Elektr yuritma asoslari

Kitob "Elektr yuritma asoslari" deb nomlanib, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida mo'ljallangan. Unda elektr yuritmalarning asosiy elementlari, turlari, ish rejimlari va dinamik xususiyatlari, shuningdek, energiya tejash masalalari ko'rib chiqiladi. Kitobda nazariy ma'lumotlar amaliy misollar bilan mustahkamlangan.

Asosiy mavzular

  • Elektr yuritmaning mexanik qismi: Elektr yuritmaning mexanik qismining dinamik modeli, funksional sxemasi va asosiy elementlari, qarshilik kuchlari va momentlari, inersiya massalari, qayishqoq momentlar va dissipativ kuchlar momentini bitta o'qqa keltirish, elektr yuritmaning statik ustuvorligi, yuritmaning mexanik qismidagi isroflar.
  • O'zgarmas tok dvigatellarini rostlash xususiyatlari va mexanik tavsiflari: O'zgarmas tok dvigatellarining asosiy tushunchalari, nisbiy birliklar, mexanik tavsiflari, magnit oqimi o'zgarmas bo'lganda mustaqil qo'zg'atish chulg'amli dvigatelning mexanik tavsiflari, mustaqil qo'zg'atish chulg'amli dvigatel yakori zanjiriga ulanadigan qarshiliklarni hisoblash, ketma-ket qo'zg'atish chulg'amli dvigatelning mexanik tavsiflari, aralash qo'zg'atish chulg'amli dvigatellarning mexanik tavsiflari.
  • O'zgarmas tok elektr yuritmalarining rostlash xususiyatlari va mexanik tavsiflari: Elektr yuritmalarning aylanish tezligini rostlashning asosiy ko'rsatkichlari, generator-dvigatel tizimining mexanik tavsiflari, boshqariluvchi to'g'rilagich-dvigatel tizimlari.
  • O'zgaruvchan tok dvigatellari va yuritmalarining mexanik tavsiflari: Asinxron dvigatelning matematik modeli, asinxron dvigatel mexanik tavsifining tenglamasi, asinxron dvigatellarning mexanik tavsiflari, asinxron dvigatellarning tormozlash rejimlari, asinxron dvigatellarning tezligini rostlash, sinxron mashinalarning mexanik va burchak tavsiflari.
  • Elektromexanik tizimlar dinamikasi: Elektrmexanik tizimlarda o'tkinchi jarayonlar, elektr yuritmalarning mexanik o'tkinchi jarayonlari, o'zgaradigan parametrlarda mexanik o'tkinchi rejimlar, elektr yuritmalarni ishga tushirish va tormozlash vaqti, mustaqil qo'zg'atishli o'zgarmas tok dvigatelli elektr yuritmalarda elektromexanik o'tkinchi jarayonlar
  • Dvigatel quvvatini tanlash va yuritma energetikasi: Dvigatel quvvatini tanlash, elektr yuritmalarning yuklama diagrammalari, statik va dinamik rejimlarda energiya isrofi, elektr dvigateldagi issiqlik jarayonlari, uzoq vaqt ishlash rejimida dvigatel quvvatini tanlash, qisqa vaqt ishlash rejimi uchun dvigatel quvvatini tanlash, qaytar-qisqa vaqt rejimi uchun dvigatel quvvatini tanlash
  • Mikroprotsessorli elektr yuritmalar: Mikroprotsessorli boshqariluvchi elektr yuritmalarning afzalliklari va vazifalari, mikroprotsessorli boshqariluvchi elektr yuritmaning funksional sxemasi, mikroprotsessorli tizim arxitekturasi, o'zgarmas tok yuritmasini mikroprotsessorli boshqarish
  • Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning energiyani tejash rejimlari: Energiya tejashning asosiy tamoyillari, energiyani tejaydigan asinxron elektr yuritma