Ekstremal sharoitlarda qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi

Kitob "Ekstremal sharoitlarda qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi" ekstremal sharoitlarda bino va inshootlarni qurish jarayonlarini o‘rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda qurilish materiallari, konstruksiyalar, mashinalar va mehnat unumdorligiga ta'siri, energiya manbalaridan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, qurilish maydonchalarini tayyorlash kabi masalalar chuqur o'rganilgan. Kitobda tabiiy-iqlimiy omillarning noqulay ta'sirlari sharoitida bino va inshootlarning umrboqiyligini ta'minlash bo'yicha texnologiyalar keng bayon etilgan. Kitob magistrantlar, muhandislar va talabalar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • EKSTREMAL SHAROITLARDA QURILISH ISHLAB CHIQARISHI TEXNOLOGIYASI: Qo'llanmada ekstremal sharoitlar va ularning qurilish ashyolari, konstruksiyalarni ishlashi, mashinalar, mehnat unumdorligiga ta'siri, hosil qilinadigan energiya manbalaridan foydalanish imkoniyati, atrof- muhitni muhofaza qilish, qurilish uchun maydonchalarni tayyorlash ko'rib chiqilgan. Qurilish ishlarining asosiy turlarini bajarish texnologiyalarining xususiyatlari va quruq issiq iqlimli hududlarda tabiiy-iqlimiy omillarning noqulay ta'sirlari sharoitlarida bino va inshootlarning umrboqiyligini ta'minlash qo'llanmada keng bayon etilgan.
  • YER INSHOOTLARINI BARPO ETISH: Issiq iqlim hududlarida yer asosan tuproqli va qumli gruntlardan iborat. Tuproqli gruntlarga yuqori g‘ovaklikka (50 % gacha) ega bo‘lgan lyoss gruntlari bo‘lib, ayniqsa, ularni namlanishda sezilarli cho‘kuvchanlik yuz beradi. Tuproqli gruntlarning ikkinchi ko‘rinishi taqir-yassi tekisliklar bo‘lib, ular Markaziy Osiyoning cho‘l va yarim sahro hududlrida egri pasaygan relefda joylashgan. O‘zbekistonning qurg‘oq g‘ududlarida qumli qatlamlar katta maydonni egallaydi, qisman esa gipsli, tuproqli va sho‘rxok yerlardir. Tog‘lik hududlarda yirik singan va qoyatoshli gruntlar keng o‘rin egallagan. Ko‘pincha qurg‘oq hududlarda tuzli gruntlarga duch kelinadi.
  • ZAMIN VA POYDEVORLARNI MUSTAHKAMLASH: Zamin va poydevorlar – bino va inshootlarning kerakli elementlari bo‘lib, murakkab texnikaviy tizim hisoblanadi. Zamin va poydevorlarning buzilishi yoki ancha sezilarli deformatsiyalanishi butun binoning ishdan chiqishiga olib keladi. Ishdan chiqish deganda zamin va poydevorlarning ishlash qobiliyatini buzilishi tushunilib, ular ko‘p sonli tasodifiy omillarning o‘zaro ta’siri natijasidir. Bu holat ma’lum vaqt davomida rivojlangan bo‘ladi, bunday omillarni aniq va to‘liq hisobga olish, ularni ko‘p xilli bog‘liklari sababli favqulodda murakkabdir.
  • G‘ISHTLI KONSTRUKSIYALARNI BARPO ETISH: Seysmik hududlardagi ishlab chiqarishga bo‘lgan qo‘shimcha talablar. G‘isht va sopolli yoriq toshlar terilishida quyidagi talablarni bajarilgan holda amalga oshiriladi: toshli konstruksiyalar terilishi har bir qatordagi konstruksiyalarining butun qalinligi bo‘yicha amalga oshiriladi; devorning terilishi bir qatorli bog‘lagich qo‘llagan holda bajarilishi kerak; terilishdagi gorizontal, tik, ko‘ndalang va bo‘ylama choklari qorishma bilan to‘liq to‘latilib, termaning tashqi tomonidan qorishma kesilishi kerak; tiklanayotgandagi terilish vaqtincha uzilishini faqat og‘ma ariqcha tugatishi va devorning sinchlangan konstruktiv joylaridan tashqari qismida joylashtiriladi. Chirtki qismiga ko‘p miqdorda tuz chiqib turgan g‘isht va sopolli toshlar qo‘llanmaydi. G‘isht tosh blok yuzalari terilishidan avval chang va iflosdan tozalanadi.
  • YAXLIT BETON VA TEMIR-BETON KONSTRUKSIYALARINI BARPO ETISH: Bu muammoli masalalarni quyidagi yo‘nalishlarda hal etish mumkin: Issiq iqlim sharoitini yaxlit beton va temir-beton konstruksiyalarini barpo etilishiga o‘rganish; Qoliplarni turlarini tanlashni o‘ziga xosligi va ularni samarador parametrlari bo‘yicha hisoblash; Temir-beton konstruksiyalarini armaturalashni o‘ziga xosligi; Beton qorishmalariga va ularning tarkibiy qismlariga talabalar; Beton qorishmalarini tashish va quyish; Beton qotishini tezlashtirish usullari; Betonni parvarish qilishdagi masalalar.
  • QURILISH KONSTRUKSIYALARI ELEMENTLARINI MONTAJ QILISH: Issiq iqlim hududlarida metall konstruksiyalar va montaj asbob-uskunalari yuqori haroratlargacha qiziydi. Dubay (Birlashgan Arab Amirligi) ko‘rfazida o‘tish yo‘li ko‘prigining qutisimon kesimli po‘lat to‘sinlarini montajida to‘sinlar ichida va ularni yuzalarini eng yuqori harorati 800S ga yaqinlashadi. Montaj qilinadigan elementlarni biriktirish ishlarini bajaruvchi ishchilar to‘sin ichida bo‘lgan davrlarida havoni sovitish tizimlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri kelgan.
  • Yengil konstruksiyalarni qo‘llashning o‘ziga xosligi va montaj qilish: Qurilish ob’ektlarining (ayniqsa, qishloq xo‘jaligi binolari) tarqoq joylanishi va issiq iqlim hududlari uchun xos bo‘lgan rivojlangan yo‘l tarmoqlarining mavjud emasligi sharoitlarida yig‘ma konstruksiyalarni tashishga xarajatlarni keskin oshishiga sabab bo‘lib, alohida holatlarda qurilish-montaj ishlarining narhini 40% igacha yetadi. Shuning uchun yengil, hammadan avval damlanadigan (pnevmatik) va chodirsimon (tentli), konstruksiyalarni qo‘llash ko‘rilayotgan ekstremal sharoitlarda eng samarali hisoblanadi. Bunday konstruksiyalar bir vaqtda yuqori zilzilabardoshlikka ega.
  • TOMQOPLAMALARNI EKSTREMAL SHAROITLARDA BARPO ETISH: Tomqoplamalar quyidagi ancha noqulay sharoitlarda joylashgan: kunlik va mavsumiy haroratlarning o‘zgarishi, yog‘ingarchilik va quyosh radiatsiyasining ta’siri, ishlab chiqarish omillari va shamol, qoplama yuzasiga oksidlanish jarayonlari va boshqalar. Bizning hududlarda ob’ekt sharoitida barpo etiladigan o‘rama ashyoli tomqoplamalar keng tarqalgan. Issiq iqlim sharoitlarida bunday tomqoplamalarning hamma variantlarida ham mustahkamligi va umrboqiyligi yuqori emas. Amaldagi ta’mirlash orasidagi muddatlar me’yordagi 12…25 yil o‘rniga 3…4 yilni tashkil etadi.
  • Kombinatsiyalashgan va inversion tomlarni barpo etish: Qurilishda o‘rama ashyoli tomqoplamalarni barpo etish eng sermehnat va unumdorligi va mexanizatsiyalashganlik darajasi ancha past jarayonlardan hisoblanadi. Lekin bir paytda binoni barpo etish uchun tom yopish ishlariga umumiy xarajatning 12-15% sarf qilinadi.
  • YO‘L VA YO‘LAKLAR, QUVUR O‘TKAZGICHLARNI QURISH: Tabiiy-iqlimiy sharoitlar yo‘l va yo‘laklarni barpo etishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun QMQ 2.01.01-94 O‘zbekiston hududini bir nechta yo‘l iqlimiy qismlarga ajratadi. Issiq iqlimli hududlar IV va V larga tegishlidir. Avtomobillarning harakatini o‘rtacha kunlik jadalligini hisobga olgan holda yo‘llarning konstruktiv elementlari va qoplama turlarini (oddiy, o‘tiladigan, takomillashgan yengil yoki takomillashgan kapital) belgilanadi. Qumli cho‘llarda shaxobcha yo‘llar va asosiy yo‘llarni yotqizish va ulardan foydalanishda qumlarning ko‘chuvchanligini hisobga olinadi. Cho‘llardagi qumlar ko‘chuvchanlik darajasi bo‘yicha ko‘chma, kam ko‘chuvchan va ko‘chmaydigan bo‘ladi (5.1-jadval).
  • Asfaltbetonli yo‘l qoplamalarini qurish xususiyatlari: Avtomobil yo‘llarida (1...1U toifali) takomillashtirilgan kapital va yengillashtirilgan qoplamalarni barpo etish uchun asfaltbetonlar keng qo‘llaniladi. Tosh ashyosining turiga bog‘liq holda asfaltbetonlar quyidagilarga bo‘linadi: chaqir tosh, qum, mineral kukuni va bitumdan tashkil topgan chaqirtoshli; shag‘al, qum yoki qumli-shag‘alli ashyo, mineral kukuni va bitumdan tashkil topgan shag‘alli; qum, mineral kukuni va bitumdan tashkil topgan qumli.