Gospital Pediatriya

Mazkur kitob bolalar tibbiyotining eng muhim va keng tarqalgan kasalliklari, jumladan, respirator va ichak infeksiyalari, yurak-qon tomir kasalliklari, buyrak kasalliklari, shuningdek, modda almashinuvi buzilishlarini yoritib beradi. Shuningdek, kitobda tibbiyot sohasidagi diagnostika va davolash usullari, hamda turli kasalliklarning klinik ko'rinishlari, patogenezi va profilaktikasi haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Nafas tizimi kasalliklari: Kitobda bronxitlar, traxeobronxitlar, bronxiolitlar, zotiljamlar (o'tkir, surunkali, krupoz, interstitsial, pnevmokokkli, stafilokokkli, gemofil, virusli, autoimmun, qo'ziqorinli), plevritlar, pnevmoniyalar, diafragma patologiyalari va boshqalar kabi keng tarqalgan kasalliklar batafsil yoritilgan.
  • Yurak va qon tomir kasalliklari: Tug'ma yurak nuqsonlari (OAY, BATN, QATN, Fallo kasalligi, aorta stenozi, o'pka arteriyasi stenozi, hamda ular bilan birga uchraydigan boshqa nuqsonlar), orttirilgan yurak nuqsonlari (revmatik, miokarditlar, kardiomiopatiyalar, perikarditlar), vegetativ-qon tomir distoniyalari, miokarditlar, qon tomir tizimi kasalliklari, xususan, arterial gipertenziya, gipotenziya kabi keng tarqalgan kasalliklar ko'rib chiqilgan.
  • Oshkozon -ichak tizimi kasalliklari: Oshqozon - kizilungach reflyuks kasalligi (GERK), oshqozon diskineziyalari, surunkali gastrit, nospetsifik yarali kolit (NYaK), Uippl kasalligi (ichak distrofiyasi) kabi keng tarqalgan kasalliklar batafsil yoritilgan.
  • Buyrak va siydik chiqarish tizimi kasalliklari: Interstitsial nefrit, pielonefrit, glomerulonefrit va boshqa buyrak kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisoti va davolash usullari batafsil ko'rib chiqilgan.
  • Biriktiruvchi tukima kasaliklari: Revmatik isitma, Reaktiv artrit, Sistemali sklerodermiya, Dermatomiozit, Tugunchali poliarteriit, Tizimli vaskulitlar va boshqa biriktiruvchi to'qima kasalliklarining etilogiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash usullari yoritilgan.
  • Aritmiyalar: Sinusli taxikardiya, sinus bradikardiya, sinus aritmiya, blokadalar, ekstrosistoliyalar va boshqa aritmiyalarning sabablari, mexanizmlari, klinikasi, tashxisoti va davolash usullari batafsil yoritilgan.