Oʻz-oʻzini tashkil qiluvchi Kohonen xaritasi usuli asosida informatsion modellarni yaratish

Ushbu kitob Oʻz-oʻzini tashkil qiluvchi Kohonen xaritasi usuli asosida informatsion modellar yaratishga bagʻishlangan boʻlib, neyron tarmoqlari, ularning ishlash prinsiplari, Kohonen xaritalari, klasterizatsiya va klaster tahlil qilish metodlari atroflicha oʻrganilgan. Kitobda ushbu usullarni qoʻllash boʻyicha dasturiy taʼminot yaratish va amaliy natijalar tahlili ham keltirilgan. Jumladan, talabalarning oʻzlashtirish darajasini aniqlash va iris gullari maʼlumotlar bazasi asosida klasterlash hamda vizualizatsiya amallari koʻrsatilgan. Tadqiqot ishda ushbu usullarning ustunliklari va kamchiliklari ham tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Kohonen neyron tarmoqlari va Kohonen xaritalari: Ushbu boʻlimda Kohonen neyron tarmoqlarining turlari, ularni qurish prinsiplari, oʻqituvchisiz oʻrganish jarayoni, xarita tuzish algoritmilari va paketli oʻrganish usullari haqida maʼlumot berilgan.
  • Kohonen neyron toʻrida klasterizatsiya va klaster tahlil: Bu boʻlimda Kohonen neyron toʻrlari yordamida klasterlarga ajratish metodlari va usullari, klaster tahlilini oʻtkazish usullari oʻrganilgan. "Talabalarning oʻrtacha oʻzlashtirishi" va "Iris guli" maʼlumotlar bazasi misolida klasterlash va tahlil amallari bajarilgan.
  • Kohonen xaritasi usulida informatsion modellarini yaratish va test masalalari: Uchinchi bobda Oʻz-oʻzini tashkil qiluvchi Kohonen xaritasining informatsion modelini yaratishga bagʻishlangan boʻlib, dasturiy taʼminotni loyihalash, modular tasnifi va tuzilish strukturasi, shuningdek modelni Iris guli maʼlumotlari asosida qoʻllash jarayoni batafsil koʻrib chiqilgan.