Odam anatomiyasi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi hamda O'rta Maxsus, Kasb-hunar Ta'lim Markazi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, akademik litsey va kasb-hunar kollej talabalarining o'ziga xos xususiyatlari, mavzular uchun ajratilgan dars soatlari hisobga olingan holda tayyorlangan. Kitobda odam organizmi, uni tashkil etuvchi to'qimalar va hujayralar haqida umumiy ma'lumotlar berilgan. Organizmning anatomik tuzilishi, unda kechadigan fiziologik jarayonlarni asoslash bilan birga, a'zolarning mikroskopik tuzilishi, shakli va vazifalari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikka alohida e'tibor qaratilgan. Odam organizmining bir butunligi, a'zo va to'qimalarning markaziy nerv tizimi orqali boshqarilishi masalasiga, ayniqsa, bu borada bosh miya (po'stloq)ning faoliyatiga katta e'tibor qaratilgan. Kitobda keltirilgan maxsus anatomik rasmlar va hayotda uchrab turadigan baxtsiz hodisalar ro'y bergan vaqtda ko'rsatiladigan tibbiy yordam usullarini o'rganish talabalar uchun foydali bo'ladi, deb o'ylaymiz.
Asosiy mavzular
- 1-Mavzu: Kirish. Odam anatomiyasi fanining vazifalari, o’rganish usullari rivojlanish tarixi.: Anatomiya-grekcha so`z bo`lib-kesish, bo`lish degan ma'noni bildiradi. Odam anatomiyasi a'zolarning tuzilishini, shaklini uning taraqqiyotiga, vazifasiga bog`lab o`rganadigan tibbiyotning asosiy fani hisoblanadi. Bu fan har bir a'zoni jinsiy tafovutlarini, yoshga qarab o`zgarishini, shuningdek atrof muhitning a'zolar tuzilishiga ta'sirini o`rganadi. Odam anatomiyasi tibbiyotning boshqa asosiy fanlari bo`lib hisoblangan fiziologiya, gistologiya fanlari bilan chambarchas bog`langan holda o`rganiladi. Fiziologiya fani a'zolarning hayotiy faoliyatini o`rganadigan ta'limotdir. Gistologiya fani to`qima va a'zolarning taraqqiyoti, tuzilishi hamda ularning hayot faoliyatlarini o`rganuvchi ta'limotdir.
- 2-Mavzu: Odam skeleti va suyaklarning tuzilishi. Bosh skeleti.: Hayvonlarning o`simliklardan asosiy farqi ularning tashqi muhit bilan harakat vositasida bog`lanishida bo`lib bu holat nerv tizimi ishtirokida boshqariladi. Organizmdagi mushaklar ikki guruhdan tashkil topgan: visseral va somatik mushaklar. Visseral mushaklar guruhi asosan ichki a'zolar devorida uchraydi. Somatik mushaklar organizmdagi bo`shliqlar devorini (ko`krak, qorin, chanoq bo`shliqlari) hamda kalla, bo`yin, qo`l, oyoq mushaklarini hosil qiladi. Harakat qilish tarkibiga mushaklardan tashqari tayanch vazifasini bajaradigan suyaklar (skelet) va suyaklarning o`zaro birikishidan hosil bo`lgan bo`g`imlar ham kiradi. Odamning skeleti, bo`g`imlari va mushaklari vazifasiga ko`ra o`zaro bog`langan bo`lib, ularning umumiy taraqqiyoti embrionning mezoderma qavatidan rivojlanadi.
- 3-Mavzu: Qo’l-oyoq skeleti. Tana skeleti.: Qo‘lga tegishli suyaklar ikki guruh suyaklarni tashkil etadi: 1) yelka kamari suyaklari 2) erkin holda joylashgan qo‘l suyaklari (yelka, bilak va qo‘l panja suyaklari). Tana skeleti umurtqa pog‘onasi hamda ko‘krak qafasi suyaklaridan tashkil topadi. Tana skeleti suyaklari o`rta embrional parda - mezodermadan taraqqiy etadi. Mezoderma uch qismga, ajraladi - dermatom (teri osti qavati taraqqiy etadi), miotom (mushaklar taraqqiy etadi), sklerotom (suyaklar taraqqiy etadi). Umurtqa pog`onasi alohida umurtqalarning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Umurtqa pog`onasi tayanch vazifasini va uning ichida joylashgan orqa miya uchun himoya vazifasini bajaradi.
- 4-Mavzu: Suyaklarning o`zaro birikishi.: Syndesmologia - suyaklarning o`zaro birikishiini o`rganadigan bo`lim. Suyaklar o`zaro biriktiruvchi to`qima, tog`ay yoki suyak moddasi bilan biriksa uzluksiz birlashuvlar deb ataladi. Suyaklar o`zaro bo`g`imlar hosil qilib, harakatli biriksa — uzlukli birlashuvlar deb ataladi. Bu ikki birlashuvlar orasida, ularning birortasiga ham o`xshamagan birlashuv shakli bo`lib, ularga yarim bo`g`imlar deyiladi.
- 5-Mavzu: Umumiy miologiya. Gavda muskullarining joylashishi va ahamiyati.: Mushaklar – mushak tolalaridan hosil bulgan va asosiy vazifasi qisqarish bo`lgan anatomik hosilalar. Mushak to`qimasi katta yoshdagi odamlar og`irligining 28-48% ni, ayollarda 28-32% ni, keksalarda 30% gacha, chaqaloqlarda 20-22% ni, sportchilarda esa 50% dan ko`prog`ini tashkil qiladi. Mushaklar biriktiruvchi to`qima bilan o`ralgan mushak tolalaridan hosil bo`ladi. Fassiyalar mushaklarni ajratib turadi, mushak qisqarishida yon tarafdagi bosimni oshiradi.
- 6-Mavzu: Bosh, bo’yin, mimika va chaynov mushaklari.: Boshdagi mushaklar 3 guruhga bo`linadi: 1. Chaynov mushaklari 2. Mimika mushaklari 3. Ichki a‘zolarga taalluqli mushaklar (yumshoq tanglay, til ko`zni harakatlantiruvchi, o`rta quloq bo`shlig`idagi mushaklar). Chaynov mushaklari pastki jag` suyagini harakatda keltiruvchi mushak hisoblanadi. Mimika mushaklari yuzning mimikasini hosil qiladi.
- 7-Mavzu: Qo`l-oyoq mushaklari: Qo`l mushaklari 5 guruhga bo`linadi: Yelkani old sohasi mushagi, Yelkani orqa sohasi mushagi, Tirsak old va orqa sohasi mushagi, Bilak old va orqa sohasi mushagi, Panja mushagi. Oyoq mushaklari – chanoq, son, boldir va panja mushaklariga bo`linadi.
- 8-Mavzu: Ovqat hazm qilish organlari va ularning shakllanishi. Qizilo‘ngach. Me`da va me`da osti bezi. Jigar, O‘t pufagi va ichaklarning joylanishi, tuzilishi va ahamiyati.: Hazm a`zolari ovqat moddasini mexanik maydalash, kimyoviy moddalar ta`sirida parchalash, qonga yoki limfaga so`rilishini ta`minlash, chiqindi moddalarni tashqi muhitga chiqarish kabi vazifalarni bajaradi. Hazm tizimining ko`pchil qismi devori ikki qavatli nayni eslatadi. Ichki nay a`zolarning shilliq qavatidan hosil bo`lsa, tashqi nay mushak va seroz pardadan hosil bo`ladi. Ko`pgina hazm qilish a`zolarining devori 4 qavatdan tashkil topadi.
- 9-Mavzu: Nafas a`zolari tizimi: Odam hamma tirik organizmlar singari havo tarkibidan nafas a`zolari yordamida kislorod qabul qilib, nafas orqali karbonat angidrid chiqaradi. Odamning nafas a`zolariga: burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya, bronx va o`pka kiradi. Bular o`pka alveolariga kislorod etkazib beruvchi yo`l hisoblanadi. Burun bo`shlig`i nafas yo`lining boshlanish qismi bo`lib, oldinda tashqi burundan noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomonda joylashgan xoana orqali burun-hiqildoq yo`liga o`tadi.
- 10-Mavzu: Siydik ajratish va jinsiy tanosil organlarining tuzilishi va rivojlanishi: Siydik - tanosil a`zolari sistemasiga siydik ajratish a`zolari hamda jinsiy a`zolar kiradi. Bu a`zolar funktsiyalari har xil bo`lishiga qaramay, tuzilishiga ko`ra yaqindir. Siydik ajratish a`zolariga siydik ajratuvchi buyrak va siydik chiqaruvchi, uni vaqtincha to`plovchi yo`llar (siydik yo`llari, qovuq va siydik chiqarish kanali) kiradi. Buyrak loviya shaklida old va orqa tomonlari yassilangan, o`rta yashar odamlarda 140-150 gramga teng bir juft a`zodir.
- 11-Mavzu: Aorta va uning tarmoqlari. Vena tomirlari. Embrionda qon aylanishi. Taloqning tuzilishi, funktsiyasi va ahamiyati.: Qon tomirlar tizimi: yurak, arterial, vena, limfadan iborat. Tomirlar ichida harakat qilayotgan qon, modda va gaz almashinuvini ta`minlaydi. Ichki sekretsiya bezlaridan ajralgan garmonlar xam qon orqali organinzmga tarkaladi. Arteriyalar qoni yurakdan a`zolarga yunaltirsa, venalar uni a`zolaridan yurak tomonga xaraktini ta`minlaydi. Yurak to`rt kamerali a`zo bo`lib, ko`krak qafasining chaproq qismida joylashgan.
- 13-Mavzu: Orqa miyaning tuzilishi, sistemalari. Orqa miyani o‘tkazuvchi yo‘llari: Nerv tizimining vazifasi – bir butun organizmni tashkil qiluvchi a‘zolar tizimi va turli apparatlar faoliyatini boshqarish. Ularda ro‘y beradigan jarayonlarning o‘zaro mutanosib bo‘lishini hamda organizmning tashqi muhit bilan bo‘lgan aloqasini ta‘minlashadan iborat. Nerv tizimining faoliyatini reflekslardan iborat, degan edi Sechenov. Refleks-(lotincha refleks-qayta his etish) bu organizmning nerv tizimi yordamida tashqi yoki ichki ta‘sirotlar qo‘zg‘alishlarga bergan javob reaksiyasidir. Orqa miya nervlari kulrang moddasining oldingi shoxidan harakatlantiruvchi tolalar orqa shoxidan sezuvchi tolalar chiqadi.
- 14-Mavzu: Bosh miya bo‘limlari: uzunchoq miya, Voroliev ko‘prigi, miyacha, o‘rta miyaning tuzilishi: Nerv tizimining vazifasi – bir butun organizmni tashkil qiluvchi a‘zolar tizimi va turli apparatlar faoliyatini boshqarish. Ularda ro‘y beradigan jarayonlarning o‘zaro mutanosib bo‘lishini hamda organizmning tashqi muhit bilan bo‘lgan aloqasini ta‘minlashdan iborat. Bosh miya un o‘rab turuvchi pardalar bilan bosh miyaning ichida joylashadi. Bosh miya uch qismdan 1) katta miya 2) miyacha 3) miya poyasidan iborat.
- 15-Mavzu: Vegetativ nerv sistemasining simpatik va parasimpatik bo‘limlari.: Periferik nervlarga: bosh miyadan chiquvchi 12 juft, va orqa miyadan chiquvchi 31 juft nervlar kiradi. Bosh miya nervlari bajaradigan vazifasiga qarab tarkibida orqa miya nervlariga o‘xshab sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ tolalar bo‘ladi. Vegetativ o‘zaklarning joylashish o‘rniga qarab simpatik va parasimpatik qismga bo‘linadi.
- 16-Mavzu: Analizatorlar tuzilishi. Ko‘rish eshitish, hid bilish, tam bilish va teri analizatorlari.: Odam tashqi ta'surotlarini sezgi a'zolari orqali qabul qiladi. Sezgi a'zolari I.P. Pavlov iborasiga ko‘ra analizatorlar deb ataladi. Analizatorlarning periferik uchlari turli shakldagi nerv oxirlariga bo‘lib, ular orqali tashqi muhit ta'surotlari qabul qilinib, analizatorlarning markaziy qismiga uzatiladi. Ko‘z soqqasi ko‘z kosasida joylashgan bo‘lib, 3 qavat parda va ular ichida joylashgan ko‘zning nur sindiruvchi apparatidan iborat.