1-Oktil-6,7-Dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolinni flavonoidlar bilan reaksiyasini o‘rganish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi flavonoidlar va izoxinolin alkaloidlarining sintezi, ularning biologik faolliklari hamda zamonaviy usullarini oʻrganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda izoxinolin hosilalari hamda flavonoidlar oʻrtasidagi reaksiyalar oʻrganilib, yangi birikmalar sintez qilingan. Olingan mahsulotlarning farmakologik faolligi kompyuter dasturlari yordamida baholangan.

Asosiy mavzular

  • Adabiyotlar sharhi: Flavonoidlar va izoxinolin alkaloidlarining sintezining an'anaviy va zamonaviy usullari, ularning biologik faolliklari oʻrganilgan.
  • Reaksiyaning borish sharoitlari nazariy tahlili: Izoxinolin va flavonoid oʻrtasidagi reaksiyaning borish sharoitlari nazariy tahlil etilgan.
  • Yangi birikmalar sintezi: Izoxinolin va flavonoid oʻrtasidagi reaksiyasi natijasida yangi birikma - 2-(3,4-Dimetoksifenil)-6-(6,7-dimetoksi-1-oktil-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin-2(1H)-il)metil)-3,5,7-trigidroksixroman-4-on sintez qilingan.
  • Farmakologik faollikni baholash: Olingan mahsulotning farmakologik faolligi PASS dasturi asosida baholangan.