Loyiha boshqaruvi

Ushbu oʻquv qoʻllanmasi arxitektura va qurilish taʼlim yoʻnalishlari bakalavrlari, boshqa mutaxassisliklar va oʻquv mashgʻulotlari talabalari uchun moʻljallangan. Unda loyihalarni boshqarish metodologiyasining asosiy qoidalari, konsepsiya, hayot aylanishi, asosiy ishtirokchilarning roli, loyihalarni boshqarishning asosiy funksiyalari va jarayonlari, moliyalashtirish va xavfni baholash masalalari koʻrib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Loyihalarni boshqarishning mohiyati: Loyihani boshqarishning mohiyati, tarixi, investitsiyalar bilan bogʻliqligi va boshqarish texnologiyasi.
  • Oʻzbekistonda loyihalarni boshqarish tendensiyalari: Oʻzbekistonda loyihalarni boshqarish Milliy agentligi, investitsiya siyosatini takomillashtirish va boshqaruv standartlari.
  • Loyihalarni boshqarish metodologiyasi: Loyihalarni boshqarishning rivojlanish istiqbollari, zamonaviy yondashuvlar va metodologiyalar.
  • Strategik loyihalarni boshqarish: Asosiy tushunchalar, konseptual asoslar, tuzilish, funksiyalar, rejalashtirish va biznes-strukturaviy loyihalar.
  • Tashkilotning loyiha boshqaruv tizimi: Tizimlarni boshqarish, uni joriy etish bosqichlari, vaqt parametrlari va boshqaruv tizimi.
  • Loyiha kommunikatsiyalari (aloqalari): Aloqa jarayonining asosiy tushunchalari, tizimlari, manbalari va aloqa toʻsiqlari.
  • Loyiha sifatini boshqarish: Sifatni boshqarishning zamonaviy yondashuvi, bosqichlari va xarajatlarini tasniflash.
  • Loyiha xarajatlarini boshqarish: Resurslar va xarajatlar, ularni boshqarish jarayoni va investitsiya xatarlarini baholash.
  • Loyihaning inson resurslarini boshqarish: Xodimlarni boshqarishning asosiy prinsiplari, kadrlar jihatlari va psixologik jihatlar.
  • Loyiha mojarolarini (nizolarini) boshqarish: Mojaroning asosiy tushunchalari, nizolar turlari, funksiyalari va usullari.
  • Innovatsion loyihalarni boshqarish: Innovatsion ishlanmalarning xususiyatlari.