Электротехника фанини ўқитишда компьютер технологияларини қўллаш методлари

Ushbu magistrlik dissertatsiyasi "Elektrotexnika" fanini o'qitishda kompyuter texnologiyalarini qo'llash metodlariga bag'ishlangan. Dissertatsiyada talabalarni axborot texnologiyalar asosida o'qitish usullari tahlili, elektrotexnika fanini o'qitish jarayonida pedagogik texnologiya usullarini qo'llash uslubiyati hamda o'tkaziladigan ma'ruzalarda kompyuter texnologiyalarini qo'llash bo'yicha ishlar ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • "Elektrotexnika" faniga oid umumiy ma'lumotlar: Fanning mutaxassis tayyorlashdagi o'rni, maqsadi, vazifalari va o'quv jarayonida tutgan o'rni, talabalar mustaqil fikrlashini shakllantirish manbalari va uslubiy-texnik ta'minoti haqida ma'lumot beriladi.
  • Axborot texnologiyalar uchun o'quv uslubiy materiallar va ularni yaratish texnologiyalari: O'quv maqsadlarini belgilash, nazariy va amaliy mashg'ulotlar rejasini tuzish, ularni o'tkazish uslubiyoti, o'zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash uchun topshiriqlar berish, elektron darslikka qo'yiladigan talablar, ularni yaratish texnologiyasi va test o'tkazish tizimlari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Elektrotexnika fanlarini o'qitishda axborot texnologiyalarni qo'llash uslubiyotini yaratish: "Elektrotexnika" fanlari bo'yicha axborot texnologiyalari tarkibi, pedagogik texnologiyalarni o'quv uslubiy ta'minoti, ta'lim dasturini takomillashtirish uslubiyotini yaratish masalalari yoritilgan.