O'zbеk shevashunosligidan malakaviy amaliyot.

Ushbu metodik qo'llanma talabalar uchun dialektologik amaliyotni o'tkazish, uning maqsad va vazifalari, tayyorgarlik bosqichlari, amaliyotni tashkil qilish va o'tkazish tartiblari, shuningdek, amaliyot davomida talabalar tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan ishlar va baholash mezonlari haqida ma'lumot beradi. Qo'llanmada shuningdek, dialektologik materiallarni yig'ish, ularni transkripsiya qilish usullari, dialektologik pasportni to'ldirish va boshqa amaliy masalalar ham yoritilgan. Kitobda dialektologik tadqiqotlar uchun foydalanish mumkin bo'lgan adabiyotlar ro'yxati ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Amaliyotlar bakalavriat o'zbek tili ta'lim dasturining majburiy bo'lagi hisoblanadi. Malakaviy amaliyot o'tkazishdan maqsad - talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasb ko'nikmalarini hosil qilish va takomillashtirishdir.
  • Dialektologik amaliyotga tayyorgarlik bosqichi: O'quv rejasiga asosan dialektologik amaliyot ikki haftaga rejalashtirilgan bo'lsa-da, unga tayyorgarlik ko'rish ancha oldindan boshlanadi. Talabalar quyidagi tayyorgarlikka ega bo'lishi talab qilinadi: Puxta nazariy bilimga ega bo'lishi, Transkripsion yozuv sistemasini yaxshi o'zlashtirish va uni amaliyot davrida qo'llay bilish, Shevani o'rganish uchun dastur va savolnomalarning mavjud bo'lishi, Ovoz yozib olish uchun texnika vositalarni tayyorlash, O'rganilishi lozim bo'lgan hududlarning madaniy-iqtisodiy ahvoli, uning geografik o'rinlashishidan yetarli darajada xabardor bo'lish.
  • Dialektologik amaliyotni tashkil qilish va o'tkazish: Dialektologik amaliyotning samaradorligi, tartibli o'tishi uning rejali tashkil qilinishiga har tomonlama bog'liqdir. Amaliyotning tashkiliy qismi rahbar zimmasiga ancha ma'suliyat yuklaydi. Belgilangan manzilga kelgach, guruh rahbari tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi va xalq ta'limi bo'limiga kirib, tuman hududida dialektologik amaliyot o'tkazishini ma'lum qilishi va universitetdan yuborilgan xatni topshirishi, samarali o'tkazish uchun ma'naviy va amaliy yordam so'rash lozim.
  • Amaliyotchi talabalarning vazifalari: Dialektologik amaliyotga chiqqan talabalar amaliyotga kerakli barcha narsalarni tayyorlash, ichki tartib-intizomga qat'iy rioya qilish, kishilar o'rtasida kiyinish, o'zini tutish va muomalasi bilan namunabo'lish, qilingan ishlarni izchil ravishda kundalikka qayd etib borish, rahbardan so'ramasdan biriktirilgan joyni tashlab ketmaslik, tuzilgan aniq reja asosida sheva materiallarini to'plash, belgilangan muddatlarda qilingan ishlar yuzasidan rahbarga axborot berib turish, amaliyot davrida bajarilgan barcha ishlar yuzasidan to'liq hisobot yozish kabi vazifalarni amalga oshirishi lozim.
  • Malakaviy amaliyot bo'yicha talabalarni baholash mezonlari: 86-100 ball – “alo” – malakaviy amaliyotda faol qatnashgan, unumli foydalanib, ma'lumotlar to'plagan, qo'yilgan vazifalarni mukammal bajargan va o'z vaqtida hisobot hamda amaliyot kundaligini topshirgan talabaga qo'yiladi. 71-85 ball - "yaxshi" – malakaviy amaliyoting ba'zi kunlariga uzrli sabablar bilan qatnasha olmagan, amaliyotga qatnashgan, mas'uliyatni sezib topshiriqlarni bajargan, amaliyot ma'lumotlar to'plagan, amaliyot hisoboti va kundaligini o'z vaqtida topshirgan talabaga qo'yiladi. 56-70 ball – "qoniqarli" – amaliyotga uzrli yoki uzrsiz sabablar bilan to'la qatnasha olmagan, amaliyot o'tagan tashkilot ichki tartibini bajarishga e'tiborsizlik bilan qaragan, zaruriy ma'lumotlarni to'plashga yetarli e'tibor bermagan, amaliyot ko'zda tutgan vazifalarni to'la uddalay olmagan, dekanatga amaliyot kundaligi va hisobotini o'z vaqtida topshirgan talabaga qo'yiladi. 0-55 ball – "qoniqarsiz" – amaliyotiga loqaydlik, mas'ulyatsizlik bilan munosabatda bo'lgan, buning natijasida amaliyot tadbirlariga umuman qatnashmagan yoki amaliyotga qatnashish paytida o'sha tashkilot ichki qonun-qoidalarini buzganligi uchun tashkilot ma'muriyati tomonidan ogohlantirilgan va amaliyot vazifalarini umuman bajarmagani haqida dekanatga amaliyot kundaligi va hisobotini topshirmagan talabaga qo'yiladi.
  • Dialektologik malakaviy amaliyot yakuni: Amaliyoti yakuni iyun oyi oxirida o'tkaziladi. Bunda yakuniy anjuman o'tkazilib, amaliyotning yutuq va kamchiliklari, taklif-mulohazalar tahlil qilinadi. Talabalar to'plangan materiallarni tartibga solib, hisobot yozadi va barcha hujjatlarni kafedraga topshiradi.
  • Amaliyot kundalik daftarini yuritish va to'ldirish bo'yicha ko'satmalar: Kundalik daftar amaliyotni o'tash davrida talabaning asosiy hujjati hisoblanadi va uni yuritishda quyidagilarga amal qilinadi: Oliy o'quv yurti joylashgan shahardan tashqarida amaliyot o'taydigan talaba uchun kundalik safar guvohnomasi hisoblanadi va talabaning qancha muddat amaliyot o'taganligini bildiradi. Amaliyot davrida talaba har kuni reja bo'yicha kunlik bajargan ishlarini kundalik daftarga qisqacha yozib borishi kerak. Talaba vaqti-vaqti bilan kundalik daftarni tekshirtirish uchun rahbarga taqdim etishi shart. Amaliyot tugagach, talabaning kundalik daftari hisobot bilan birga amaliyot rahbari tomonidan tekshiriladi va xulosa yozib qo'yiladi.
  • Ayrim diakritik belgilar va shartli ifodalar: Qo'llanish doirasi va grafik belgilariga qarab, fonetik transkripsiyani ikkiga ajratish mumkin: Lotin alifbosi asosida tuzilgan xalqaro fonetik yozuv. Ma'lum til (o'zbek qozoq, rus, ukrain...) alifbolari asosida tuzilgan fonetik yozuv. Shuningdek, ayrim diakritik belgilar va ularning qo'llanilishi ham tushuntirilgan.
  • O'zbek shevalaridan namunalar: O'zbek shevalarining fonetik, morfologik va leksik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha namunalarning bir qismi keltirilgan. Bunda ayrim dialektal tovushlar va ularning ifodalanishi, morfologik xususiyatlar va leksik materiallar misollar bilan ko'rsatilgan.
  • Foydalanish uchun adabiyotlar: Ushbu qo'llanmani tayyorlashda foydalanilgan ilmiy-adabiy manbalar ro'yxati keltirilgan.