500/220/110/10 kV “G’uzor” podstantsiyasidan chiquvchi “G’armiston” 110 kVli liniyasining masofali himoyasi hisobi

Ushbu tadqiqot ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI Energetika fakultetining 5310200- “Elektr energetikasi” (elektr ta'minoti) bakalavr ta'lim yo'nalishi talabasining BITIRUV MALAKAVIY ISHI hisoblanadi. Ishning mavzusi: 500/220/110/10 kV “Gʻuzor” podstantsiyasidan chiquvchi “Gʻarmiston” 110 kVli liniyasining masofali himoyasi hisobi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Oʻzbekiston respublikasining elektr energetikasi xalq xoʻjaligining asosiy soxasi xisoblanib, sanoat korxonalari, shaxarlar, transport, qishloq xujaligi iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlab kelmoqda va xalq xoʻjaligining rivojlanishiga katta xissa qushmoqda. Oʻzbekiston energetika tizimi yiliga 55 mlrd. kVt.soat atrofida elektr energiyasi ishlab chiqarib, uzunligi 224 mln.km.ni tashkil etadigan 500kV gacha yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlar 37 ta elektr stansiyani iste'molchilar bilan bog'lab turibdi. Energetika tizimlarning elektr qismlaridagi shikastlanish va nonormal holatlarni bartaraf qilish releli himoyaning asosiy vazifasidir. Shu bilan birga releli himoya tizimni ishonchli va mustahkam ish holatini ta'minlaydi. Energetika tizimlarining quvvatini shiddat bilan oshishi, bir necha tizimlarni birlashuvi, xatto davlatlararo tizimlarni tashkil topishi releli himoyaning vazifasini yanada oshiradi.
  • Umumiy qism: Masofali himoya maqsadi va ishlash asosi, masofali himoyalarning sabr vaqtlarini tavsiflari, masofali himoya elementlari va ularning oʻzaro taʼsirlari, masofa relelarining ishlash tavsiflari va ularning kompleks tekislikda tasvirlanishlari, qarshilik relelarining bajarish asoslari va ularning tuzilishlari, himoyaning masofa organlari.
  • Texnologik hisobiy qism: Masofali himoyalarning ishga tushirish organlari, masofa organlarini sonini qisqartirish bilan sxemalarni soddalashtirish, masofali himoyaning tanlovchanligi, maksimal tokli himoya, maksimal tok himoya sxemalari.
  • Mehnatni muhofaza qilish: Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida, elektr uzatish liniyalarida, elektr iste'molchilarida normal va ishdan chiqish, shikastlanish holatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko'p hollarda elektr tizimning elementlarida tokning me'yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog'langan, bu hodisalarni aytib o'tilgan faktorlar bilan kuzatish mumkin.
  • Atrof-muhit muhofazasi: Energetika korxonalari va energetika tizimining atrof-muhitga boʻlgan ta'sirini ko'rib chiqishdan asosiy maqsad atmosfera va atrof-muhit ifloslanmasligidir, elektr energiya ishlab chiqarish taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida atrof-muhitga boʻlgan ta'sirini koʻrib chiqamiz.
  • Iqtisodiy qism: Bitiruv malakaviy ishida G'uzor-500/220/110/10 kV li podstansiyasidan chiquvchi “G'armiston” 110 kV li liniyasining masofali himoyasi hisobi ko'rilgan. "G'armiston" 110 kV li liniyaning uzgichiga masofali himoya yo'naltirilgan erli himoya, tokli uzish va avtomatikasi koʻrildi. Podstansiyada 110 kV li liniyalardan himoya EPZ-1636 tipli panelda yig'ilgan. Hozirda EPZ-1636 himoya paneli oʻrniga yangi rusumdagi chiqarilgan SHDE-2802 himoya paneli oʻrnatilgan. SHDE-2802 himoya paneli EPZ-1636 himoya paneliga nisbatan rele himoya talablari bo'yicha tanlab o'chirishda, sezgirligida tez ta'sirligi va ishonchliligi ancha yuqori.
  • Xulosa: Himoyalarning masofali asosda bajarilishi ularning yuqori va juda yuqori kuchlanish elektr liniyalarida keng qoʻllanish imkonini beradigan afzalliklarga ega. Masofali asosning asosiy afzalliklariga: Ixtiyoriy manbalar sonida va liniyalarning ulanishida tanlovchan ishlashlik; Himoyalanayotgan liniyaning boshida birinchi zona tomonidan kichik sabr vaqtini ta'minlab berishlik; Qisqa tutashuvda sezilarli katta sezgirlik va yuk tebranishidan maksimal himoyaga nisbatan yaxshi sozlanishlar kiradi. Masofali himoyaning kamchiligiga: Himoyaning sxema qismida va unga kiruvchi relelar qismida murakkablik. Elektromexanik releli masofali himoya eng ko'p releli va kontaktli himoya hisoblanadi. Yarim oʻtkazgich qurilmalarda tayyorlangan kontaktsiz himoyalar sxemaning mantik qismi boʻyicha murakkabligiga va unda koʻp element borligi bilan xarakterlanadi. Barcha himoyalanayotgan liniya ichida qisqa tutashuvni lahzada o'chirish imkonini yo'qligi. SHuning uchun bu talab qo'yilgan liniyalarda yordamchi (zaxira) himoya hisoblanadi. Yuk va tebranishga ta'sir javob bermaslik. Yukdan sozlash kerakligi himoyani sezgirligini kamaytiradi va uni ehtiyot himoya sifatida qoʻllanilish effektini kamaytiradi, tebranishlardan esa blokirovka qoʻllanlishini talab qiladi. Kuchlanish zanjirida nosozlik yuz berganda himoyaning notoʻgʻri ishlashligi, uning mustahkamligini pasayishi va mos blokirovkani qoʻllanilishini talab qiladi.