Ko’kaldosh tarixiy obidasini moybo’yoqda bajarish texnologiyasi
Ushbu tadqiqot ishi O'zbekistonning noyob me'moriy yodgorliklaridan biri bo'lgan Ko'kaldosh madrasasining tarixi, me'moriy xususiyatlari, uning moybo'yoqda bajarish texnologiyasi hamda o'zbek tasviriy san'atining rivojlanishidagi o'rni, kompozitsiya nazariyasi va uslublarining izlanishlari bilan tanishishga bag'ishlangan.
Asosiy mavzular
- Ko'kaldosh madrasasining tarixi: Ko'kaldosh madrasasi Buxorodagi me'moriy yodgorlik bo'lib, Buxoro xonining vaziri Qulbobo Ko'kaldosh tomonidan 1568-1569-yillarda qurdirilgan. U ikki qavatli imorat bo'lib, Labi hovuz ansamblining shimolida joylashgan. Ikki qanotli bosh tarzi ansambl maydoniga qaratilgan. Peshtoqini bezatib turgan koshinlar saqlanib qolmagan. Madrasa peshtoqidagi darvoza girix va islomiy naqshlar bilan bezatilgan. Miyonsaroyning ichki gumbazlari va bag'allari, shipi o'ziga xos turli shakldagi murakkab to'rsimon yulduzsimon, qolibqori va iroqi uslubida pishiq g'ishtdan ganch qorishmasida terilgan. Madrasa hovlisi uzun (42x37 m), o'rtaga yangi imorat 1929 yil qurilgan. Hovli tomondagi 2 qanatli ravoqlar qatorini yuzma-yuz qilib solingan peshtoqli baland ayvonlar ajratib turadi. Hovli atrofi 2 qanatli 160 hujra bilan o'ralgan.
- O'zbekistonda tasviriy san'at va kompozitsiya maktablarining rivojlanish tarixi: O'zbekistonda san'at va madaniyatning rivojlanishi o'zining qadimiy tarixiga ega. U bir necha asr davomida va turli bosqichda san'at, madaniy merosimizni boyitdi. XIV asrda kelib Samarkandda Amir Temurning "Bogi Shamol", “Bogi Dilkusho" saroylari devorlariga, xarbiy yurish, jang va ov marosimlarida Temurni o'z kanizaklari, Amir, shaxzodalari bilan o'z davrining miniatyurachi rassomi Axmad-Bogi-Shamol tomonidan tasvirlangan. O'rta Osiyo miniatyura san'atini qo'llab rivojlanishi XV asrda boshlanadi. XV asrni ikkinchi yarmida Xirot Xusayn Boyqaro saltanatida ulug o'zbek shoiri Alisher Navoiy raxnamoligida taraqqiy etgan madaniyat o'chog'ida aylanadi. Xirot adabiyot va san'at namoendalari ichida K. Bexzod erqin yulduz bo'lib erqiradi. Ulug miniatyurachi musavvir o'z zamondoshlari: Sulton Xusayn Boyqaro, Shayboniyxon, shoirlar Jomiy, Xatefi, Kabilarn ajoyib portretlarini chizib bizlarga meros qilib qoldirgan.
- Asarni moy bo'yoqda bajarish texnologiyasi: Asarni rangda tasvirlash jarayoni o'z qonun qoidalariga ega. Ishning boshlanish qismida nimalar qilish, o'rtasida qaysi masalalarni xal etish va oxirlab qolganda uni qanday yakunlash kerakligini bilish zarurdir. Umumiy tus va rang xolatlari va natura bo'yoqlarning bir-birga yaqinligidagi tus va rang munosabatlarini topa bilish; Katta rang-tusli munosabatlar chegarasidagi ranh-tuslarning «cho'zilishi», aloxida byumlarning xajmi shakilarining batafsil rangli qayta ishlanishi; Butun tasvirning umumiyligi, yaxlitligi xamda kompozitsiya markazini ko'rsata bilish. Bu masalalarning xar biri nima bilan yakunlanishi ketma-ketlikda ko'rib chiqamiz.
- Kompozitsiyaning asosiy qonun – qoidalari: Har qanday ijodkor o'tmishdagi rangtasvir san'ati ishlari merosini va tajribalarini o'rganish bilan birga, tomoshabinga chuqur ta'sir etuvchi tasvir, kompozitsiya konun uslubiyotini xam o'rganadi. Amaliyotda kompozitsiyaning zarur unsurlari mavjud. Yaxlitlik qonuni, o'zlashtirish, kontrast qonun vositalari mazmuni va goyaga bo'ysinish kompozitsiyaning asosiy qonunlari xisoblanadi.
- O'zbekiston mashhur rassomlari: Alisher Mirzaev-O'zbekiston Xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy Akademiyasi Akademigi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan Toshkent Fotosuratlar uyi bilan hamkorlikda O'zbekiston Xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy Akademiyasi Akademigi, “El-yurt hurmati