Samarqand tumanida joylashgan yoshlar shaharchasini oqova suvlarini oqizish tarmoqlarini loyixalash (real)
Ushbu hujjat
Asosiy mavzular
- KIRISH: Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlari aholi yashash hududlari, turar joy binolari, sanoat korxonalarining ajralmas qismi hisoblanib, obyektga texnologik qulayliklar yaratish va uni obodonlashish darajasini oshirish uchun beqiyos ahamiyatga ega. Ushbu tizimlar murakkab muxandislik tarmoqlari va inshootlari majmuasi bo'lib, juda keng sohani qamrab oladi. Xususan, suvni qabul qilish, uni tozalash va tayyorlash, uzatish va tarqatish inshoot va tarmoqlaridan boshlab, hosil bo'ladigan oqova suvlarni qabul qilish jixozlari, oqizdirish tarmoqlari, nasoslar, tozalash inshootlari, hosil bo'ladigan cho'kmalarga ishlov berish, ularni bartaraf qilish hamda tozalangan oqovalarni havzalarga qo'shish va boshqa turli inshootlardan iborat.
- OQOVALARNI OQIZISH TIZIMI VA ShAKLINI TANLASh: Oqovalarni oqizish tizimlari. Aholi yashash joylari va sanoat korxonalari hududlarida hosil bo'ladigan chiqindilarni gidrotransport uslubida quvur va kanallar orqali oqizdirish texnik-iqtisodiy va sanitariya nuqtai nazarida qulay hisoblanadi. Hosil bo'ladigan xo'jalik-maishiy, sanoat va atmosfera oqovalari har xil ifloslantiruvchi moddalar bilan to'yingan bo'lib, turli xossalarga va sifat ko'rsatgichlariga ega. Bu oqova suvlarni o'z vaqtida qabul qilish, saqlash, oqizish, nasoslar yordamida haydash, tozalash va havzalarga qo'shish uchun oqovalarni oqizdirish va tozalash tizimlari ishlatiladi.
- OQOVALARNI OQIZISH TARMOG'INING TRASSIROVKASI: Trassirovkalash, oqovalarni oqizish tarmoqlarini o'rnatishda eng asosiy yelement bo'lib, keyinchalik uni yekspluatasiya qilishda asosiy vazifani bajaradi. Kerakli shart-sharoitlarni hisobga olib, tozalash inshooti va uni suv manbasiga tashlash joyi aniqlanadi.
- OQOVA SUVLAR SARFLARINI ANIQLASh: Xar bir oqovalarni oqizish inshootlarining ulchami suvni mikdor va meyoriga karab hisoblanadi. Suvning meyori, l/cutkada bir kishidan oqovalarni oqizishga qabul qilinadigan sarflariga aytiladi. Bu asosan uy joylarning sanitariya jixozlariga, issik va sovuk suv bilan taminlanganligiga xamda boshka sabablariga asoslanib kabul kilinadi.
- OQOVALARNI OQIZISH TIZIMINI TANLASh ShARTLARI: Har bir uchastka uchun oqova suvlarining hajmini va sifati bo'yicha tanlanadi.
- OQOVALARNI OQIZISH TIZIMI VA ShAKLINI TANLASh: Oqovalarni oqizish tizimlari. Aholi yashash joylari va sanoat korxonalari hududlarida hosil bo'ladigan chiqindilarni gidrotransport uslubida quvur va kanallar orqali oqizdirish texnik-iqtisodiy va sanitariya nuqtai nazarida qulay hisoblanadi.
- MINIMAL DIAMETRLAR, NIShABLIKLAR, TEZLIKLAR VA QUVURLARNI TO'LISh DARAJASI: O'zioqar hovli va kvartal tarmoqlari quvurlarining minimal diametri 150 mm, ko'cha tarmoqlariniki yesa 200 mm dan kichik bo'lmasligi kerak. atmosfera va umumoqizuv tizimlarida bu diametrlar 200 va 250 mm ga teng. kichik aholi punktlarida, Oqovalar sarfi 300 m³/kk gacha bo'lgan paytlarda, tarmoqlarning diametri 150 mm qabul qilish ruxsat etiladi. oqovalar tarmoqlarda to'lmagan xolda oqizdiriladi.
- UChASTKA TARMOQLARINING HISOBLI SARFLARNI ANIQLASh: Tarmoqning hisobli uchastkasi deb, kanalixasiya tarmog'idagi ikki nuqta (quduq) orasiga aytiladi, undagi hisobil sarflarni shartli o'zgarmas deb qabul qilish mumkin.
- OQOVALARNI OQIZISH TARMOQLARINI GIDRAVLIK HISOBLASh: Tarmoqni gidravlik hisoblash masalasi quyidagilardan iborat, suvlarning ma'lum sarflarida quvur diametrini tanlash va tarmoqlarga shunday nishablik berish kerakki, undan suvni tezligi o'zini-o'zi tozalashni saqlashi kerak
- EKOLOGIK QISM: 1.Loyiha qilinayotgan obekt quriladigan joyining (hududning) fiziko-geografik va iqlim sharoitlari; Loyiha qilinayotgan obekt yaxlit bog'cha binosi qurilishining bir bloki sifatida karaladi. Qurilish maydoni quyidagi bilan chegaralangan: g'arbdan, paxtazorlar, shimoliy-sharqdan tog'lar.
- MEHNAT MUXOFAZASI: Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Hodimlarni ishlab chiqarish sanitar va maishiy ta'minoti. Suv ta'minoti va oqovalarni oqizish korxonalarida ishchilarning sogligi va mehnat muhofazasini ta'minlash korxonalarini loyihalash jarayonida ko'zda tutiladi. Xonalarning minimal balandligi yesa yo'laklar, koridorlar, yeshiklar zinapoyalar kesimi, o'lchami yesa joyidagi havoda zaxarli moddalar konsentrasiyasi, havo almashtirish me'yori harorati yoritilganlik shovqin balandligi vibirasiya hodisalarning sanitary texnik va maishiy ta'minoti quyidagi amaldagi normativ hujjatlarda keltirilgan: GOST 12.2.003 – 74.