Ekologik maqbul energiya manbalaridan foydalanish

Ushbu kitob O‘zbekistonning quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari, uni rivojlantirish yo‘nalishlari, samaradorligini oshirish usullari, iqtisodiy va ekologik ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Unda quyosh energiyasining texnik jihatdan tahlili, uni hisoblash usullari, jihozlari, turli iqlim sharoitlarida qo‘llash va boshqa noan’anaviy energiya manbalari hamda chorvachilik chiqindilaridan biomassa energiyasi olish texnologiyalari tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Quyosh-Erdagi hayot manbai: Kitobning birinchi bobida quyosh energiyasining tabiatdagi o‘rni, uning Yer hayoti uchun ahamiyati, Quyosh nurlanishi, turli xil quyosh energiyasidan foydalanish usullari, quyosh kollektorlari, ularning ishlash printsipi va samaradorligi, shuningdek, quyosh energiyasidan foydalanishning texnik-iqtisodiy jihatlari, moliyaviy tahlili va boshqa masalalar yoritilgan.
  • Quyosh energiyasidan issiqlik manbai sifatida foydalanish yo‘llari va shakllari: Ikkinchi bobda quyosh energiyasidan issiqlik olish yo‘llari va shakllari: geliyli suv isitkichlar, issiq suv bilan ta’minlash tizimlari, quyoshli isitish tizimlari, suzish havzalarida suv isitish, binolar va inshootlar quyosh issiqlik ta’minoti passiv tizimlari, mineral suvlarni shursizlantirish va dengiz suvlarini chuchuklashtirish tizimlari, quyosh energiyasi orqali suvni chuchuklashtirish qurilmasi, konstruksiyasi takomillashtirilgan issiqxonalar, gelioquritgichlar, issiq suv bilan tamirlash va isitish tizimlaridan foydalanish kabi masalalar atroflicha tahlil qilingan.
  • Quyosh issiqlik ta’minoti bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish: Uchinchi bobda quyosh issiqlik ta’minoti tizimlarini loyihalashning texnik-iqtisodiy aspektlari, jumladan, energiya iste’moli kattaligi va shaklidan kelib chiqqan holda tizim turini tanlash, kapital qo’yilmalar, moliyaviy tahlil, zaruriy miqdorlarni aniqlash, kollektorlarni tanlash, issiqlik to’plash tizimlari, tizimlarni o’rnatish, tashkiliy masalalar, quyosh energiyasidan foydalanishning ekologik ahamiyati kabi masalalar yoritilgan.
  • Boshqa noan’anaviy energiya manbalari: To’rtinchi bobda shamol energiyasi, geotermal suvlar energiyasi, ekzotermik jarayonlardagi issiqlik energiyalaridan foydalanish, suv energiyasi va dunyo qo’shimcha energiyalar qidirishda davom etmoqda ekanligi haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Chorvachilik chiqindilaridan biomassa energiyasi olishda: Beshinchi bobda chorvachilik chiqindilarining ahamiyati, ularning biomassa energiyasi manbai sifatida ishlatilishi, chorva fermalaridan chiqadigan chiqindi turlari va miqdori, chorva chiqindilarining tarkibi va ulardan biomassa energiyasi olish texnologiyalari, jumladan, bioenergetik qurilmalar, biomassa energiyasi olishda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar, biomassa energiyasi va chorvachilik chiqindilaridan unumli foydalanish kabi masalalar atroflicha tahlil qilingan.
  • Chorvachilik chiqindilaridan foydalanib biomassa energiyasi olishning ekologik asoslari va mehnat muhofazasi: Ettinchi bobda biomassa energiyasini olish jarayonida xavfsizlik texnikasi va biomassa energiyasi va atrof-muhit muhofazasi masalalariga bag’ishlangan.