Истиқболли S-8295 ғўза навининг муҳит омиллари таъсирида фенотипик ўзгарувчанлиги

Ushbu bitiruv malakaviy ishida Farg'ona viloyatining och tusli bo'z tuproqlari tanlangan. Shunga asosan, istiqbolli S-8295 g'o'za navining o'sish va rivojlanishida muhit omillarning bioekologik xususiyatlariga ta'siri, natijasida kelib chiqadigan fenotipik o'zgaruvchanlikni o'rganish masalalari ishning predmetini belgilaydi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Mazkur bitiruv ishi qishloq xo'jaligida S-8295 g'o'za navini ekologik sharoitda o'stirish bilan ularning bioekologik jihatlarini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi. O'tkazilgan tadqiqot natijalari asosida S-8295 g'o'za navining och tusli bo'z tuproqning ekologik sharoitiga moslashishini o'rganish bilan amaliyotga tavsiya etishdan iborat bo'ldi.

Asosiy mavzular

  • Mavzuni o'rganilish darajasi: Respublikamiz iqlim-tuproq sharoitlariga mos g'o'za navlarini yaratish, joylashtirish, amaliyotga joriy etish, navlar tez pishar, hosildor, paxta tolasi jahon ichki bozor talablariga bera oladigan kasallik va zararkunandalarga chidamli, turli darajada sho'rlangan yerlarga mos, suv tanqisligi, qurg'oqchilik, garmsel ayniqsa, havoning past nisbiy namligiga bardoshli bo'lishi yo'nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarni yanada kuchaytirish muhimdir.
  • Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Yangi yaratilayotgan navlar va rayonlashtirilgan g'o'za navlarining bioekologik xususiyatlari va ularda bo'ladigan turli fenotipik o'zgarishlarni o'rganish muhim ahamiyatga ega. G'o'za navlarining fenotipik o'zgaruvchanligi ekologik omillar ta'siri bilan bog'langan. Ekologik omillarning ta'sirining o'zgarishi o'simliklarda turli xil o'zgaruvchanliklarni keltirib chiqaradi. Shu boisdan istiqbolli g'o'za navlari S-8295 g'o'za navining tuproq-iqlim sharotidagi muhit omillarining ta'siri natijasida kelib chiqadigan fenotipik o'zgarishlarni o'rganish maqsad qilib olindi.
  • Tadqiqot ob'ekti va predmeti: Farg'ona viloyatining och tusli bo'z tuproqlari tanlangan. Shunga asosan, istiqbolli S-8295 g'o'za navining o'sish va rivojlanishida muhit omillarning bioekologik xususiyatlariga ta'siri, natijasida kelib chiqadigan fenotipik o'zgaruvchanlikni o'rganish masalalari ishning predmetini belgilaydi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Mazkur bitiruv ishi qishloq xo'jaligida S-8295 g'o'za navini ekologik sharoitda o'stirish bilan ularning bioekologik jihatlarini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi. O'tkazilgan tadqiqot natijalari asosida S-8295 g'o'za navining och tusli bo'z tuproqning ekologik sharoitiga moslashishini o'rganish bilan amaliyotga tavsiya etishdan iborat bo'ldi.
  • Ishning tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ish kirish, IV bob xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo'lib, sahifani tashkil etadi. Shu bilan birga sxema, rasm, jadvallar keltirilgan.
  • I-BOB G'O'ZA O'SIMLIGINI O'RGANILISHIGA DOIR ADABIYOTLAR SHARHI: O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi "2017 yilda g'o'zani navlar bo'yicha joylashtirish va paxta yetishtirishni prognoz hajmlari to'g'risida”gi PQ 27-56 sonli qaroriga muvofiq respublikamizning turli viloyatlarida tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib, muhit omillari ta'siriga bardoshli g'o'za navini ekilishi rejalashtirilgan.
  • II-BOB. MATERIAL VA TADQIQOT USLUBLARI: Respublikamizning turli tuman tuproq-iqlim sharoitlariga ega bo'lgan viloyatlarida g'o'za navlarini to'g'ri maqsadga muvofiq ravishda rayonlashtirish, paxtachilikni kengroq taraqqiy etishda muhim o'rinni egallaydi. Shu bilan birga yangi yaratilayotgan navlar va rayonlashtirilgan g'o'za navlarining bioekologik xususiyatlarini inobatga olgan holda muhit omillari ta'sirida kelib chiqadigan turli fenotipik o'zgarishlarni o'rganish dolzarbdir.
  • III BOB. EKOLOGIK OMILLARNING G’O'ZA O'SIMLIGINING O'SISHI VA RIVIJLANISHIGA TA'SIRI: Qishloq xo'jaligida o'simliklardan yuqori hosil olishda tuproq eng muhim omil shu bilan birgaldikda muhit hisoblanadi. Ayniqsa, tuproq tarkibidagi havo o'simliklar uchun hayot omili hisoblanadi. Uning tarkibida o'simlik uchun zarur va biologik jarayonda ishtirok etuvchi kislorod, uglerod hamda azot bo'ladi. Shu bilan birga tuproq tarkibida o'simlik uchun kerakli bo'lgan boshqa moddalar va elementlar ham mavjud.
  • IV-BOB MUHIT OMILLARI TAʼSIRIDA ISTIQBOLLI S-8295 G’O'ZA NAVINING FENOTİPİK O'ZGARUVCHANLIGI: Paxtachilikni rivojlantirish tezpishar, serhosil, kasallik, zararkunanda va keskin o'zgaruvchan sharoitlarga chidamli hamda tovar mahsulotining sifati yaxshi bo'lgan g'o'za naviga bog'liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o'zida qimmatli xo'jalik belgiylarini mujassamlashtirishi bilan birga hosilni sovuq tushgunga qadar yig'ishtirib olish mumkin bo'lgan yangi g'o'za navlarini yaratishni talab etmoqda.
  • 4.3 Tajriba natijalari va g'o'za navlarini variantlar bo'yicha o'zgarishi: Yangi yaratilayotgan navlar va rayonlashtirilgan g'o'za navlarining bioekologik xususiyatlari va ularda bo'ladigan turli modifikatson o'zgarishlarni o'rganish uchun 2017-2018 yillarda tajriba Farg'ona viloyati Farg'ona tumanida o'tkazildi. Tajriba uchun S-6524 va S-8295 g'o'za navlari olindi.
  • XULOSA VA TAKLIFLAR: Bugungi kunda respublikamiz iqlim-tuproq sharoitlariga mos g'o'za navlarini yaratish, joylashtirish, amaliyotga joriy etish, navlar tez pishar, hosildor, paxta tolasi jahon ichki bozor talablariga bera oladigan kasallik va zararkunandalarga chidamli, turli darajada sho'rlangan yerlarga mos, suv tanqisligi, qurg'oqchilik, garmsel ayniqsa havoning past nisbiy namligiga bardoshli bo'lishi yo'nalishida yetuk mutaxassislarimiz, selektsioner olimlarimiz izlanish-tadqiqotlar olib borishib kattagina yutuqqa erishmoqdalar.