Wiki технологияларини қўллаган ҳолда анимацион технологиялар бўйича амалий машғулотларни ташкиллаштириш ва ўтказиш методикаси (Касб таълими (Компьютер графикаси ва дизайн) таълим йўналишлари мисолида)
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi
Asosiy mavzular
- KIRISH: Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilish, axborot texnologiyalarni joriy etish va ta‘lim samaradorligini oshirish bo yicha keng qamrovli ishlar olib borilib, axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi asosida masofadan o qitish va kompyuterlashtirilgan anjumanlar o tkazish, masofali ta‘lim tizimlarini yaratish va ularni o quv-tarbiya jarayoniga joriy etish yo lga qo yildi. Shu bilan birga, o quv jarayonida Web texnologiyalardan foydalanish ko lamini kengaytirish zaruriyati yuzaga keldi. O zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo yicha Harakatlar strategiyasida "Oliy ta‘lim muassasalarida axborot texnologiyalarini ta‘lim jarayonida qo llashni yangi usul va vositalar yordamida tashkil etish vazifalari belgilangan bo lib, bu borada o quv jarayoniga moslashuvchi Web texnologiyalarni qo llash va metodik asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi1 . Ta‘lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o tkazish, ta‘lim bosqichlari bo yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan bog lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo ladi. O zbekistonda ta‘lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu jarayonlarga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog liq bo lib, Shavkat Mirziyoyevning O zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo shma majlisidagi nutqida ilg or texnologiyalarni hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol jalb etishimiz zarur bo ladi , deyiladi2.
- I BOB. WEB VA WIKI TEXNOLOGIYALARINING NAZARIY ASOSLARI: Internet va internet texnologiyalar zamonaviy jamiyat hayotiga jadal sur‘atlarda kirib keldi va undan mustahkam o rin egalladi. Ulardan ta‘lim tizimida foydalanish borasida ham katta tajribalarga erishildi. Biroq, ta‘lim paradigmalaridagi o zgarishlar Ma‘lumotlar tizimi asosida Intenet texnologiyalarida yuzaga kelayotgan tadrijiy o zgarishlar Internetning didaktik imkoniyatlarini aniqlashda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Web 1,0, 2,0, 3,0 - Butun dunyo to ri (Internet)ning rivojlanishidagi ajratiladigan shartli tarixiy bosqichlar deb hisoblash mumkin. Ular orasidagi o tish vaqtlarini biror sanaga, hattoki yilga bog lash imkoni yo q, chunki ular sekin o tadi va ilgarigi bosqichlardan ko p narsani qoldiradi. Bu bosqichlarni ajratish bir muncha shartli bo lishi mumkin [23]. 90- va 2000 yillar boshlanishiga xos saytlarni yaratish texnologiyalari va xususiyatlari hamda Butun dunyo to ri (WWW) foydalanuvchilarining hatti harakatlarini Web 1,0 (Web 1,0) deb atash qabul qilingan. Bu davrda WWW da statik saytlar ko p edi. Bunday saytlar asosan o qish, axborot olish uchun mo ljallangan edi; ularda giperssilkalarni hisobga olmaganda, interfaol elementlar, multimedia deyarlik yo q edi, foydalanuvchilarga dialog olib borish, fayllar almashish va sh. k. imkoniyatlar berilmagan edi. Saytlarni yaratish uchun rejaishoralar qo yish tili - HTML ning bir qator teglaridan foydalanilar edi, ular talablarga javob bermas, bezatish funksiyalarini bajarar edi. Ko pincha saytning reja-ishoralarini qo yish HTML tilida jadvallar yaratish hisobiga bajarilar edi. Buning hammasi sahifaning kodini notoza va katta, izlovchi robotlar bilan o qish uchun qiyin qilar edi. Web 1,0 davrlarida Internet tarmog iga ulanishning sekin turlari ko p edi, shuning uchun bu faktdan ko plab cheklovlar kelib chiqar edi. Masalan, Butun dunyo to rida video bo lishi kamyob hodisa edi. Foydalanuvchilarning muloqot qilishlari uchun forumlar va chatlar tashkil qilinar edi. Taxminan 2000-yilning o rtalarida saytlarni yaratish metodlari va maqsadlari o zgara boshladi. Mazmunni dinamik ifodalashga yo nalganlik paydo bo ldi, bunda resursni foydalanuvchilarning o zi to ldiradigan, o zaro muloqot qiladigan va saytning o zida fikr almashadigan bo ldi. Bloglar, ijtimoiy tarmoqlar, wiki loyihalar paydo bo ldi. Hozirgi kunda kontentni tashkil qilish va yaratishning bunday shakli WWW ning ko p qismini egallaydi, bunday saytlardan esa, Internet foydalanuvchilarining ko pchiligi foydalanadi. Internet tarmog iga kirishning katta tezligi paydo bo lishi bilan Butun dunyo to rida multimedia axboroti (video, musiqa, grafika) ommalashdi. Internet taraqqiyotining zamonaviy bosqichi Web 2.0 texnologiyalarining rivoji bilan belgilanadi. Jumladan, YouTube, Wikipidiya, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar Web 2.0 ga xos bo lgan ancha mashhur texnologiyalardir [25]. Web 1.0 ning birinchi avlodi 1990 yillarning boshida, WWW ishlab chiqilgan paytda, 2005 yilda butun jahon o rgimchak to rining ikkinchi avlodi - Web 2.0 yoki Cloud Computing paydo bo la boshlagan. 2005 yil 30 sentyabrda O Reilly Media kompaniyasining prezidenti Tim O'Reylli muomalaga Web 2.0 terminini kiritgan holda, Web 2.0 nima?: dasturiy ta‘minotning keyingi avlodi uchun sxemalar, dizaynlar va biznes modellar nomli maqolasi e‘lon qilingan. 2005 yil oktyabrda Kompyuterra jurnalida shu maqola rus tilida nashr qilingan. Tim O'Reylli Web 1.0 va Web 2.0 ning qiyosi va chuqur tahlilini o tkazishga muvaffaq bo ldi. Shuningdek, u quyidagi izohni keltiradi: "Web 2.0 - tizimlarni loyihalash metodikasi bo lib, tarmoqlararo munosabatlarni hisobga olish yo li bilan aniqlanishicha qancha ko p odam undan foydalansa, u shuncha takomillashib, tobora yaxshilanib boradi [20]. Yangi tarmoq avvalgi davrlardagi gigant hisoblash mashinalarnikiga o xshash tuzilishga ega bo lib, barcha dasturlar Web 2.0 portali saytlarining serverlariga joylashtiriladi, ularga kirish uchun esa foydalanuvchilarga faqat web interfeys (brauzer) kerak bo ladi. Web 2.0 avvalgi avlod Internetning ajralmas bir qismi bo lib, u bilan bir butunni tashkil etadi. Qolaversa, Web 2.0 Internet taraqqiyotining mantiqiy poydevoriga aylandi. 1960 yillarda fayllarning arxivlari paydo bo ldi. 1990 yillarning boshlarida axborotli o rgimchak to ri yuzaga keldi. 1990 yillarning oxirlari esa ICQ, elektron pochta, forumlar, e‘lonlar doskasi, yangiliklar guruhi kabi kengaytirilgan muloqot (kommunikatsiya) servislarining paydo bo lishi bilan mashhur bo ldi. 2005 yildan boshlab Web 2.0 tushunchasiga mos ravishda kontent shakllanishida foydalanuvchilarning faol ishtirokiga asoslangan servislar paydo bo ldi. Web 1.0 ning o ziga xosligi shundaki, saytlarning kontenti o z sohiblari tomonidan yaratilgan, foydalanuvchilar esa hech qanday ta‘sir o tkazmagan holda saytlarga kirib, kerakli kontentlarni ko chirib olishgan. Web 1.0 foydalanuvchisi - kontent iste‘molchisi, sayt esa - axborot manbai. O sha paytdayoq, axborot tashuvchilarda yoki saytlardan ma‘lumot ko chirishda dasturiy ta‘minot ustunlikka ega bo ldi. Web 2.0 ning yaratilishi oqibatida foydalanuvchilarning o zlari kontent yaratishadi yoki o zgartirishadi. Ko plab dasturlarga kirish, egalik qilish imkoniyati foydalanuvchilar tomonidan shaxsiy kompyuterga o rnatish yoki ko chirib olish zaruratisiz, bevosita Web 2.0 saytning o zida mavjud bo la boshladi. Web 2.0 sayti shunday bir maydon, fazoki, unda foydalanuvchilar o z faolligini namoyon qilishadi. Uni kontentlar kolleksiyasi deb atab bo lmaydi, chunki kontent hamisha o zgarib, yangilanib turadi. Web 2.0 saytlarining asosiy jihati, qiyofasi funksionallikdan iborat bo lgan dizaynga ega. Negaki, qoidaga muvofiq, sayt dizayni o z ijodkorlari, ishlab chiqaruvchilarining falsafasini ifodalaydi, aks ettiradi. Web 2.0 saytlari axborotni va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining dostona interfeysli axborot texnologiyasidir.
- II BOB. ANIMATSION TEXNOLOGIYALARNI O„QITISH JARAYONIDA WIKI TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI: Wiki texnologiyalari tushunchasiga to xtalishdan avval internet tizimida muloqotni tashkil qilishda qo llaniladigan tushunchalar bilan tanishib chiqamiz. Web-forum - Internet tarmog ida o zaro muloqotni tashkil etish uchun mo ljallangan web sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu web saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o rnatadigan maydonchasi. Foydalanuvchi forum web saytiga tashrif buyurib, o zini qiziqtirgan mavzuni o rtaga tashlashi va web-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin Internet forumlari alohida yo nalishlarga ixtisoslashgan ё ki umumiy bo lishi mumkin. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtie riy mavzuni o rtaga tashlash mumkin.
- III-BOB. WIKI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL QILINGAN AMALIY MASHG„ULOTLARNI O„QUV JARAYONIGA TADBIQ ETISH: Nazariy izlanishlar tugallangandan so ng ishlab chiqilgan yangi o qitish metodlaridan foydalanishni tasdiqlash uchun pedagogik tajriba-sinov ishi tashkil etildi. Tajriba bo yicha olib borilgan izlanish jarayonida ―Animatsion texnologiyalar fanidan amaliy mashg ulotlarni o`qitishda Wiki texnologiyalarni o quv jarayoniga qo llash bo yicha ishlar o rganildi va mavzuga doir ma‘lumotlar, faktlar, vositalar hamda Wiki texnologiyalarni o quv jarayoniga qo llash bo yicha ishchi faraz aniqlab olindi. Tajriba-sinovning dastlabki bosqichlarida Wiki texnologiyalarni o quv jarayoniga qo llashning metodik jihatlari o rganildi. Talabalarni o quv mashg ulotlarga tayyorlanishi, mustaqil ishlashi va qobiliyatlarini amaliy ishda ko rsata olishlari uchun qulay sharoit yaratildi. Talabalarni dars jarayoniga ijodiy yondashishlari uchun ma‘ruza, amaliy, laboratoriya darslarini o qish shakli va mazmuni ishlab chiqildi. ―Animatsion texnologiyalar fanidan ma‘ruza, amaliy va laboratoriya mashg ulotlari ishlanmalarini gnomio.com tizimiga kiritildi. Gnomio.com tizimiga joylashtirilishi kerak bo lgan tegishli o quv-materiallari to planib, o quv jarayoniga qo llashning shakli va shart-sharoitlari aniqlandi. Asosiy tajriba Wiki texnologiyalarining vositalari asosida animatsion texnologiyalar fanidan amaliy mashg ulotlar o`qitish jarayonida Wiki texnologiyalardan foydalangan holda olib borildi. Bundan maqsad izlanish bo yicha eksperiment natijalarini o rganish va ularni amaliy jihatdan tasdiqlash edi. Wiki texnologiyalarini qo llagan holda animatsion texnologiyalar bo yicha amaliy mashg ulotlarni tashkillashtirish va o tkazish metodikasi ma‘ruza, amaliy, laboratoriya mashg ulotlarida foydalanish metodikasin yaratish va bu
- XULOSA VA TAVSIYALAR: Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxasis kadrlar tayyorlashda o quv jarayonini tashkillashtirishda Wiki texnologiyalar foydalanish metodikasini yaratish, sinash va baholashning ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yo lga qo yilmasa, turli tuman metodlarni qo llashimiz, qiziqarli dars o tish uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat‘i nazar, kutilgan natijaga erishib bo lmaydi. Ta‘lim jarayonida Wiki texnologiyalar ўqув жара нини tashkil etishda hamda masofaviy kursning bir elementi sifatida, ijodiy ishlarni jamoaviy yaratish bo yicha samarali vosita sifatida qo llaniladi. Ushbu tadqiqot ishida ―Анимatsiон технологиялар fanidan elektron o quv курси gnomio.com tizimiga kiritildi, Wiki sahifalar yaratildi va quyidagi natijalar olindi: - Wiki texnologiyalarini qo llagan holda ―Animatsion texnologiyalar фани bo yicha amaliy mashg ulotlarni tashkillashtirish va o tkazish metodikasiga oid adabiyotlarni o rganildi va tahlil qilindi; -―Animatsion texnologiyalar o quv fani dasturining ta‘lim texnologiyasini yaratildi; - Gnomio.com tizimida anime nomli sayt yaratildi va unga ―Animatsion texnologiyalar fani bo yicha ma‘lumotlar kiritildi; - Wiki texnologiyalarini qo llagan holda ―Animatsion texnologiyalar фани bo yicha amaliy mashg ulotlarni tashkillashtirish metodikasini ishlab chiqildi; - Wiki texnologiyalarni qo llash bo yicha maxsus yo riqnoma tayyorlandi va o quv jarayonida tatbiq etish metodikaning samarali ekanligini tajriba-sinovda tekshirildi. Gnomio.com tizimiga kiritilgan ―Animatsion texnologiyalar fani bo yicha o quv kursi talabalarning o zlashtirish darajasini yanada oshiradi, ular istalgan ma‘lumotni yuklab olish imkoniyatiga ega bo ladilar. Bundan tashqari Wiki