Karton ishlab chiqarish texnologiyasi

Ushbu uslubiy qo‘llanma 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlari (Sellyuloza-qog‘oz) bakalavriyat yo‘nalishi talabalari uchun «Karton ishlab chiqarish texnologiyasi» fani bo‘yicha amaliyot ishlari bajarish uchun mo‘ljallangan. Ular asosan ushbu qo‘llanma asosida qog‘oz va karton ishlab chiqarish borasida tushunchaga ega bo‘ladilar va amaliyot sharoitida bakalavrlar qog’oz va karton korxonalari bo‘yicha amaliyot ishlari bajaradilar.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Karton – xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan material. Ayniqsa qadoqlash, o‘rash, taxlash, yashik yasash, qurilish va boshqa ko‘pgina sohalarda keng qo‘llaniladi. Karton – list yoki rulonli material bo‘lib, nisbatan yuqori qattiqlikga ega, tolali materiallardan qog‘oz texnologiyasiga o‘xshash usulda olinadi. Karton ham qog‘ozga o‘xshab o‘simlik tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, qog‘ozdan qalinligi va 1 m² ning massa og‘irligi bilan farq qiladi. Karton materialiga 1 m² ning massasi 225 g dan ortiq bo‘lgan va qalinligi 0,5 mm dan katta bo‘lgan materiallar kiradi. Karton tasnifi GOST 17926 – 80 standartida keltirilgan: tara uchun karton; bosmoxonada ishlab ishlatiladigan karton; filtrlash uchun karton; engil sanoat uchun karton; texnik maqsadlar uchun karton va qurilish maqsadlari uchun karton. Bular o‘z navbatida o‘nlab kichik guruhlarga bo‘linadi. Jumladan, sanoat miqyosida kartonning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: 1.Armirlangan karton; 2.Dokumentlarni uzoq muddatga saqlash uchun kislotasiz (konservatsiya) karton; 3.Biologik turg‘un karton; 4.Namga chidamli karton; 5.Suv o‘tkazmaydigan karton; 6.Gofrirlangan karton; 7.Elimlangan ikki qavatli karton; 8.Tekis qavatli gofrirlangan karton; 9.Stereatip matritsali karton; 10. Suyuqlikni saqlaydigan karton; 11. Vinoni filtrlaydigan karton; 12. Jakardli karton (to‘qimachilik sanoatida perforlangan karta tayyorlash uchun); 13. Fibra materiali o‘rnini bosadigan karton; 14. Rangli elimlangan karton; 15. Qutilar uchun karton; 16. Tomni yopishda (tol, ruberoid va boshqalar) ishlatiladigan karton; 17. Makulaturali karton; 18. Bo‘rlangan karton; 19. Metallashtirilgan (metall folga yoki metall kukuni purkalgan) karton; 20. Mikrogofrlangan karton; 21. Mahsus teshilgan (detallar uchun) karton; 22. YOnmaydigan karton; 23. Karton yashik; 24. Avtomashina va traktor kuzov ichini jihozlashda ishlatiladigan karton; 25. Gipskarton tayyorlashda qo‘llaniladigan karton; 26. Poyafzal tayyorlashda qo‘llaniladigan karton; 27. Olovga chidamli karton; 28. Bosh kiyim tayyorlashda ishlatiladigan karton; 29. Bir qavatli karton; 30. Muqova uchun karton; 31. Mebel sanoatida qo‘llaniladigan karton; 32. Prokladka kartoni; 33. Qurilish kartoni; 34. Filtrlovchi karton; 35. CHemodan uchun karton; 36. Elektroizolyasiya kartoni va boshqalar.
  • Makulaturalarni gidrorazbivatelda titish: Makulaturani titish uchun har xil konstruksiyali gidrorazbivatellar qo‘llaniladi. Gidrorazbivatelda makulatura titilib, ikkilamchi tolalardan suspenziya tayyorlanadi va yirik qo‘shimchalardan tozalanadi. Makulaturadan olingan ikkilamchi tolalardan suspenziya tayyorlashda texnologik sxema va asbob uskunalarni tanlash, makulaturaning tozaligiga va qurilmaning ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq. Texnologik sxema va asbob uskunalar. Gidrorazbivatel rotor o‘qiining vannada joylashiga qarab, ular gorizontal va vertikal turga bo‘linadi. Ko‘p hollarda rotor o‘qining vertikal joylashgan konstruksiyasi (1 – rasm) qo‘llaniladi. CHunki bu apparatni ishlatish qulay va samarali hisoblanadi.
  • Makulatura massasini saralash va tozalash: Makulatura massasi titiligach, engil, og‘ir va yirik qo‘shimchalardan tozalanadi. 3 – rasmda keltirilgan sxema tarkibiga kiruvchi saralovchi BST – 1 A markali barabanni AO “Petrozavodskmash” ishlab chiqaradi. Uning texnik ko‘rsatgichlari: Massa bo‘yicha quvvati, a.q. tolaga nisbatan, t/sutka............. 20...50 Tozalanadigan suspenziya massaning konsentratsiyasi, g/l............. 30...45 Barabanning tashqi diametri, mm............................................. 1250 Barabanning perforlangan maydoni, m².................................. 11,0 Sita teshik diametri, mm................................................................ 16 Purkovchi suv sarfi, m³/soat......................................................... 35 Purkovchi suv bosimi, MPa........................................................ 0,2...0,4 Purkovchi suvning temperaturasi, °S......................................... 60 Purkovchi suv muhiti, rN.......................................................... 8 Chiqindining quruqligi, %....................................................... 7,5 El. dvigatel quvvati, kVt.............................................................. 15 Barabanning aylanish chastotasi, min⁻¹.................................... 4750 Gabarit o‘lchami, mm: uzunligi........................................................................... 2056 eni....................................................................................... 2300 balandligi........................................................................... 2158 Massasi, kg........................................................................................ 2810 Yirik og‘ir qo‘shimchalardan massa siklonda tozalanadi. Siklonli tozalagichlarning ishlash prinsipi, markazdan qochirma kuchdan foydalanishga asoslangan. Siklonning (3 – rasm) ichida massa aylanma harakt qilishi hisobiga og‘ir qismlari (chiqindi) engil qismidan (tolali) ajratiladi.
  • Makulatura massani nozik saralash va tozalash: Siklonli va boshqa konstruksiyali tozalagichlarning birqancha turlari mavjud. Ular, asosan, Evropa va YAponiya firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan.
  • Makulatura massani fraksiyalarga ajratish: Fraksiyalash jarayoni – makulatura massasini saralashning bir turi hisoblanadi. Fraksiyalash – ikkilamchi tolalarni tara kartonidan massa tayyorlash texnologik sxemasida qo‘llaniladi. CHunki bu kartondan tayyorlangan massa tarkibida texnik xvoy daraxtidan olingan sellyuloza tolalari va makulatura tarkibidan ajratib olingan tolar mavjud. Fraksiyaga ajratish uchun har xil qurilmalar qo‘llaniladi: saralagichlar va yuvuvchi qurilmalar. Mayda, ishlatilgan sellyuloza tolalarni va yog‘och massasini ajratish uchun tolalarning uzunligiga qarab fraksiyalarga ajratadigan FVP – 1,0 apparatini AO “Petrozavodskmash” zavodi ishlab chiqaradi (6 – rasm). Apparat tolali suspenziyadan mayda va uzun tolalarni ajratadi. FVP-1,0 apparatning texnik ko‘rsatgichlari: Quvvati, saralangan havo quruqligidagi (h.q), t/sutka,............ 200 Sitali barabanning yon yuzasi, m²................................................. 1,0 El. dvigatel quvvati, kVt............................................................. 55...90 Gabarit o‘lchamlari, mm: uzunligi........................................................................... 2450 eni.............................................................................. 1288 balandligi............................................................. 1950 Massasi, kg 2810
  • Karton olish texnologiyasi: Karton olish texnologiyasi qog‘oznikiga ayniqsa massa tayyorlash bo‘yicha o‘xshash. Massa tayyorlashdagi asosiy farqi – ishlatiladigan xom ashyolarnining turidir. Karton tayyorlashda ishlatiladigan qog‘ozni olish usullariga to‘xtalib o‘tamiz. Respublikamida yagona korxona – Angren shahridagi “SANOATQALINQOG‘OZSAVDO” OAJ korxonasida quyidagi asosiy maxsulotlar ishlab chiqariladi: gofrir karton olish uchun qog‘oz (GOST 7377 – 85), gofrirlangan karton (GOST 7376 – 89) va keng qo‘llaniladigan tara kartoni (GOST 7933 – 89). Karton mashinalari Karton mashinalari konstruksiyasiga ko‘ra uchga bo‘linadi: 1. Silliq to‘rli karton qiluvchi mashinasi; 2. Silindrli karton mashinasi; 3. Kombinirlangan qarton mashinasi.
  • Papka qiluvchi va ko‘p silindrli mashinalarda karton quyish: Silliq to‘rli karton mashinasi quyidagi kartonlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan: 1 – qattiq sulfatli sellyulozaning, 1 m² dagi massasidan 200...400 g og‘irlikdagi, asosi tekis qavatli silliq gofrirlangan karton ishlab chiqaruvchi. 2 – yarimsellyulozaning 1 m² dagi massasidan 130 va 160 g qog‘oz-asosini ishlab chiqarishga moslangan. Mashina konstruksiyasining farqi: silliqlovchi pressining yo‘qligi, mashina kalandri ikki – uch valligi va mashinaning harakat qismlari, uning tezligini 600 m/min gacha ta’minlash imkoning borligi; 3 – 1 m² dagi massasidan 250 – 1000 g, zichligi 0,3 – 0,4 g/sm³ bo‘lgan 250...1000 g, shovqundan himoyalovchi karton. Silliq to‘rli karton qiluvchi mashinalarining tavsifilari 3-jadvalda keltirilgan.
  • Karton mashinasining to‘rli silindri tezligi va ishlab chiqarish quvvatini hisoblash: 3-jadval. Rossiyaning SNIIBummashida ishlab chiqarilgan silliq to‘rli karton mashinalarining tavsifi Ko‘rsatkichlar Kartonqiluvchi mashinalar 1 2 3 4 5 Olinadigan karton ko‘rinishi Gofrikartonning tashqi qismi uchun Qavatlangan gofri karton uchun qog‘oz Tom yopish uchun 1 m² karton massasi, g 200...300 200...350 130...160 130...160 350...800 Mashinaning ishchi eni, mm 6350 4250 6350 4250 3050 Qirqilgan kartonning eni, mm 6300 4200 6300 4200 3000 Mashina harakat qismlari tezligi, m/min 600 600 600 600 100 Mashinaning ishchi tezligi, m/min 485 400 440 400 80 Ishlab chiqarish quvvati (netto), t/sutka 850 500 500 320 120 Ishlab chiqarish quvvati (brutto), t/soat 37,0 21,8 21,8 13,9 5,15 Bosim yashigi tipi yopiq ochiq Bosim yashiklari soni 2 2 1 1 1 Setka stoli uzunligi, m 22 20 22 19 13 Gauch-press tipi Ikki kamerali so‘ruvchi Bir kamerali so‘ruvchi Presslar soni 3 3 3 3 1 Silliqlovchi presslar soni 1 1 - - 1 (oddiy) Quritish silindrlari diametri, mm 1500 1500 1500 1500 1500 Isituvchi silindrlar guruhi 8 8 - - - Sukno quritgichlar soni 2 2 - - - Asosiy qismdagi quritgich silindrlar soni 91 93 78 78 51 Sukno quritgichlar soni 14 20 14 20 6 Kalandrlar orasidagi silindrlar soni 4 4 - - - Sovutgich silindrlar soni 2 2 2 2 1 YArim ho‘l press 1 1 - - - Elimlovchi press 1 1 - - - Kalandrlar 2 2 1 1 - Kalandrlardagi vallar soni 8 8 2 2 - Nakat Periferiyali (perifericheskiy) O‘rovchi rulon diametri, mm 2500 2200 2500 2200 2000 Harakatga keltiruvchilar tipi Ko‘pdvigatelli Elektr dvigatellarining umumiy quvvati, kVt: boshqarilmaydiganlar; boshqariladiganlar 7660 5600 4500 3140 4440 2875 2985 2228 - 1500 0,3 MPa bosimli suv sarfi, m³/soat 814 541 552 505 400 0,8 MPa bosimli havo sarfi, m³/soat 1400...1600 700...800 1000...1300 800...900 500...700 Bug‘ bosimi, MPa 9 6 9 6 6 Bug‘ sarfi, t/soat 85 53 59 38 - Mashina uzunligi, m 167,0 151,2 131,6 116,3 78 Mashinaning joylanishi Ikki qavatli Birinchi qavat balandligi, m 5,4 5,4 5,4 5,4 4,2 Ikkinchi qavat balandligi, m 8,2 7,3 7,5 7,3 4,7
  • Karton ishlab chiqarishda me’yoriy solishtirma sarf: 16-jadval. Tekis to‘rli mashinalarda karton ishlab chiqarishda xom ashyo, kimyoviy moddalar, bug‘, suv va energiyalarning me’yoriy sarfi Sarf Karton turlari gofrirlanganng kartonni siliq qatlamlari uchun Karton turlari kraft-sellyulozani gofrirlangan qatlami asosi uchun yarimsellyulozaning gofrirlangan qatlami asosi uchun shimdirilgan prokladkalar uchun tomni yopish uchun A markali tomni yopish uchun B markali Tolala xom ashyo, kg 1038 1049 1038 1059 1320 1350 Kanifol, kg 10 10 10 5 - - Alyuminiy sulfat, kg 30 30 30 15 - - Kraxmal, kg 5...10 - - - - - Issiqliq, Gkal 2,02 1,85 1,85 1,85 2,12 2,12 bug‘, t 3,57 3,25 3,25 3,25 3,75 3,75 Energiya, kVt.soat 450 650 750 950 460 460 Toza suv, m³ 30 30 30 60...80 80 80
  • Gofrikarton tayyorlash sxemasi: Gofrkarton uchun material. Kartonning tashqi qavati yuqori markali sulfat usulida olingan, 1 m² ning massasi 250...400 g. Markasi pastroq bo‘lgan karton uchun – oqartirilmagan sulfit sellyulozaga makulatura, kimyoviy yog‘och massa aralashmasidan olingan karton ishlatiladi. Arzon yarimmahsulotlardan olingan kartonlarning yuzasiga sifatli oqartirilgan sellyuloza qoplab olinganlari ishlatiladi. Kartonni gofrirlangan qismiga qattiq, 1 m² ning massasi 100...200 g bo‘lgan, bir yillik o‘simliklardan (somon, qamish) olingan qog‘oz ishlatiladi. Ba’zi hollarda qog‘ozning qattiqligini oshirish uchun qog‘ozga kislota bilan ishlov beriladi. Gofrikarton tayyorlashda elimlash uchun silikat, suyuq shisha, kraxmal (jo‘xori, guruch) elimlari ishlatiladi. Kartonning tashqi qismi suvga chidamlik bo‘lishi uchun, karbamid (mochevina-formaldegid) smolasi, polivinilatsetat va modifikatsiyalangan kraxmaldan foydalaniladi. Gofri karton tayyorlash sxemasi. Qog‘ozni gofrirlash va uni bir qavatli silliq kartonga elimlab, ikki qavatli karton qilish gofrirlash agregatida bajariladi. Gofrikarton sovuq va issiq usullarda tayyorlanadi. Issiq usul – karton agregatdan qurq holda keyingi jarayonlar uchun tayyor bo‘lib chiqadi. Sovuq usul – keyingi ishlov berishga tayyor bo‘lishi uchun karton 24 soat davomida etilishi zarur. Uch qavatli gofrikarton tayyorlash uchun bitta gofri mashina, besh qavatli gofrikarton tayyorlash uchun esa ikkita, oldinma keyin joylashtirilgan gofri mashinalar bo‘lgan agregatdan foydalaniladi (8-rasm). Karton polotno o‘ramdan ajratish qurilmasi (4) elimlovchi press (5)ga uzatiladi. O‘ramdan ajratish qurilmasidan qog‘oz gofrlovchi valiklar (2)ga uzatiladi, unda u gofrirlanadi. Elimlovchi press (5)ga borish oldidan gofrlangan qatlam elimlovchi valiklar (3) yordamida elim bilan ho‘llanadi. SHu tariqa ikki qavatli gofrirlangan karton (6) hosil bo‘ladi. Qisqa transportyor bilan ikkinchi elimlovchi qurilma (9)ga uzatiladi. Qisqa transportyorga o‘ramdan ajratish qurilmasi (7) orqali pastki silliq karton beriladi. Ikki qavatli kartonga uchinchi siliq karton elimlanib, uch qavatli karton tayyorlanadi. So‘ngra karton transportyorning quritish (10) va so‘vitish (11) qismidan o‘tadi. Qirquvchi apparatlar (12, 13) kartonni uzinasiga va ko‘ndalangiga listlarga qirqadi. Gofrirlangan karton listlari transportyor (14) yordamida kip shaklida to‘planadi.