiga aylanib ulgurgan sug'urta faoliyati sug'urta munosabatlarining o'rnatilishi va rivojlanishiga asoslanadi. Sug'urta faoliyati sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchilar o'rnasida yuzaga keladigan munosabat ekan, bu munosabatning yuzaga kelishi sug'urtalash va sug'urtaga bo'lgan zaruriyatga asoslanadi. Shuni qayd etish lozimki, sug'urta munosabatlari o'tgan va hozirgi asrda paydo bo'lgan munosabat emas. Shunga ko'ra, sug'urta kishilik jamiyatining turli bosqichlarida mavjud bo'lgan va uzoq tarixga ega. Sug'urta insoniyat va uning mol-mulkini ishonchli himoyalashning muhim vositasi sifatida o'zoq tarixga ega. Tarixiy hujjatlarga ko'ra, notijorat sug'urtaning dastlabki shakllari, eramizdan 2000 yil oldin Vavilon podshohi Xammurapi qonunlarida, shuningdek, Fors ko'rfazi, Qadimgi Gretsiya va Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o'zaro tuzgan bitimlarida o'z aksini topgan. Bu bitim shartlariga muvofiq, umumiy karvon safida savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi stixiyali hodisalar yoki qaroqchilar hujumi oqibatida zarar ko'rsa, bu zararlar boshqa savdogarlar tomonidan qoplanishi belgilangan. Bu davrlarda maxsus sug'urta kompaniyalari bo'lmagan va sug'urta badallari to'lanmagan. Dengiz sug'urtasi bo'yicha dastlabki jamiyat (sug'urta tashkiloti-ta'kid muallifniki) 1668 yilda Frantsiyada tashkil etilgan. XVI asr oxirlarida Londonda xususiy sug'urtalovchilarning uyushmasi tashkil etilgan. 1871 yilgacha ushbu uyushma "London lloydi" nomi bilan faoliyat ko'rsatib kelgan. Germaniyadagi dastlabki sug'urta jamiyatlari 1765 yilda Gamburg va Berlinda tuzilgan. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, qadimda dastlab sug'urtalashning fondsiz shakli vujudga kelgan va rivojlangan. Sug'urta sohasida tadqiqotlarni olib boruvchi mutaxassislarning ba'zilari jamoaviy tarzda o'zaro yordam shakllarini sug'urtalashning ma'lum shakli deb hisoblasalar, boshqalari bu munosabatlarda sug'urta fondi tashkil etilmaganligi sababli sug'urtalashning ilk bosqichlari deb tan oladilar. Qadimda moddiy va boshqa zararlarni keltirib chiqaruvchi tabiiy va boshqa ofatlarni insonlar tasodifiy deb hisoblaganlar. Keyinchalik tabiiy ofatlar sodir bo'lishining turli qonuniyatlari aniqlandi. Mazkur qonuniyatlar ijtimoiy ishlab chiqarishning risklilik xarakteri bilan bog'liqdir. Ijtimoiy ishlab chiqarishning risklilik darajasining asosi bu har bir mulk egasi yoki ishlab chiqaruvchining o'z moddiy holatidan manfaatdorligidir. Shuni ta'kidlash joizki, manfaatdor shaxslar soni har doim tasodifiy hodisalar oqibatida zarar ko'rgan shaxslar sonidan ko'p bo'lgan. Bu esa, o'z navbatida, tasodifiy hodisalar oqibatida etgan zararni xolisona tarzda manfaatdor shaxslar o'rtasida taqsimlash fikrini keltirib chiqardi. Natijada manfaatdor shaxslar tasodifiy tarzda zarar ko'rgan shaxsning xarajatlarini qoplash uchun olidindan jamiyatlarga birlasha boshladilar va sug'urtaning ilk shakllarini keltirib chiqardi (o'zaro sug'urtalash). Sug'urtaning dastlabki qo'llanilish amaliyotiga xos bo'lgan mazmundagi ta'rifni bir rus olimi N.Bendina sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini ochib berish maqsadida bergan quyidagi ta'rifda uchratish mumkin: "Yuridik va jismoniy shaxslar zarar ko'rganda ko'rilgan zararni ko'pchilik shaxslar o'rtasida taqsimlash orqali uni qoplash usulidir". Rossiyalik iqtisodchi-olim, prof. B.Serbinovskiyning fikricha, "Sug'urta yuridik va jismoniy shaxslar to'laydigan sugurta badallari (mukofotlari)dan shakllanadigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug'urta hodisasi) ro'y berganda ushbu shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha munosabatlar tizimidir". Yana bir rossiyalik iqtisodchi-olimlar guruhi Arxipov A.P., Gomellya V.B., Tulenti D.S. sug'urtaga shunday ta'rif beradilar: "Sug'urta – xavfli, noxush voqealar oqibatidan himoya vositasi bo'lib, ammo, barcha shu kabi voqealardan emas, balki, favqulodda yuz berishi mumkin bo'lgan va zarar darajasi oldindan baholangan ehtimolliklardan himoya bo'lib, bunday voqealarning qachon, qaerda va qanday holatda yuz berishi noma'lumdir". Mamlakatimiz iqtisodchi-olimlaridan T.Baymuratov fikriga ko'ra: “Sug'urta moliyaviy ta'minot vositasi sifatida mijozlarning mol-mulkini risklardan himoyasini kafolatlashi orqali sug'urtalanuvchining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini ta'minlaydi". O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 apreldagi "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi Qonunining 3-moddasida ushbu atamaga quyidagicha ta'rif keltirilgan: "Sug'urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to'laydigan sug'urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug'urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovonini (sug'urta pulini) to'lash yo'li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. Berish mumkin: sug'urta – sug'urtalovchi tomonidan maxsus shakllantirilgan pul fondlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va manfaatlari bo'yicha turli yo'qotishlarga oid risklardan himoyalash. Bunda pul fondlari sug'urta fondini ifodalab, u sug'urta badallari va sug'urta kompaniyalarining investitsion faoliyatidan ajratilgan mablag'lardan shakllantirilgan, hamda faqat sug'urta tovonini to'lash uchun foydalaniladigan pul jamg'armasi hisoblanadi. U sug'urtalovchining moliyaviy majburiyatini bajarish uchun zarur bo'lgan zahira fondlarini o'z ichiga oladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini va daromadlarini, fuqarolarning sog'ligi yo'qotish, sug'urta qaltisliklari va ularni oldini olish chora-tadbirlari, barcha yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va daromadlarini sug'urta himoyasiga olish – sug'urtalashning iqtisodiy mohiyatini belgilab beradi. Ko'p asrlik sug'urtalash tarixi shuni isbotlab berdiki, sug'urta faoliyati iqtisodiyotga ijobiy ta'sir etuvchi eng muhim omillardan biridir. Bundan tashqari, sug'urta tashkilotlari tomonidan shunday faoliyat amalga oshirildiki, bu sug'urta hodisasini oldini olish ishlaridir. Sug'urtalash, nafaqat, sug'urtalangan mulkning xavfsizligi ta'minlashini, balki, sug'urta hodisalarining ro'y berishi kamayishiga va yuridik va jismoniy shaxslar xavfsizligini moliyaviy himoyalashga yordam berishini isbotlab berdi. Sug'urtalashdagi eng asosiy omil – bu riskning mavjudligi hisoblanadi. Risk sug'urta munosabatlari paydo bo'lishining asosiy shartidir. Risk bo'lmas ekan, sug'urtaning bo'lishi mumkin emas. Shu sababli sug'urtalovchilar sug'urta ob'ektiga nisbatan sug'urtalashni amalga oshirganida uning turli omillar ta'sirida ob'ektning mavjud holati, darodmadi va qiymatiga zarar etkazilishi holatini baholaydilar. Turli ob'ektlarni nisbatan sug'urtalash ishlari riskka asoslanar ekan, unda sug'urtalovchi, sug'urtalanuvchi va sug'urta vositachilari ishtirok etadilar. O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 apreldagi "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi Qonuni, 5-moddasiga ko'ra, sug'urta faoliyati sub'ektlari – sug'urta bozorining professional ishtirokchilari sug'urta faoliyatining sub'ektlari hisoblanadi. Sug'urtalovchilar, sug'urta vositachilari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq sug'urta bozorining professional ishtirokchilari hisoblanadilar. Sug'urta brokeri, qayta sug'urta brokeri va sug'urta agenti sug'urta vositachilari hisoblanadilar. Sug'urta faoliyati deganda sug'urta bozori professional ishtirokchilarining sug'urtani amalga oshirish bilan bog'liq faoliyati tushuniladi. Sug'urta munosabtalrida quyidagi tomonlar qatnashadilar: Sug'urtalovchi – sug'urta xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo'g'ini. O'zbekiston Respublikasining "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi Qonuniga ko'ra, sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovoni (sug'urta puli) to'lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug'urtalovchi deb hisoblanadi. Sug'urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo'lishi mumkin (davlat sug'urta tashkilotlari, aksionerlik sug'urta tashkilotlari hamda o'zaro sug'urtalash jamiyatlari). Sug'urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar maxsus davlat organining tegishli litsenziyasiga ega bo'lishi zarur. Sug'urtalanuvchi – sug'urtalovchi bilan aniq sug'urta munosabati o'rnatgan va tegishli sug'urta mukofotlarini to'lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Sug'urta vositachilari – sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchi o'rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo'yicha vositachi sug'urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko'rsatgan xizmatlari uchun vositachi tegishli vositachilik haqini oladi. Sug'urta faoliyati sub'ektlari o'rtasida o'rnatiladigan munosabat sug'urta shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sug'urta shartnomasi – bu yozma ravishdagi bitim bo'lib, bunga ko'ra oldindan ko'zda tutilgan sug'urta hodisasi sodir bo'lganda sug'urta tashkiloti sug'urtalanuvchiga yoki uning uchun olish huquqiga ega bo'lgan boshqa shaxsga ushbu hodisa tufayli ko'rilgan zararni to'laydi. Sug'urta shartnomasining amal qilishi, odatda, yagona sug'urta badali bo'lgan chog'da sug'urta badalining barcha miqdori to'lab bo'lingandan keyin yoki badalning birinchi qismi to'langandan keyin boshlanadi. Sug'urta shartnomasi amal qilishi sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan muddat tugagandan keyin to'xtaydi. Shuningdek, sug'urta hodisasi yuz bergan holda va unga sug'urta tovoni to'liq to'langanda sug'urta shartnomasining amal qilish muddati beligilangan muddatdan oldin to'xtatiladi. Sug'urta shartnomasini tuzish va uning amal qilish davrida mijoz doimo sug'urtalovchining e'tiborida ekanligini, sug'urta mukofotlari hisobiga o'zi uchun ishonchli himoyani sotib olganligini, tanlagan sug'urta tashkiloti samarali boshqarilayotganligini hamda uning manfaatlari birinchi o'ringa quyilayotganligini his etishi muhimdir. Sugurta riski yuzasidan ehtimollikka, sug'urta ta'minotiga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltiruvchi qator omillar sub'ektlar tomonidan talab sifatida qo'yilishi mumkin. Ular jumlasiga: iqtisodiyotda nodavlat sektorning kengayishi; uy-joy fondlarining kengayishi; aholi turmush darajasining oshib borishi kabi qator omillar kiradi. Sug'urta shartnomalarida o'z aksini topgan risklar sug'urtaviy risklar deyiladi. Risk bahosining pulda ifodalanishi sug'urta stavkasini tashkil etadi. Risk doimiy ko'rsatkich emas. balki u doimo o'zgarib turadi. Bu o'zgarishlar iqtisodiyotdagi va boshqa sohadagi o'zgarishlar bilan chambarchas bog'liqdir. Sug'urta tashkiloti riskning rivojlanishini, holatini doimo kuzatishi lozim, ya'ni tegishli statistik hisob olib borishi, yig'ilgan ma'lumotlarni qayta ishlashi va tahlil qilishi kerak. Riskni baholash uchun uni quyidagi turlarga bo'lish mumkin: 1. Sug'urtalanishi mumkin bo'lgan risklar. 2. Sug'urtalanishi mumkin bo'lmagan risklar. Riskning eng katta guruhini sug'urtalanishi mumkin bo'lgan risklar tashkil etadi. Quyida keltirilgan mezonlar asosida sug'urta riskini sug'urtasiz risklardan farq qilish mumkin: - risk tasodifiy xarakterga ega bo'lmog'i kerak; - sug'urta hodisalarining ro'y berish dalilining vaqti va makonining noma'lum bo'lishi; - xavf solish manbasiga ko'ra, risklar tabiatning stixik kuchlari bilan bog'liq risklar va moddiy boylikni o'zlashtirish oqibatida insoniyatning tabiatga ta'siri bilan bog'liq risklarga bo'linadi. Risklarni turkumlashda katta halokatli risklar alohida o'rin tutadi. Chunki, bunday risklar ro'y berishi natijasida ko'plab ob'ektlar yirik miqdorda zarar ko'rishi mumkin. Katta halokatli risklarga zilzila, tsunami, kuchli shamol misol bo'lishi mumkin. Yuqorida aytilgan risklardan tashqari ekologik, siyosiy va maxsus risklar bo'lishi mumkin. Sug'urtalashdan asosiy maqsad himoyalashdir. Himoyalash orqali sug'urtalash moliya faoliyatining alohida va muhim tarmog'iga aylandi. Bunda sug'urtalash quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: Sug'urta riskining mavjudligi, Zararlarning muayyan makon va zamonda taqsimlanishi, Sug'urta munosabatlarining qayta taqsimlash xarakteriga ega ekanligi, Sug'urta mukofotlarining qaytarilish xarakteriga ega ekanligi. Sug'urtaning iqtisodiy tabiati uning funksiyalarida oʻz aksini topadi. Moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan bir qatorda sug'urta ham bir qator funksiyalarni bajaradi. Ta'kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda sug'urtaning funksiyalari bir necha ko'rinishda talqin etiladi. Ularni o'rganish asosida biz sug'urta quyidagi funktsiyalarni bajaradi, degan xulosga keldik: 1. Sug'urta fondini tashkil etish bilan bog'liq funksiya. 2. Sug'urta fondidan foydalanish bilan bog'liq funksiya. 3. Nazorat funksiyasi. Yuqorida qayd etilgan funksiyalar sug'urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va har qanday sharoitda oʻzgarmasdir. O'zbekistonda baholash faoliyatining vujudga kelishi va rivojlanishi uning huquqiy-me'yoriy asosini yaratish va takomillashtirish bilan bir vaqtda olib borilmoqda. Yaratilgan huquqiy asoslarda baholash faoliyatining tartibga solinishi alohida o'rin tutadi. U “baholovchilar xizmatlarining sifatini oshirishga va ularning baholovchilarning kasbiy hamjamiyati (o'zini-uzi tartibga solish) yoki davlat organlari (davlat tomonidan tartibga solish) tomonidan yohud birgalikda belgilanadigan ma'lum bir mezonlarga mos kelishiga yo'naltirilgan chora-tadbirlar va tartiblar tizimini” o'zida namoyon qiladi. Bunday tartibga solish quyidagilarni o'z ichiga oladi: baholashga nisbatan yondashuv va talablarni aniqlash, kaysikim ular, odatda baholash andazalarida ifodalanadi; baholovchining mustaqilligi bilan bog'liq bo'lgan uning axloqiy-etik xususiyatlariga nisbatan talablarni aniqlash, qaysikim ular kasb etikasi kodekslarida ifodalanadi; baholovchi kasb maxorati darajasiga va amaliy ish tajribasiga nisbatan talablarni aniqlash, qaysikim ular kasbiy malakaga nisbatan qo'yiladigan talablarda ifodalanadi. O'zbekistonda baholash faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida bir qator me'yoriy hujjatlar: qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining qarorlari, ular negizida tegishli nizomlar qabul qilindi. Jumladan, baholash faoliyatining huquqiy asoslari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustdagi "Baholash faoliyati to'g'risida” Qonuni; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi "Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas'uliyatini oshirish to'g'risida”gi PQ-843-sonli Qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi “Baholash faoliyatini litsenziyalash to'g'risida”gi 210-sonli Qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 28 iiyuldagi "Baholash to'g'risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o'tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida”gi Qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 dekabrdagi “Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-sonli qarori shu qaror asosida ishlab chiqilgan “Baholash faoliyatini litsenziyalash to'g'risida
- 2.1. Sug'urtalash maqsadida ko'char mulk qiymatini baholashning huquqiy asoslari: O'zbekistonda baholash faoliyatining vujudga kelishi va rivojlanishi uning huquqiy-me'yoriy asosini yaratish va takomillashtirish bilan bir vaqtda olib borilmoqda. Yaratilgan huquqiy asoslarda baholash faoliyatining tartibga solinishi alohida o'rin tutadi. U “baholovchilar xizmatlarining sifatini oshirishga va ularning baholovchilarning kasbiy hamjamiyati (o'zini-uzi tartibga solish) yoki davlat organlari (davlat tomonidan tartibga solish) tomonidan yohud birgalikda belgilanadigan ma'lum bir mezonlarga mos kelishiga yo'naltirilgan chora-tadbirlar va tartiblar tizimini” o'zida namoyon qiladi. Bunday tartibga solish quyidagilarni o'z ichiga oladi: baholashga nisbatan yondashuv va talablarni aniqlash, kaysikim ular, odatda baholash andazalarida ifodalanadi; baholovchining mustaqilligi bilan bog'liq bo'lgan uning axloqiy-etik xususiyatlariga nisbatan talablarni aniqlash, qaysikim ular kasb etikasi kodekslarida ifodalanadi; baholovchi kasb maxorati darajasiga va amaliy ish tajribasiga nisbatan talablarni aniqlash, qaysikim ular kasbiy malakaga nisbatan qo'yiladigan talablarda ifodalanadi. O'zbekistonda baholash faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida bir qator me'yoriy hujjatlar: qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining qarorlari, ular negizida tegishli nizomlar qabul qilindi. Jumladan, baholash faoliyatining huquqiy asoslari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustdagi "Baholash faoliyati to'g'risida” Qonuni; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi "Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas'uliyatini oshirish to'g'risida”gi PQ-843-sonli Qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi “Baholash faoliyatini litsenziyalash to'g'risida”gi 210-sonli Qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 28 iiyuldagi "Baholash to'g'risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o'tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida”gi Qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 dekabrdagi “Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-sonli qarori shu qaror asosida ishlab chiqilgan “Baholash faoliyatini litsenziyalash to'g'risida
- 2.2. Sug'urtalash maqsadida “Universal taraqqiyot tekstil” MCHJ uskunalarining bozor qiymatiga ta'sir etuvchi omillar tasnifi va tavsifi: Ko'char mulk bozori ko'chmas mulk bozoriga nisbatan faol harakatda bo'luvchi bozor hisoblanadi. Bu esa undagi aktivlarning turli maqsadlardagi foydalanishlarida bozor qiymatlarini baholash zaruriyatini yanada kuchaytiradi. Bunda ko'char mulk turi va tavsifiga ko'ra o'z bahosi va samarasiga ega ekanligi muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Bunga esa bozordagi turli xil omillarning ta'sir ko'rsatishi sabab bo'ladi. Ko'char mulklar bilan istalgan joyda, istalgan vaqtda iqtisodiy va boshqa faoliyatni amalga oshirish mumkinligi ulardan yuqori darajada foydalanish va qo'shimcha daromad olish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bunda ularning ish faolligini va samaradorligini saqlash va ta'minlashda sug'urtaning o'rni beqiyosdir. Sug'urtalash ko'char mulklardan ishonchli va maqsadli foydalanishni ta'minlashdagi muhim himoya vositasi hisoblanadi. Shu sababli iqtisodiyotda resurslarni ko'char mulk bozori orqali tarmoqlararo taqsimlash va qayta taqsimlashning samarali jarayoni amalga oshirilishini kuzatish mumkin. Ko'char mulk bozori orqali yuz beruvchi vositalar harakati bir qancha omillarga bog'liq holda kechadi. Ulardan asosiylari quyidagilar: - bozorning daromadlilik darajasi; - bozorning soliqqa tortilganlik darajasi; - kapitalni yo'qotish yoki kutilgan daromadni olish riski; - bozorni tarkibiy va funktsional tashkil etish samaradorligi va uni tartibga solish darajasi; - investor huquqlari himoyasi va manfaatlar (qiziqishlar)i ta'minlanganlik darajasi; - bozor qatnashchilarida bozordagi kabi ma'lumotlar ochiq-oydinlik darajasi va boshqalar. Sug'urtalash maqsadidagi ko'char mulklarning bozordagi harakatining faolligi, samaradorligi va daromadliligiga bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi. Bu esa ularning bozor qiymatini belgilashda ham muhim o'rin tutishiga olib keladi. Shu sababli ko'char mulklarning bozor qiymatini baholashda uning qiymatiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish, aniqlash, tahlil qilish hamda, zarur hollarda, ulardan foydalanish yoki ularni boshqarish choralarini ham ko'rish zarur hisoblanadiki, quyida ularning bir qanchasi keltirilgan. Sug'urtalash maqsadida ko'char mulkning bozor qiymatini aniqlashda baholash jarayonining turli bosqichlarida vujudga keladigan qiymatga ta'sir etuvchi omillar mavjud. Narxga ta'sir etuvchi barcha omillarni sub'ektiv va ob'ektiv omillarga bo'lishimiz mumkin. Sub'ektiv omillarga bitim tizish vaqtidagi xaridor, sotuvchi va vositachi shaxslarning xulq-atvori, kayfiyati, halolligi, temperament, shaxsiy o'ziga xos xususiyatlari va boshqa psixologik omillar kiradi. Ob'ektiv omillar o'z ichiga, asosan, iqtisodiy omillarni olib, ular ma'lum bitimni tuzishda mulkning o'rtacha qiymatini aniqlashga yordam beradi. Ko'char mulkning qiymatini baholashni belgilab beruvchi asosiy iqtisodiy omillar quyidagilardan iborat: - talab; - baholanayotgan ko'char mulkning hozirgi va bo'lajak foydasi; - ana shunday ko'char mulkni barpo etish xarajatlari; - ana shunday ko'char mulkka bo'lgan talab va taklifning o'zaro nisbati; - ko'char mulkdan daromadlar olish xatari; - ko'char mulkni nazorat qilish darajasi va uning likvidlilik darajasi. Ko'char mulkning qiymatini baholashda eng asosiy omil bu ularning eskirish darajasidir. Chunki, ular tez yangilanadi, eskirish darajasi ham intensiv ravishda hisoblanishi mumkin. Bu erda yuqorida ta'kidlanganidek, baholovchi mashina va asbob-uskunalarning texnik va ma'naviy eskirishini to'g'ri hisob-kitob qilishi uchun zarur texnik bilimlarga yoki ekspert yordamiga tayanadi. Ko'char mulk qiymatini baholashda nomoddiy aktivlar ham inobatga olinishi mumkin. Jumladan, uning tovar belgisi, ishlab chiqaruvchisi, nou-xau va boshqalar. Ko'char mulk qiymatini baholashda tarmoq omillari ham muhim rol o'ynaydi. Ularga ishlab chiqarish va operatsion texnologiya, ishlab chiqarish tashkiloti, ishlab chiqarish seriyasi, qo'llanilgan material, xom ashyolar, ishlab chiqarishda qo'llanilgan standartlar va texnik talablar, korxonalar o'rtasidagi aloqalar va boshqa omillarni misol qilishimiz mumkin. Shuningdek, ijtimoiy omillar ham ko'char mulk qiymatiga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Ular, asosan, aholining xususiyatlari bilan namoyon etilgan. Jumladan, hudud bo'yicha aholi soni, oilalardagi bolalarning o'rtacha soni, aholining yosh guruhlari bo'yicha taqsimlanishi va h.k.lar kiradi. Bularning barchasi mol-mulkka bo'lgan potentsial talab va uning tarkibidan dalolat beradi. Agarda ko'char mulk sifatida sug'urtalanayotgan avtotransport vositalarining qiymatini baholashga unga ta'sir ko'rsatuvchi siyosiy omillar ichida yuk tashish avtotransportlari bozor qiymatining davlat tomonidan tartibga solinishini alohida keltirib o'tish mumkin bo'ladi. Davlat tomonidan tartibga solish sohasiga quyidagilar kiradi: - yuk tashish avtotransportlari xizmatlaridan foydalanish darajasi; - yuk tashish avtotransportlari xizmatlaridan foydalanish meyorlari; - yuk tashish avtotransportlari xizmatlaridan foydalanish yo'nalishlari; - soliq siyosati; - yuk tashish avtotransportlarining qiymatiga tasir ko'rsatuvchi maxsus huquqiy me'yorlar (ijara stavkalarining me'yoriy belgilanishi, mulkchilik huquqlarining chegaralanishi, atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar, asosiy kapitalga investitsiyalar va h,.k.). Tabiiy omillarning ta'siri ham tabiiy, ham sun'iy shart-sharoitlar, ya'ni hududning iqlim sharoitlari (yog'ingarchilik, harorat, namlik), topografiya, tuproqning xususiyati, zaharli elementlar, avtomobil va boshqa transtport yo'llarining holati va sifati, baholanayotgan mol-mulk joylashgan hududda yuk tashish avtotransportlarining bozor qiymati holati va uning o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqiladi. Ko'char mulk bozorining o'ziga xos xususiyatlaridan biri unda nisbatan yuqori darajadagi riskning mavjudligi hisoblanadi. Bu esa ko'char mulklarni doimo sug'urtalab borish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Risk – bu daromadlar olishning yoki olmaslikning noaniqligi. Kutilayotgan risk darajasi investitsion kapitaldagi daromadlar stavkasida hisobga olinadi: kutilayotgan risk darajasi qancha yuqori bo'lsa, investitsion kapitalga talab etilayotgan daromad stavkasi shuncha yuqori bo'lishi kerak. Talab etilayotgan daromadlilik stavkasini aniqlashning mazkur yondashuvi ko'char mulkka qilinadigan investitsiya uchun ham, hamda an'anaviy moliyaviy aktivlarga qilinadigan investitsiya uchun ham umumiy hisoblanadi. Risk uchun to'lovni hisoblash asosi bo'lib makro darajadagi boshqarilmaydigan riskni yoki tarmoq riskini aks ettiradigan tizimli riskni aniqlash hisoblanadi. Sug'urtalash maqsadida ko'char mulk qiymatini baholashdagi risk darajasining mikdoriy tahlili 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1. Daromadlilik stavkasini taqsimlash chastotasini aniqlash –daromadlilikni o'rtacha stavkasi. 2. Boshqarilmaydigan riskni o'lchovi sifatida standart og'ishni aniqlash. 3. Daromad birligiga tushadigan riskni nisbiy o'lchovi sifatida kovariatsiyani aniqlash. Ko'char mulk bozoriga makroiqtisodiy xatar omillari sezilarli darajada ta'sir etadi. Makroiqtisodiy xatarning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: inflyatsiya xatari; iqtisodiy o'sish sur'atlarining o'zgarishi bilan bog'liq xatar; foiz stavkasi miqdorining o'zgarishi bilan bog'liq xatar; valyuta kursining o'zgarishi bilan bog'liq xatar; siyosiy xatar. Inflatsiya xatari – bu narxlar o'sishi sur'atlarining bashorat qilib bo'lmaydigan o'zgarishi xatari. Mulk bozoridagi sarmoyador narxlarning inflatsion o'zgarishini qoplovchi daromadni olishga intiladi. Yuqori yoki bashorat qilinmaydigan inflyatsiya bozor faoliyatining kutilayotgan natijalarini yo'qqa chiqarishi mumkin bo'lib, iqtisodiyotdagi daromadlarning qayta taqsimlanishini ta'minlaydi va tadbirkorlik xatarini oshiradi. Natijada ko'char mulkning real qiymati pasayadi. Baholash jarayonida ko'p yillik, joriy va bo'lajak (bashorat qilinayotgan) ma'lumotlar taqqoslanadi. Ko'char mulkning turli yillarda olingan qiymati faqat, agar pul birligining qiymati o'zgarmagan bo'lsa, taqqoslanishi mumkin. Biroq, amalda pul birligining qiymati deyarli har yili (odatda, ortish tomonga) o'zgaradi. Narxlar darajasi turli davrlar uchun narxlar o'zaro nisbatining o'lchovi hisoblangan indeks ko'rinishida o'lchanadi. Iste'mol qilinadigan tovarlarning asosiy guruhi bo'yicha hisoblab chiqilgan narxlar indeksiga joriy yildagi narxlar darajasining ko'rsatkichi sifatida qaralishi mumkin. Baholash jarayonida, muvaqqat (o'zgarmas) kattalikdan tashqari, nisbiy kattaliklar ham, masalan, diskont stavkasi hisoblab chiqiladi (%da). U ham nominal yoki haqiqiy kattalik sifatida aniqlanishi mumkin. Agar narxlarning inflatsion o'sish sur'atlari mamlakatda 15 foizdan yuqori bo'lsa, qayta hisoblashni quyidagi Fisher formulasini qo'llash orqali amalga oshirish tavsiya etiladi: Rr=Rn-1, i+1 bunda: R, - daromad (diskont)ning real stavkasi; Rn – daromad (diskont)ning nominal stavkasi; i – inflatsiya indeksi. Iqtisodiy o'sish sur'atlarining o'zgarishi bilan bog'liq xatar. Bozor iqtisodiyotining tsiklliligi hisob-kitoblarda iqtisodiy rivojlanishning umumiy holati va iqtisodiy o'sishning yaqin kelajakda kutilayotgan sur'atlarini hisobga olish zaruratini belgilab beradi Ishdagi faollik susaygan davrlarda olinadigan foyda miqdori ham pasayadi va bankrot bo'lish ehtimoli oshadi. Iqtisodiyot rivojlanishining umumiy iqtisodiy qonuniyatlarini muayyan korxonani tahlil qilishda va prognozlarni tuzishda hisobga olish zarur. Bunda asosiy axborot manbalari bo'lib hukumat dasturlari va prognozlar, axborot, konsalting tuzilmalari, hokimiyat va boshqaruv organlarining tahliliy sharhlari, davriy iqtisodiy matbuot xizmat qiladi.
- 3.1. Sug'urtalash maqsadida "Universal taraqqiyot tekstil" MChJ ko'char mulkining bozor qiymatini baholash: "ISAEV HAMKORLIGI" mustaqil baholash kompaniyasi sug'urtalash maqsadida baholash ob'ekti – “Universal taraqqiyot tekstil” MChJ ko'char mulki qiymatini aniqlashda baholovchi tegishli bozor ma'lumotlari asosida o'rnini bosish tamoyiliga amal qilgan holda qo'yida keltirilgan baholash yondashuvlaridan foydalangan holda sug'urtalash maqsadidagi ko'char mulk qiymatini baholashni amalga oshirdi: 1. Xarajatga oid yondashuv – baholash ob'ektini uning eskirishini hisobga olgan holda tiklash yoki o'rnini bosish uchun zarur bo'lgan xarajatlarni aniqlashga asoslangan baholash ob'ektining qiymatini baholash uslublari yig'indisi. Ushbu mol-mulkning o'rinbosari sifatida asl mahsulot nusxasi hisoblanadigan yoki teng foydalilikni ta'minlay oladigan boshqa mol-mulkni yaratish mumkinligi ko'zda tutiladi. 2. Qiyosiy yondashuv – baholash ob'ektini bitimlar narxi yoki kiritiladigan tuzatishlar miqdori asoslangan taklif narxlari mavjud o'xshash ob'ektlar bilan taqqoslashga asoslangan baholash ob'ektining qiymatini baholash uslublari yig'indisi. Ushbu yondashuvda o'xshash yoki o'rinbosar ob'ektlarning savdosi hamda tegishli bozor maʼlumotlari ko'rib chiqiladi, qiymatning hisob miqdori esa taqqoslash ko'zda tutilgan jarayon vositasida aniqlanadi. Umumiy holatda baholash ob'ekti bozorda mavjud bo'lgan o'xshash ob'ektlar savdosi bilan taqqoslanadi. Shuningdek, listing (kotirovka) hamda qimmatli qog'ozlarning dastlabki tarqalishi ma'lumotlari e'tiborga olinishi mumkin. 1. Xarajatga oid yondashuv asosida ko'char mulk qiymatini baholash. Baholanayotgan ob'ektning tiklanish qiymati ularning balans qoldiq qiymatiga ko'ra, bugungi kundagi ichki va tashqi bozorlarni o'rganish natijasida olingan ma'lumotlarga asosan aniqlanadi. Ob'ektning baholash jarayonida buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan bojxona deklaratsiyasi, shartnoma va hisob-fakturalar o'rganib chiqiladi va tahlil qilinadi. O'rganishlar va tahlil natijalariga ko'ra mol-mulkning tiklanish qiymati aniqlanadi va joriy xolati buyicha eskirish qiymatini hisobga olgan holda qiymati aniqlanadi. Mashinalar va uskunalar qiymatini hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: a) Tiklanish qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlash; b) Eskirish qiymatini aniqlash; v) Bozor qiymatini hisoblash. Tiklash qiymati quyidagi metodlarning biri yordamida hisoblanadi: - turdosh ob'ekt narxi bo'yicha hisoblash usuli; - elementma-element hisoblash usuli; - indeks usuli. Bunda, turdosh mashinalar va uskunalar bo'yicha umumiy metod qo'llaniladi. Baholashga buyurmachi tomonidan taqdim etilgan mol-mulkni tiklanish qiymati bugungi kun holatidan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. Baholash ishlarini xarajat yondashuvida amalga oshirishda baholash ob'ekti tiklanish qiymatini aniqlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi hududida va tashki bozorlarda taklif qilinayotgan ma'lumotlar hamda “Shurtan gaz-kimyo majmuasi” tomonidan "Rieter" kompaniyasi bilan tuzilgan bitimlar narxlari va "Wood decor production" MChJ shaklidagi qo'shma korxona shartnomalari va bojxona deklaratsiyalaridan foydalanildi. Bunda bojxona deklaratsiyalari va hisob-fakturalardagi muvofiq analog qiymatiga asoslanildi hamda mavjud farqlar bo'yicha tuzatishlar kiritildi va baholash ob'ektining tiklanish qiymati shu qiymatiga asoslangan holda qabul qilindi. Baholash ob'ektlarining eskirish hajmi fizik, funktsional va tashqi (iqtisodiy) eskirishlar natijasida tiklash qiymatidagi yo'qotishlar yig'indisi sifatida aniqlanadi. Uskunalarni jismoniy eskirishi joriy holatini hisobga olgan holda BXMSning Xususiylashtirish maqsadida baholash 9-standartiga asosan baholash ob'ektlarining jismoniy eskirishi quyidagi jadvalda keltirilgan ko'rsatkichlarga muvofiq ekspert yo'li bilan aniqlanadi: Baholash ob'ektlarining jismoniy eskirishini ekspert yo'li bilan aniqlash 3.1-jadval Holatning bahosi Texnik holat tavsifi Eskirish Yangi Yangi (shu jumladan o'rnatilgan, lekin foydalanishga 5% gacha kiritilmagan), a'lo holatda. Juda yaxshi Nosozliklarsiz ishlayotgan, oz muddat foydalanilgan, nuqsonlar 5%-20% va nosozliklar aniqlanmagan uskuna. Yaxshi Ish qobiliyatini cheklamaydigan kichik foydalanish nuqsonlariga ega bo'lgan uskuna. Kapital ta'mirlashdan 20%-35% chiqqan, yaxshi holatdagi uskuna. Qoniqarli Qoniqarli holatdagi uskuna. Ish rejimlarini tanlashda ta'mirlashlar orasida xizmatlar ko'rsatish yoki joriy taʼmirlash vaqtida bartaraf etiladigan ba'zi bir cheklashlar bo'lishi mumkin. 35%-50% Shartli ravishda yaroqli Uskuna ishida bartaraf etish uchun rejadan tashqari ta'mirlashlar o'tkazish talab etiladigan nosozliklar kuzatiladi. Ish rejimlarini tanlash va eng katta yuklanishlarga cheklashlar bor. Asosiy qismlarini jiddiy ta'mirlash yoki almashtirish talab etiladi. 50%-75% Qoniqarsiz Tez-tez buzilib turadigan, asosiy uzellarni kapital ta'mirlashni talab etadigan, yomon holatdagi uskuna. 75%-90% Foydalanish Asosiy yo'nalishi bo'yicha foydalanishga yaroqsiz bo'lgan uskuna. Hali ishlayotgan asosiy materiallar qiymati bo'yicha sotishdan boshqa aqlga muvofiq imkoniyatlar yo'q. 90% dan ortiq Baholanayotgan ob'ektning "Universal taraqqiyot tekstil” MChJ ko'char mulkining eskirish qiymati yuqorida keltirilgan jadval asosida hisoblab chiqildi va u yuqoridagi 2.2-jadvalga keltirilgan. Funktsional eskirish. Funktsional eskirish qiymatini aniqlashda baholovchi bartaraf etib bo'ladigan funktsional eskirish va bartaraf etib bo'lmaydigan funktsional eskirishni hisoblaydi. Yaxshilash ayrim elementlarining yo'qligi, etarli emasligi yoki keragidan ortiqligiga qarab funktsional eskirishning quyidagi turlari hisoblanadi: - yaxshilashlar bozorning hozirgi talablariga muvofiqligining muqarrar omili sanalgan elementning yo'qligi bilan bog'liq va mavjud yaxshilashlarda etishmayotgan elementni o'rnatish xarajatlari bilan baholash sanasidagi yangi qurilishda mazkur elementni yaxshilashlarga o'rnatish xarajatlari o'rtasidagi farqqa teng bo'lgan bartaraf etib bo'ladigan funktsional eskirish; - yaxshilashlar bozorning hozirgi talablariga muvofiqligining muqarrar omili sanalgan elementning yo'qligi bilan bog'lig' va sof operatsion daromad yo'qotishlarining joriy qiymatlari bilan yaxshilash elementining yo'qligi bilan bohliq har qanday xarajatlar yihindisiga teng bo'lgan bartaraf etib bo'lmaydigan funktsional eskirish. Baholash ob'ekti yaxshilashlari baholash sanasida konstruktiv echimlaridada funktsional eskirish alomatlari aniqlanmaganligi bois, funktsional eskirish qiymati hisoblanmadi. Tashqi eskirish. Tashki eskirish – baholash ob'ektining ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy, qonunchilikning o'zgarishi, atrof-muhit o'zgarishi kabi omillar natijasida o'z qiymatini yo'qotishini anglatadi. Baholash sanasida baholash ob'ektiga nisbatan bunday omillar aniqlanmaganligi sababli tashqi eskirish qiymati aniqlanmadi. Baholash ob'ektining umumiy eskirish qiymati ajratish usuli bilan quyidagi formula orqali aniqlandi: Ey=Ejis+Efunk+ Etash, (3.1) bunda: Ey - yig'ilgan (jami) eskirish; Ejis – jismoniy eskirish; Efunk – funktsional eskirish; Etash – tashqi (iqtisodiy) eskirish. Keltirilgan formula va hisoblash qoidalariga muvofiq “ISAEV HAMKORLIGI
- 3.2. Sug'urtalash maqsadida “Universal taraqqiyot tekstil” MCHJ ko'char mulkining yakuniy bozor qiymatini aniqlash va ekspert xulosasi loyihasini shakllantirish: Baholash natijalarini muvofiqlashtirish – baholashga nisbatan turli yondashuvlar yordamida olingan natijalarni o'lchash va taqqoslash yo'li bilan baholash ob'ektining yakuniy qiymatini aniqlash. Muvofiqlashtirish quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi: - mantiqiy muvofiqlashtirish usuli – bu, baholovchi amalga oshiradigan tahlil asosida, barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda solishtirma o'lchovlarni tanlashdan iborat. Baholovchi ustun yondashuvni aniqlaydi, qolgan yondashuvlarning natijalaridan esa ustun yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi; - matematik o'lchash usuli – bu, bunda turli baholash yondashuvlari bilan olingan natijalarning solishtirma o'lchovlarini aniqlash uchun bir nechta mezonlardan foydalaniladi va ularning yordamida qo'llanilgan hisoblash usulining afzalliklari yoki kamchiliklari konkret ob'ektni baholash xususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi. Baholash ob'ektining bozor qiymatini aniqlashda olingan natijalarni muvofiqlashtirishning matematik muvofiqlashtirish usulidan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Muvofiqlashtirish jarayonida u yoki bu yondashuv bilan olingan natijaning baholash yakuniy natijasiga ta'siri darajasini belgilaydigan o'lchov koeffitsientlari tahlil qilinadi. Quyidagilar o'lchov koeffitsientlarini baholash uchun (muvofiqligiga ko'ra) asosiy mezonlar hisoblanadi: - tahlil va xisoblashlarga asos bulgan axborotning ishonchliligi va etarliligi; - foydalanilgan xisoblash usullari mavjud bozor axborotiga muvofiqligi; - baholash yondashuvi hisoblanayotgan qiymat turi, baholash maqsadi va baholash natijalaridan foydalanish mo'ljaliga muvofiqligi; - baholash yondashuvi baholash ob'ektiga o'xshash ob'ektlarning odatdagi xaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligi; - baholash ob'ekti turiga va undan foydalanish xususiyatiga muvofiqligi; - baholash yondashuvi bozor kon'yukturasini hisobga olishga qodirligi. Muayyan mezonlarni ularga tegishli ko'rsatkichlarni biriktirish yo'li bilan baholagach, har bir baholash yondashuvi bo'yicha o'lchov koeffitsientlarini aniqlanadi. Baholash ob'ekti qiymatining yakuniy mikdori quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: Kyak = Kxar*S1+Kdar*S2+Kkiyos*S3, (3.2) bunda: Kxar, Kdar, Kkiyos – tegishincha yondashuvlar bilan aniqlangan qiymatlar; S1, S2, S3 xar bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli taqqoslama o'lchovlar. Baholanayotgan ob'ektlar bo'yicha mezonlarni baholash quyidagi tartibda amalga oshirildi:
- 3.3. Sug'urtalash maqsadida "Universal taraqqiyot tekstil" MCHJ ko'char mulkining yakuniy bozor qiymatini baholash: Qiyosiy yondashuv asosida ISAEV HAMKORLIGI” mustaqil baholash kompaniyasi tomonidan sug'urtalash maqsadidagi “Universal taraqqiyot tekstil
- 3.4. Sug'urtalash maqsadida “Universal taraqqiyot tekstil” MCHJga tegishli baholash ob'ektlar bo'yicha mezonlarni baholash quyidagi tartibi: Sug'urtalash maqsadida “Universal taraqqiyot tekstil” MCHJga tegishli baholash ob'ektlar bo'yicha mezonlarni baholash quyidagi tartibi 35 Xarajat yondashuvi Daromad yondashuvi Qiyosiy yondashuv Mezonlar 2 3 3 3 3 2 3 2 16 19 35 0,4571 0,5429