Bir bog'lamli ikki o'lchovli topologik fazolar fundamental gruppalarini hisoblash
Ushbu bitiruv malakaviy ishi
Asosiy mavzular
- Yo'llar gomotopiyasi, bir bog'lamli fazolar: Ushbu bobda yo'llar va ularning ko'paytmasi, gomotop yo'llar, fundamental gruppalar hamda bir bog'lamli fazolar, tortiluvchan fazo, fazoning retrakti kabi tushunchalar o'rganildi, hamda har bir tushunchalar misollar yordamida yoritildi.
- Ko'p bog'lamli fazolar fundamental gruppalari: Ushbu bobda aylananing, qoplovchi fazolarning hamda ba'zi fazolarning fundamental gruppalari o'rganildi. Birinchi paragrafida aylananing fundamental gruppasi va uning ba'zi muhim xossalari teoremalar va misollar yordamida o'rganildi. Ikkinchi paragrafda qoplovchi fazo va uning fundamental gruppasi, xossalari o'rganildi, misollar keltirildi. Uchinchi paragrafda esa ba'zi fazolarning jumladan, Sn sfera, S"\{P} bir nuqtasi yo'q sferaning, hamda Myobius yaprog'ining fundamental gruppalari o'rganildi, misollar keltirildi.