Fizikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua bakalavrlarga «Fizikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fanini o’qitish jarayonini tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Unda o’qitishning zamonaviy usullari, metodlari va vositalari, shuningdek, nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ishlar, laboratoriya mashg’ulotlari hamda baholash mezonlari aniq va tushunarli qilib bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Ushbu o’quv –uslubiy majmuada fizika o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, variativ ta‟lim amaliyotiga moslashuvchanlikni kafolatlaydigan, uning raqobatbardoshligini ta‟minlaydigan innovatsion pedagogik faoliyat uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalar tizimini shakllantirishga yordam beradigan «Fizikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» o’quv fanining mazmuni keltirilgan.
- Fanning maqsadi va vazifalari: «Fizikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» kursining asosiy maqsadi bo’lajak fizika va astronomiya o’qituvchisida kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishni ta‟minlash, Fizikani o’qitishda innavatsion ta’lim muhitini loyihalashtirish, amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan bilim, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
- Mazkur o’quv kursining asosiy vazifalari: -talabalarning pedagogika, psixologiya, fizika, astronomiya, informatika hamda fizika fanlaridan olgan bilimlarini sistemalashtirish, umumlashtirish va shu asosda ularni chuqurlashtirish; - ko’p bosqichli fizikava astronomiya ta‟limi tizimida innovatsion texnologiyalarning o’rnini asoslash va talabalarga zarur tavsiyalar berish; - fizika va astronomiyani o’qitishda uning maqsadi, mazmuni, metod va vositalari hamdaolinadigan natijalarni zamon talablari asosida takomillashtirib borish zaruriyatini asoslash; - fizika va astronomiya o’qituvchisining ilmiy-metodik, o’quv-metodik ishlarini rejalashtirish bilan talabalarni tanishtirish; - pedagogik faoliyatni loyihalashtirish, modellashtirish va tashkillashtirishga zamonaviy yondashuvlarni o’rganish; - innovatsion pedagogik muhitni loyhalash zaruriyatini asoslash va individual yondashuv asosidafizika va astronomiyani o’qitish jarayonini takomillashtirish yo’llari va usullari bilan qurollantirish; - talabalarda istiqbolli o’qitish vositalaridan foydalanish va ularga tayangan holda fizika va astronomiyani o’qitish jarayonini loyihalashtirish, loyihani amaliyotga joriy eta olish bilim, ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish; - pedagogik loyiha va uning natijalarini taxlil qilish, baholashning shakl va metodlarini o’rgatish; - tahliliy, tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish orqali bo’lajak fizika va astronomiya o’qituvchisini innovatsion pedagogik faoliyatini loyihalashtirishga tayyorlashdir.
- 1-MA’RUZA: Kirish. "Fizikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
- 1. Texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari: O’quv fani bo’yicha o’qitish rejasining tuzilishi va mazmunli tarkibi.
- 2. O’quv fani bo’yicha o’qitish rejasining tuzilishi va mazmunli tarkibi: O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasi modeli.
- 3. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasi modeli: O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
- 4. O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi: Texnologik xaritada ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat (o’quv jarayon)i bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo’llaniladigan vositalar tavsiflanadi. Texnologik xarita talabalarning mustaqil ishlashlarini nazorat qilishga yordam beradi.
- Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati: 1 - bosqich (5-10 daqiqagacha). O’quv mashg’ulotiga kirish. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi mavzuning nomi, (ma’ruza) rejasi bilan, o’quv mashg’ulotining xususiyati bilan (muammoli ma’ruza, o’rgatuvchili o’yin va boshq.), mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro’yxatini, o’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi. Ta’lim oluvchilar tinglaydilar, aniqlashtiradilar, savollar beradilar, yozib oladilar. 2 - bosqich (55-65 daqiqagacha). Asosiy / ma’lumot beruvchilik. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi o’quv mashg’ulotining rejasig’ tuzilishiga muvofiq tuzib chiqqan ta’lim modelini amalga oshiradi, ko’zlanayotgan o’quv natijalariga erishish bo’yicha ta’lim oluvchilar o’quv faoliyatini boshqaradi. Ta’lim oluvchilar ko’zlanayotgan o’quv natijalariga erishish bo’yicha rejalashtirilgan o’quv harakatini bajaradilar. 3 - bosqich (10-15 daqiqagacha). YAkuniy - natijaviy. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi mavzu bo’yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylarga qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, guruhlar, alohida talabalar ishini baholaydi yoki o’zaro baholashning yakunini chiqaradi; o’quv mashg’uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun topshiriq beradi. Ta’lim oluvchilar o’zaro baholashni o’tkazadilar, savol beradilar, topshiriqni yozadilar.
- 3. Ta’lim jarayonida boshqaruvning o’rni: Boshqaruv - bu tartibga solish darajasini oshirish orqali ijtimoiy tizim faoliyatini takomillashtirishga yo’naltirilgan, faoliyatning maxsus shakli.
- Boshqaruv jarayonining mohiyati: Boshqaruv jarayonining mohiyati maqsad-natijani mos kelish yo’nalishi bo’yicha harakatni yo’lga solishdan iborat bo’ladi.
- O’qitish rejasini tuzishning har bosqichida o’qituvchining boshqaruv harakatlarini ko’rib chiqamiz.: O’qitish rejasini tuzishning har bosqichida o’qituvchining boshqaruv harakatlarini ko’rib chiqamiz.
- Maqsadni belgilash: Maqsadni belgilash - didaktik vazifalarni aniqlash, o’quv natijalarini shakllantirish. Bu pedagogik faoliyatni asosiy omili bo’lib, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyati harakatini umumiy natijaga yo’naltiradi.
- Fizikadan darsdan tashqari ishlarning individual shakliga o’quvchi bilan o’tkaziladigan konsultatsiyalar, referatlar, ma’ruzalar tayyorlash, fizika kabinetida ishlash kabilar kiradi.: Fizikadan darsdan tashqari ishlarning individual shakliga o’quvchi bilan o’tkaziladigan konsultatsiyalar, referatlar, ma’ruzalar tayyorlash, fizika kabinetida ishlash kabilar kiradi.
- Darsdan tashqari ishlarning guruhli shakliga fizikaviy to’garaklar, darsdan tashqari o’qishlar, devoriy gazetalar chiqarish, “Quvnoqlar va zukkolar konkursi”, “O’tkir zexnlilar konkursi” kabilarni kiritish mumkin.: Darsdan tashqari ishlarning guruhli shakliga fizikaviy to’garaklar, darsdan tashqari o’qishlar, devoriy gazetalar chiqarish, “Quvnoqlar va zukkolar konkursi”, “O’tkir zexnlilar konkursi” kabilarni kiritish mumkin.
- Fizikadan darsdan tashqari ommaviy tadbirlarga olimpiadalar, konkurslar, kechalar, uchrashuvlar, haftaliklar kabilarni kiritish mumkin.: Fizikadan darsdan tashqari ommaviy tadbirlarga olimpiadalar, konkurslar, kechalar, uchrashuvlar, haftaliklar kabilarni kiritish mumkin.
- Fizika ta’limining asosiy shakllari: Ma’ruza, Laboratoriya mashg’uloti, Seminar, Mustaqil ish
- Fizikadan O’quvchilarning o’quv jarayonini baholash mezonlari: 1. Talaba savollarga javob berish va bajarish uchun zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmog’i lozim. 2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim. 3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi. 4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur. 5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim. 6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.