Кумаринларнинг кимёвий тузилиши ва физиологик фаоллиги асосида синфлаш

Ushbu dissertatsiya O'zbekistonda, xususan Farg'ona vodiysida o'suvchi kumarin saqlovchi o'simliklarning biologik xarakteristikasi, kimyoviy tarkibi, ularning tuzilishi, xossalari, ishlatilishi, kimyoviy tarkibi va fiziologik ta'siri hamda bu o'simliklardan olingan kumarinlarning pes kasalligini davolashda, koʻkrak qisishi hamda buyrak va me'da-ichak spazmi kasalliklarini, bronxial astma, koʻkyoʻtal hamda me'da-ichak kasalliklarini davolovchi dorivor vosita sifatida qoʻllash mumkinligi tadqiq etilgan.

Asosiy mavzular

  • Kumarinlarning umumiy tushunchalari: Kumarin (sis-orto-oksidolchin) kislotaning hosilalari boʻlgan, oʻsimliklardan olinadigan laktonlar kumarinlar deb ataladi. Ular tabiatda deyarli sof holda uchramaydi. Kumarinlar benzo-a-piron unumi deb ham qaraladi. Ular o'simliklarning ildiz, po'stloq hamda mevada koʻp, barg va poyada kam uchraydi. Kumarinlarning o'simliklar tarkibidagi miqdori va soni o'simliklarning o'sish joyiga, taraqqiy qilish davriga va boshqa omillarga qarab oʻzgarib turadi. Tabiiy holdagi kumarinlar koʻpchiligining 7-nomerli uglerod atomida oksi guruhi bo'ladi.
  • Kumarinlarning umumiy tasnifi (klassifikatsiyasi): Kumarinlar kimyoviy tuzilishiga qarab 7 guruhga boʻlinadi: 1. Kumarin va uning oddiy xosilalari; 2. Oksi-, metoksi- va metilendioksikumarinlar; 3. Furokumarinlar yoki kumaron ẞ-pironlar; 4. Piron-kumarinlar yoki xromen-ẞ-pironlar; 5. 3,4- benzokumarinlar; 6. Tarkibida benzofuran sistemasi boʻlgan kumarinlar; 7. Tarkibida kumarin sistemasi boʻlgan ba'zi murakkab birikmalar.
  • Kumarinlarni o'z ichiga olgan dorivor o'simlik materiallarini tahlil qilish usullari: Kumarinlar tabiiy aralashmalar bo'lib, ularning asosini turfa-orto-gidroksitsinamik kislota tashkil etadi. Ular ko'p sonli va xilma-xil sanab chiqinglar, faqat so'nggi o'n yilliklarda izolyatsiya qilingan va o'rganilgan hidsiz turlardir. 500 dan ortiq tabiiy kumarin turlari allaqachon ma'lum. Kumarinlar o'simlik dunyosida keng tarqalgan, ayniqsa selderey (soyabon) oilasi a'zolari, dukkaklilar, rut. Ko'pincha kumarinlar ildiz va mevalarning sekretsiya yo'llarida, shuningdek, qobig'ida to'planadi. Antikoagulyant, fotodinamik, spazmolitik, diuretik, xoleretik, kardiovaskulyar, hipotenziv ta'sirga ega.
  • Anjir bargi – folia fici caricae: Anjir (Ficus carica L.) — tutdoshlar oilasiga kiradi. Balandligi 8 m gacha boʻlgan sershoxli daraxt yoki buta. Barglari yirik, tuxumsimon, qalin, 3-5 boʻlakli. Oʻrta Osiyo, Qrim, Kavkaz va qoʻshni davlatlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda yovvoyi holda faqat Surxondaryo viloyatida oʻsadi. Barg tarkibida furokumarinlar (psoralen, berganten), organik kislotalar, efir moyi mavjud. Anjir xalq tabobatida qadimdan ishlatib kelinadi. U anjir bilan pes, tepki, yiringli yaralar, shishlar, asab, me'da-ichak, buyrak va siydik yoʻllari kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
  • Qashqarbeda er ustki qismi – herba meliloti: Qashqarbeda (Melilotus officinalis Desr.) – dukkakdoshlar oilasiga kiradi. Ikk yillik, boʻyi 50-100 sm ga etadigan oʻt oʻsimlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, qirrali boʻlib, yuqori qismi shoxlangan. Bargi uch plastinkali murakkab barg. Sharqiy Yevropa, Gʻarbiy Sibir, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Mahsulot tarkibida 0,4–0,9% gacha kumarin, dikumarin, melilotin, melilotozid glikozidi mavjud. Dikumarol qonni ivitmaydigan ta'sirga ega.
  • Katta kella mevasi - Fructus ammi majoris: Katta kella (Ammi majus L.) – selderdoshlar oilasiga kiradi. Bir yillik, boʻyi 100-140 sm gacha boʻlgan o't o'simlik. Poyasi tik, silindrsimon, chizikli. Bargioddiy, ikki yoki uch marta ajralgan boʻlib, tishsimon qirrali. Janubiy Ovrupo (Oʻrta er dengiz atrofidagi davlatlar) hisoblanadi. Krasnodar oʻlkasi va Turkmanistonda ekiladi. Mevasi 3,45% furokumarinlar, efir moyi va yog'dan iborat. Ammifurin preparati pes kasalligini davolashda qo'llaniladi.
  • Pasternak mevasi - Fructus Pastinaceae: Pasternak (Pastinaca sativa L.) – selderdoshlar oilasiga kiradi. Ikki yillik, boʻyi 70-100 sm boʻlgan oʻt oʻsimlik. Poyasi tik o'suvchi, o'tkir qirrali. Rossiyaning janubida, Ukrainada, Moldovada, Kavkazda koʻp ekiladi. Mevasi 1,5-2,5% efir moyi, flavonoidlar, 2-2,6% gacha furokumarinlar mavjud. Pastinatsin preparati spazmolitik xususiyatga ega.
  • Sabzisimon visnaga mevasi (tishli kella mevasi) - Fructus ammi visnagae: Sabzisimon visnaga (tishli kella) – selderdoshlar oilasiga kiradi. Ikki yillik, boʻyi 1 m ga etadigan o't o'simlik. Poyasi tik, silindrsimon, sershox va chiziqli. Oʻrta dengiz sharqida joylashgan davlatlar. Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz, Moldova va Ukrainaning janubida o'stiriladi. Mevasi 0,4-2,5% kellin, 0,045% visnagin, flavonoidlar, efir moyi, furokumarinlar mavjud. Kellin – spazmolitik va siydik haydash ta'siriga ega.
  • Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari: O'simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz kristall modda boʻlib, suvda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi, spirtda osonroq, organik erituvchilar (efir, xloroform va boshqalar) da yaxshi eriydi. Kumarinlar glikozid holida boʻlsa, ularning suvda erishi kuchayadi. Koʻpchilik kumarin va furokumarinlarning spirtdagi neytral eritmalari hamda ishqor va konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmalariultrabinafsha nurda oʻziga xos fluoressensiya (zangori, koʻk, binafsha, yashil, sariq ranglarda) bidan tovlanadi.
  • Kumarinlarni aniqlash usullari. Sifat reaksiyalari.: Quritilgan va maydalangan mahsulotdan 1-2 g olib, kolbaga solinadi va uning ustiga 5-10 ml spirt quyib 4 soat qoldiriladi. So'ngra kolbani 500C da 2-3 daqiqa qizdiriladi. Ajratmani filtrlab olinadi va unga 5% li ishqor eritmasidan bir necha tomchi qoʻshib, suv xammomida bir necha minut qizdiriladi. Agar spirtli ajratmada kumarinlar boʻlsa, ular kumarianatlar hosil qiladi va natijada eritma sariq (och sariq) rangga boʻyaladi. Diazoreaksiya va lakton reaksiyalari qoʻllanadi.
  • Kumarinlarning xromatografik analizi: O'simliklardan tayyorlangan ajratmada qancha kumarin birikmalar borligi va ularning chinligini taxminiy aniqlashda (identifikatsiya qilishda) taqsimlanish (bo'linish) xromatografik usulidan (qog'ozda - QX yoki BX va yupqa qavatda - YUQOX yoki TSX) keng foydalaniladi. Xromatografik analiz uchun o'simlikdan spirtli ajratma tayyorlanadi.
  • Anjir bargining ekstraksiyasi: Maydalangan 2,5 kg. miqdordagi Anjir bargi yetti marotaba 10 litr hajmli idishda 8,0 litr miqdoridagi 95% etil spirti bilan ekstraksiya qilindi. Ekstrakt quyultirilib (0,6 litr) distillangan suv bilan 1:1 nisbatda aralashtirildi. Suvli-spirtli ekstraktni petroley efiri bilan chayqatilib, petroley efiri fraktsiyasi olingan. Keyin xloroform bilan chayqatilib, xloroformli ekstrakt olindi.
  • Anjir bargining element tarkibi.: Anjir bargini. Ildiz, poya, gul, barg qismlarga ajratib ilmiy tekshirish institutiga element analizga yuborildi. O'simlikning tomiri kimyoviy elementlarga boy bo'lib Cu, Al, Ca, Na, K, Fe, Mg, P, Ba, Sr, Mn, Ti, Cr, Zn, Ni, Mo, Co, B, Y, Rb, Zr, Ga, Pb kabi elementlar aniqlangan.
  • Pasternak mevasi – fructus pastinaceae oʻsimligini element miqdoriy tarkibi.: O'simlik quruq massasida o'rtacha element tarkibi uglerod-45, kislorod-42, vodorod-6,5, azot va kul-6,5. O'simliklarda 70 element aniqlangan. Pasternak mevasi tarkibida P2O5, K2O, CaO, MgO, SnO, Na2O, SiO2, Fe2O3, MnO2, A1203 kabi elementlar aniqlangan.