Landshaft rejalashtirish

Ushbu kitobda landshaft rejalashtirishning asosiy tamoyillari, uslublari va zamonaviy usullari, shaharning tabiiy karkasini rivojlantirish, shahar ko‘kalamzorlar tizimini shakllantirish, turli hududlardagi bog‘lar, parklar, maydonlar, xiyobonlar, qirg‘oq bo‘ylari va piyodalar yo‘laklarini shaharsozlik talablari bo‘yicha shakllantirish masalalari keng yoritilgan. Qiziqarli landshaft kompozitsiyalar, tabiiy va sun‟iy elementlar, suv havzalari va o‘simliklar dunyosining tabiiy landshaftga uyg‘unlashuvi, ularning ijtimoiy-fazoviy rivojlanishining qonuniyatlari yoritilgan. Shuningdek, turar-joylar, jamoat va sanoat binolari, madaniy-maishiy, sport zonalari, gidroparklar va akvaparklarni loyihalashga oid zamonaviy yondashuvlar, xorijiy tajribalar ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Landshaft rejalashtirish: asosiy tushunchalar: Landshaft rejalashtirishning asosiy tamoyillari, tabiiy sharoitlar va antropogen omillarning roli, tabiiy va madaniy landshaftlarning tipologiyasi.
  • Shahar va shahar markazlarini landshaft-rekratsion rejalashtirish: Shaharlandsh aftining fazoviy tuzilishi, ko‘kalamzorlar tizimini shakllantirish, aholi yashash joylarini tashkil qilish.
  • Bog‘lar, parklar, maydonlar, xiyobonlar, qirg‘oq bo‘ylari va piyodalar yo‘laklarini shaharsozlik talablari bo‘yicha shakllantirish: Bog„lar, parklar, maydonlar, xiyobonlar, qirg„oq bo„ylari va piyodalar yo„laklarini shaharsozlik talablari bo„yicha shakllantirishdagi asosiy omillar va landshaft vositalari.