Temir yo’l transporti servisi

Ushbu o'quv qo'llanma temir yo'l transportida servisni tashkil etish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda talaba servis sohasining respublika iqtisodiyotidagi roli, servis, xizmat va logistik servis tushunchalari haqida tasavvurga ega bo'ladi. Shuningdek transport servisining sifati, transportda servisni boshqarish masalalari, transport servisini tashkil qilish asoslari hamda yo'lovchi tashishda servisni tashkil qilish xususiyatlari bilan tanishadi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: So'nggi yillarda xizmatlar sohasini va servisni rivojlantirish borasida ketma-ket chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xizmat ko'rsatishning yangi turlarining paydo bo'lishi evaziga xizmat ko'rsatish bozori takomillashmoqda. Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov “Ayniqsa, xizmat ko'rsatish sohasini yanada jadal rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni chuqurlashtirish katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlash joiz” - degan edi. Xizmat ko'rsatish va servis sohasini yanada jadal rivojlantirishga qulay sharoit yaratish, iqtisodiyotda uning ulushini oshirish, xizmat ko'rsatish tarmoqlari sohasida aholi bandligini ta'minlash va turmush darajasini oshirish, hamda ichki iste'mol bozorini zamonaviy turli xil xizmat turlari bilan to'ldirish maqsadida Respublikamizda xizmat ko'rsatish va servis sohalarini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilgan.
  • 1-Bo'lim. Temir yo'l transportida servis: Ushbu bo'limda temir yo'l transportida servis, uning mohiyati, turlari, tashkil etilishi, rivojlanish yo'nalishlari, sifat mezonlari, boshqaruv usullari, litsenziyalash va sertifikatlashtirish masalalari yoritilgan.
  • 2-Bo'lim. Transport servisi sifati: Bu bo'limda transport xizmatlari sifatini belgilovchi mezonlar, servis sifatini oshirish yo'nalishlari, xalqaro yuk tashishlarda tashish sifati ko'rsatkichlari batafsil tahlil qilingan.
  • 3-Bo'lim. Transportda servisni boshqarish: Servisni boshqarishda maqsadli va jarayonli yondashuv tushunchalari, servis sifatini boshqarish, mijozlar bilan o'zaro aloqalarni boshqarish kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
  • 4-Bo'lim. Transport xizmatlarini sertifikatlash va litsenziyalash: Ushbu bo'limda transport xizmatlarini standartlashtirish, sertifikatlashtirish, litsenziyalash asoslari va tartiblari batafsil bayon etilgan.
  • 5-Bo'lim. Transport servisini tashkil qilish asoslari: Transport ekspeditorlik xizmatlari, axborot servisini tashkil etish, bojxona ishlari, sug'urtalash, zamonaviy usullar va xorij tajribasi kabi masalalar yoritilgan.
  • 6-Bo'lim. Yo'lovchi tashishda servisni tashkil qilish: Aholiga transport xizmatlarini ko'rsatishda servisning o'rni, vokzallarda servis xizmatlari, yo'lovchi servisida marketing va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarda servisni tashkil qilish masalalari ko'rib chiqilgan.
  • Xulosa: So'nggi yillarda xizmatlar sohasini va servisni rivojlantirish borasida ketma-ket chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xizmat ko'rsatishning yangi turlarining paydo bo'lishi evaziga xizmat ko'rsatish bozori takomillashmoqda. Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov “Ayniqsa, xizmat ko'rsatish sohasini yanada jadal rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni chuqurlashtirish katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlash joiz” - degan edi.