J.A.Guddonning “Adabiyotshunoslik terminlari va adabiyotshunoslik nazariyasi
Ushbu malakaviy bitiruv ishi J.A. Kuddonning “Adabiyotshunoslik terminlari va adabiyotshunoslik nazariyasi” nomli lug'atiga bag'ishlangan bo'lib, unda adabiyotshunoslik terminlari 10 ta mavzu guruhiga ajratilib, ularning lug'atdagi nisbiy foizi aniqlangan. Kitobda adabiy texnik atamalar, tushuncha, g'oyalar va miflar, obyektlar va buyumlar, adabiy usullar va uslublar, shaxsga ta'rif beradigan atamalar, adabiy motivlar va mavzular, "-izmlar", mashhur iboralar, adabiy janrlar va turlar, she'riy shakllar kabi mavzular yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Adabiy texnik atamalar: Ushbu lug'atda faqat adabiyot terminlari bo'libgina qolmay, unga aloqador bo'lgan boshqa soha terminlari ham mujassamlashgan. Bu guruhga metafora, metonimiya, litota, giperbola kabi san'atlarga doir so'zlar kiritilgan.
- Tushuncha, g'oyalar va miflar: Qadim zamonlardan odamlar dunyoning paydo bo'lishi, yaxshilik va yomonlik xudolari, parilar va devlar haqida miflar yaratib, o'z tasavvur va g'oyalarini ularda aks ettirganlar. Bu mavzu doirasida ko'pgina terminlar mavjud.
- Obyektlar va buyumlar: Badiiy asarda voqaelar rivoji, qahramonlar, voqea vaqti va joyi qanchalik muhim o'rin egallasa, bu asarda ishtirok etgan har qanday obyekt yoki buyum ham xuddi shunday katta ahamiyatga ega. Bu guruhda buyumni ifodalaydigan terminlar jamlangan.
- Adabiy usullar va uslublar: Adabiy uslub bu – yozuvchi tomonidan o'z san'at asariga beriladigan yagona, boshqa asarlarga o'xshamas o'z yo'nalishi. Uslub orqali yozuvchi o'z asariga kayfiyat, qahramonlarni va voqealar rivojini tasvirlash haroratini beradi.
- Shaxsga ta'rif beradigan atamalar: Qadimdan adabiyot tarixida shunday obrazlar, ya'ni shaxslar borki, ularning o'z vazifasi bor va ular hammaga ma'lum. Bu guruhga kiritiladigan terminlar ushbu shaxslarga beriladigan tariflar uchun ishlatiladi.
- Adabiy motivlar va mavzular: Epik asarlarning syujet asosini tashkil etuvchi motivlarni bilmasdan ularning mohiyatini anglash mushkul. Bu guruhda jahon adabiyoti tarixida mavjud bo'lgan barcha motiv va mavzular batafsil yoritilgan.
- "-izmlar": Bu turkumdagi terminlarga umumiy bo'lgan asosiy xususiyat shundaki, bu yerda barca atamalar "-izm" qo'shimchasi bilan yakunlanadi. Asosan, adabiyotshunoslik tarixida bo'lib faoliyat yuritgan adabiy oqimlar, maktablar, guruhlar shu jumladan hisoblanadi.
- Mashhur iboralar: Adabiyot tarixida shunday iboralar borki, ular hech qachon unutilmaydi, aksincha har safar ta'kidlanganda uning mag'zi yanada chuqurroq anglanilib, qo'llangan so'zlar juftligiga qayta-qayta qoyil qolinadi. Bu guruhga mashhur adabiy iboralar kiritilgan.
- Adabiy janrlar va turlar: Adabiy janr ( fransuzcha “Genre"- tur, jins) adabiyot rivoji jarayonida yuzaga kelgan asarlarning tasvirlash yo'llari, kompozitsion qurilishi, bayon usullari, badiiy vositalar, hayotiy hodisalarni qamrash ko'lami va miqyosiga ko'ra ko'rinishidir. Bu guruh eng ko'p terminlarni o'z ichiga oladi.
- She'riy shakllar: She'r nasriy asardan ko'ra kuchliroq estetik ta'sir etib, o'ziga xos zavq bera olishi bilan ajralib turadi. Bu guruhga she'riy shakllarga oid terminlar kiritilgan.