Aksonometrik proyektsiyalar nazariyasiga kreativ yondashish asosida talabalar bilim va ko‘nikmalarini oshirish
Bu bitiruv malakaviy ishida «Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi» ta'lim yo'nalishi bo'yicha talabalar uchun aksonometrik proyeksiyalash va kompyuter grafikasi dasturlari asosida 3D modellashtirishdan foydalangan holda yaqqol tasvirlarni yaratish usullari o'rganilgan. Ishda "Aksonometrik proyeksiyalar nazariyasiga kreativ yondashish asosida talabalar bilim va ko'nikmalarini oshirish. (AKT asosida)" mavzusida nazariy va amaliy jihatdan batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mavzuning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti va ilmiy farazi, amaliy ahamiyati, himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar va ilmiy yangiligi bayon etilgan.
- I.Bob. AKSONOMETRIK PROYEKSIYALASH: 1.1. Aksonometrik proyeksiya tarixi. Mavzuga oid nazariy ma'lumotlar berilgan. 1.2. Aksonometrik proyeksiya turlari haqida umumiy ma'lumot. Turli xil aksonometrik proyeksiyalar (izometriya, dimetriya, trimetriya) va ularni yasash usullari tushuntirilgan. 1.3. Kreativ yondashuv asosida detalning aksonometrik proyeksiyasini bajarish. Detallarni chizish va modellashtirish usullari ko'rsatilgan.
- II.Bob. AKSONOMETRIK PROYEKSIYALASHNI KOMPYUTER GRAFIK DASTURLARIDA BAJARISHNING AMALIY TADBIQI: 2.1. Grafik axborotlarni kompyuterda bajarish haqida umumiy ma'lumotlar. Zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuter grafikasi, muhandislik grafikasi va AutoCAD dasturi haqida ma'lumotlar berilgan. 2.2. Auto CADda detalning aksonometrik proyeksiyasini kreativ yondashuv asosida bajarish bosqichlari. AutoCAD dasturida detalni modellashtirish usullari bosqichma-bosqich tushuntirilgan. 2.3. Auto CAD grafik dasturida detallarni 3d modellashtirish. AutoCAD dasturida detallarni 3D formatda modellashtirishning amaliy jihatlari yoritilgan.
- XULOSA: Mavzu bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari va xulosalar bayon etilgan. Chizmachilik fani va uni o'qitish metodikasidagi o'zgarishlar hamda o'qituvchi uchun zarur qo'shimcha ma'lumotlar keltirilgan.
- ADABIYOTLAR RO'YXATI: Ishda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.