“Кейс стaди” услулини ҳарбий таълим жараёнига қўллаш жихатлари (ҳарбий иш асослари мисолида)
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi
Asosiy mavzular
- KIRISH: Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respuplikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi ta'lim va fan sohasini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan. Shu ma'noda harbiy ta'lim yo'nalishlarida ham komil insonni shakllantirishda ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil qila olish, o'quvchilarni ham ma'naviy, ham aqliy barkamolligini shakllantirishda darslarga ijodiy yondoshish malakalarini rivojlantirish, ta'limning zamonaviy metod va texnologiyalaridan foydalanish, milliy istiqlol g'oyasi asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi doirasida talabalar qalbida mustaqillik g'oyasiga sadoqat hissini, barkamol avlodga xos axloqiylik va madaniyatini tarbiyalash, o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakasini shakllantiriladi. Shunday ekan, harbiy ta'lim tizmi talabalarining bilim va ko'nikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, davlatimiz mustaqilligi uning tinchligini ta'minlash va ma'naviy hayotini mustahkamlash ularda milliy istiqlol his-tuyg'usini shakllantirishning asosiy omillari hisoblanadi.
- I-BOB. “KEYS-STADI” USULINI TA'LIM JARAYONIDA QOʻLLASHNING NAZARIY ASOSLARI.: Keys-stadi ta'lim texnologiyasi va uning harbiy ta'lim jarayoni tizimini shakllantirishda boʻlgan ahamiyati oʻrganildi. Nazariy bilimlarni o'rganish davomida keys-stadi texnologiyasi ta'lim jarayoniga nisbatan yaqinda kirib keldi va pedagoglar tomonidan faoliyatga keng joriy qilinmoqda. Keys-stadi texnologiyasi asosini ta'lim jarayoniga joriy etishda, oʻquvchilarning kasbiy faoliyati bilan bog'liq vaziyatlar va ularning tahlili tashkil qiladi. Bo'lg'usi kasbiy faoliyat bilan bog'liq vaziyatlarni chuqur o'rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligini ta'minlaydi. Oʻquvchilar muayyan vaziyatlarni har tomonlama oʻrganadilar. Oʻz navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg'ulotlarda oʻzlashtirilgan bilimlarni mustaqil oʻrganish davomida to'plangan ma'lumotlari bilan taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalariga murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil qilish va qayta ishlashlari davomida qo'shimcha ma'lumotlarga nisbatan zarurat mavjudligi dissertatsiyaning dolzarbligi hisoblanadi.
- II-BOB. HARBIY TA'LIM FANLARINI O'QITISHDA “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYASINING TA'LIMIY IMKONIYATLARI.: Keys-stadi ta'lim jarayonida talabalarni, guruhlarni, voqealarni qayta-qayta tahlil qilish, muhokama qilinayotgan muammoga bog'liq holda rivojlantiruvchi omillarni ta'kidlab berishdir. Keysda bayon qilingan va ta'lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo'naltirilgan aniq real yoki sun'iy ravishda yaratilgan ma'lum bir vaziyatli tahlil etilishi harbiy harakatlarda yechim topishiga asoslanadgan ta'lim uslubidir. Harbiy ta'lim jarayonida keys-stadi metodi tasvirlash va tushunitirish ko'rinishida qoʻllanilishi mumkin. Ikkinchi turi sabablarni oʻrganish orqali asos bo'la oladigan prinsiplarni izlab topish uchun qo'llaniladi.
- III-BOB. HARBIY TA'LIM JARAYONIDA KEYS-STADI TEXNOLOGIYASINI QOʻLLASH.: Bugungi kunda ta'lim tizimini tubdan isloh, zamon talablarga mos mashg'ulotlar jarayonlarini tshkil qilish ta'lim tizimi oldida turgan ustuvor masalardan biridir. Jamiyatimizning ravnaqini va kelajagini belgilab beruvchi bu ta'lim tizimidir. Mamlakatimizda voyaga yetib kelayotgan har bir yosh avlodni ham ma'nan ham jismonan sog'lom barkamol qilib kamol toptirish bizning asosiy ustuvor vazifalarimizdan biridir. Respublika Oliy Majlisining 9-sesiyasida qabul qilingan “Ta'lim toʻgʻrisida