Maktabgacha ta’lim muassasalarida sensor tarbiya nazariyasi va amaliyoti

Ushbu kitob maktabgacha ta'lim muassasalarida sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik-psixologik imkoniyatlari, jarayoni mazmuni, usullari va metodlari, tajriba-sinov ishlarini o'tkazish metodikasi hamda samaradorligi kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Unda bola nutqini rivojlantirishda sensor tarbiyaning oʻrni, ahamiyati va qoʻllaniladigan usullar keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Respublikamizda amalga oshiralidigan barcha jabhalardagi oʻzgarishlar, bugungi kunda dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan Har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e'tibor qaratildi. Bugungi kunga kelib iqtisodiyotning barcha sohalari kabi ta'lim tizimida ham amalga oshirilgan islohotlar oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatmoqda. “Ta'lim to'g'risida
  • Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishning nazariy asoslari: Sensor tarbiya lotincha so'z boʻlib, hissiyotlarni tarbiyalash, bolalarning hissiy jarayonlarini muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan holda to'laqonli rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu jarayonda bolalarning hissiyotlari, tasavvurlari, idroklari tarbiyalanadi. Sensor jarayonlar oʻzida bilishning dastlabki bosqichini mujassamlashtiradi. Bolalarning hissiy bilish sohasini shakllantiradi. Shuning uchun ham sensor tarbiya aqliy tarbiya jarayoni sifatida namoyon boʻladi. Shunga koʻra sensor tarbiya bolalarning aqliy rivojlanishlari va estetik tarbiyalari uchun asos yaratadi.