XX asrning 20-30 yillarida o’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari va uning oqibatlari

Ushbu ilmiy ishda O'zbekistonda 1920-30 yillarda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari va uning oqibatlari tarixini xolis o'rganib yoritish maqsad qilingan. Mustabid tuzum Oʻzbekistonni markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida o'z iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xom ashyo bazasi va mahsulot bozori sifatidagi holatini yanada mustahkamlashga intildi. Bunday siyosat natijasida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning qishloq xoʻjaligi tobora koʻproq paxtachilik yo'nalishiga ega bo'lib bordi.

Asosiy mavzular

  • Sovet mustabid tuzumining O'zbekistonda olib borgan iqtisodiy siyosati va uning mohiyati: 1920-yillarda Oʻzbekistonda iqtisodiy beqarorlik holati va uning mohiyati ochib berilgan. "Harbiy kommunizm" siyosati amalga oshirilishi natijasida haqiqatda bolsheviklar tasavvuridagi harbiylashgan jamiyat yuzaga keldi, uning asosiy belgilari boshqaruvni mutlaq markazlashtirish va yalpi davlatlashtirish, xususiy mulkni bekor qilish, xoʻjalik yuritishning musodara usullari, mavjud bozor iqtisodiyoti tizimini barbod qilish, milliy va insonparvarlik qadriyatlarini markscha sinfiy qadriyatlar bilan zo'ravonlarcha almashtirishdan iborat edi.
  • 1920-30 yillarda olib borilgan yer-suv islohatlari va uning bosqichlari: Yer-suv islohatlarining birinchi bosqichi va uning natijalari, ikkinchi bosqichi va uning oqibatlari, shuningdek sug'orish tizimi borasida amalga oshirilgan ishlar hamda islohatlarning yakuni va uning oqibatlari tahlil qilingan.
  • O'zbekistonda olib borilgan yer-suv islohatlarining yakuni va uning oqibatlari: 1920 yillarning boshlarida hamda 1925-29 yillarda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan yer-suv islohotlari o'zining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan og'ir salbiy oqibatlari bilan kechdi. Mustabid sovet tuzumi tomonidan olib borilgan yer-suv siyosati o'zining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan quyidagi oqibatlarga olib keldi: quloqlashtirish siyosati, tub yerli aholining erkin mulkchilik va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining tugatilishi, jamoalashtirish siyosatining qishloqda amalga oshirilishi natijasida sovet hukumati inson va fuqorolarning barcha huquq va erkinliklarini oyoqosti qilishi.