Жамият демократлашувида миллатлараро муносабатларни такомиллаштиришнинг ижтимоий-фалсафий таҳлили
Ushbu dissertatsiya O‘zbekistonda demokratik jarayonlarning jamiyatdagi millatlararo munosabatlarga ta’sirini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Unda millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan.
Asosiy mavzular
- Millatlararo munosabatlarning ijtimoiy-falsafiy tahlili: Dissertatsiyada millat tushunchasining mohiyati, millatlararo munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, millatlararo siyosat va boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, milliy va umummilliy manfaatlarning o‘zaro aloqadorligi chuqur o‘rganilgan.
- Demokratik jarayonlarning millatlararo munosabatlarga ta’siri: Mazkur qismda jamiyatni demokratlashtirish jarayonlari, fuqarolik jamiyati institutlarining roli, milliy-ma’naviy omillarning millatlararo munosabatlarni takomillashtirishdagi ahamiyati tadqiq etilgan.
- Millaatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash istiqbollari: Uchinchi bobda globallashuv sharoitida millatlararo munosabatlar, milliy va etnik ziddiyatlar, millatchilik va terrorizmning oldini olish yo‘llari, bag‘rikenglik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashning nazariy-amaliy asoslari tadqiq etilgan.