Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy, madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorligi
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning rivojlanishini, yaʼni 1991-2017 yillar davomidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini atroflicha tahlil qilishga bagʻishlangan. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻrnatilgan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining ahamiyati, rivojlanish bosqichlari va kelajak istiqbollari, shuningdek, ushbu hamkorlikning mamlakatlarimiz rivojlanishiga taʼsiri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Unda mamlakatlarimiz rahbarlarining ushbu hamkorlikni rivojlantirishdagi hissasi hamda kelishib olingan chora-tadbirlarning mazmuni, mohiyati yoritib berilgan. Tadqiqotda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha muhim xulosalar va tavsiyalar ilgari surilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi, tashqi siyosat masalasida oʻz ovozini topishi va jahon hamjamiyatiga kirib borishi. Mavzuning dolzarbligi, yaʼni Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning oʻrnatilishi va rivojlantirilishi.
- I bob. Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy aloqalarning oʻrnatilishi va rivojlanishining tarixiy bosqichlari: Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning tarixi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ikki davlat oʻrtasida oʻrnatilgan va mustahkamlanib, kengayib borayotgan koʻp tomonlama iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy aloqalarning eng muhim sahifalarini yoritish. Oʻzbekistonning tashqi siyosatining muhim tamoyili dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hisoblanadi. Shu asnoda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi munosabatlar shakllanib, rivojlanib bormoqda. Oʻzaro aloqalarga 1991-yil 26-oktabr kunida Moskva shahriga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining ikki kunlik davlat tashrifi bilan ilk qadamlar qoʻyildi.
- I.1 Mustaqil Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy munosabatlari tarixi: Serquyosh O'zbekiston va shimolning bepoyon yerlarida joylashgan azim oʻlka Rossiya xalqlari oʻrtasidagi aloqalar, iqtisodiy, siyosiy munosabatlar koʻp asrlik tarixga ega ekanligi maʼlum. Oʻzbekiston mustaqillik tufayli oʻziga xos mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlab olgan davlatdir. Bu yo'l Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, jahonda 'Oʻzbek modeli' deb tan olingan rivojlanish yoʻlidir. Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning iqtisodiy tomondan boshqa masalalarda ham jiddiy ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi.
- I.2 Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Rossiya Federatsiyasi bilan har tomonlama aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishdagi faoliyati, uning tarixiy ahamiyati: Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar birinchi navbatda, qoʻshni mamlakatlar bilan do'stona munosabatlar va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni oʻzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Prezident Sh.M.Mirziyoyevning saylovoldi dasturida boshlangan ichki va tashqi siyosat sohasidagi bu ulkan vazifalarning tamal toshini Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qo'yganligini xalqimiz, butun xalqaro jamoatchilik doimo mamnuniyat bilan qayd etadi. Oʻzbekistonning Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, uning qoshidagi ilmiy tekshirish institutlari, oliy oʻquv yurtlari tajribasi va faoliyatida ro'yobga chiqmoqda.
- II bob. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari: Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish tendensiyasi muntazamlik kasb etgan. 2013-yilda Oʻzbekiston-Rossiya oʻrtasida oʻzaro tovar ayrboshlash hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Mustaqillik davomida Oʻzbekistonda Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 960 dan ortiq qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekistonning strategik sherigi Rossiya Federatsiyasi ekanligini qator nutq va chiqishlarida ta'kidlab oʻtganligini yuqorida koʻrib oʻtdik. Oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlikdan har ikki davlat ham birdek manfaatdordir. Shuning uchun ham oʻzaro savdo aloqalari yil sayin oʻsib, rivojlanib bormoqda.
- II.1 Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida "Strategik sherikchilik toʻgʻrisida shartnoma" va "Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida shartnoma"larning mohiyati va ahamiyati: Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar 2004-yil 16-iyunda imzolangan "Strategik sheriklik toʻgʻrisida shartnoma", 2005-yil 14-noyabrda imzolangan "Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida shartnoma" doirasida izchil rivojlanib bormoqda. Yuqoridagi, oliy martabali shaxslar tomonidan imzolangan "Strategik sheriklik toʻgʻrisida va "Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida"gi shartnomalar oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishdagi asosiy hujjatlar boʻlib, mazkur shartnomalarda harbiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda oʻzaro aloqa va sheriklikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab qoʻyilgan.
- II.2 Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhim yoʻnalishlari: Rossiya va Oʻzbekistonning hamkorlik munosabatlarida savdo-iqtisodiy soha yetakchi o'rinni egallydi. Savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanish tendensiyasi muntazamlik kasb etgan. 2013-yilda Oʻzbekiston-Rossiya oʻrtasida oʻzaro tovar ayrboshlash hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Mustaqillik davomida Oʻzbekistonda Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 960 dan ortiq qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda.
- III bob. Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ilmiy va madaniy-ma'rifiy hamkorlik: Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishning tarkibiy qismini mamlakatlar oʻrtasida 1993-yil 19-martda imzolangan "Madaniyat, fan va texnika ta'lim sog'liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisida" gi hukumatlararo bitim hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi oʻrtasida 1995-yil 27-iyulda imzolangan "Madaniyat sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim"lar alohida ahamiyatga ega. Oʻzbek xalqining rus xalqi bilan madaniy-ma'rifiy hamkorligi uzoq tarixiy ildizlarga ega.
- III.1 Oʻzbekiston va Rossiya fanlar Akademiyalari va institutlari oʻrtasida ilmiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikning rivojlanishi: Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishning tarkibiy qismini mamlakatlar oʻrtasida 1993-yil 19-martda imzolangan "Madaniyat, fan va texnika ta'lim sog'liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisida" gi hukumatlararo bitim hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi oʻrtasida 1995-yil 27-iyulda imzolangan "Madaniyat sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim"lar alohida ahamiyatga ega. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ulkan ilmiy salohiyatga ega boʻlgan oʻzaro hamkorlik munosabatlari bundan keyin ham chuqurlashgan holda sermahsul aloqalarning yangidan-yangi sohalarini qamrab olishga shubha yo'q.” deb V.V.Putin ta'kidlagan. Darhaqiqat keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ko'p tomonlama ilmiy, ilmiy-texnikaviy aloqalar rivojlanib borayotgani buning yorqin dalilidir.
- III.2 O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasidagi madaniy-ma'rifiy hamkorlik: Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi madaniy-ma'rifiy hamkorlik 2001-yil martidan yanada rivojlanish uchun keng imkoniyatlarga ega boʻldi. Ya'ni, shu kundan Toshkentda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Rossiya xalqaro va madaniy hamkorlik markazining vakolatxonasi faoliyat koʻrsatib kelyapti. Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy-ma'rifiy aloqalar matbuot, radio, televideniya, kitob va jurnallar nashr etish vositalari orqali muntazam amalga oshirib kelindi.
- Xulosa: Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi strategik sheriklik va yaqin ittifoqchilik munosabatlari qaror topdi. Magistrlik dissertatsiyasining mazmun-mohiyati, uning tuzilishi va mantiqiy uzviyligini hisobga olib ishning quyidagi muhim jihatlari xulosa sifatida ta'kidlanadi: Mustaqil Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida keyingi chorak asr - 25 yil davomida tobora mustahkamlanib borayotgan oʻzaro aloqa va munosabatlari tarixiga qisqacha bir nazar tashlash lozim. Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi munosabatlarining mohiyati va asosiy yoʻnalishlarni yoritishga shu nuqtai nazardan yondoshish lozim. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan koʻp tomonlama aloqalari tarixini oʻrganish, atroflicha tahlil qilish dolzarb vazifalardan biri ekanligini Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Vazirlar mahkamasining 2017-yil 14-yanvardagi kengaytirilgan majlisida alohida ta'kidlandi.