Темир йўл инфратузилма обектларини қурилишини ташкил этиш ва бошқариш

Ushbu ishda O'zbekiston temir yo'llari qurilishida o'rin tutgan afg'on temir yo'li qurilishi va ekspluatatsiyasida uchraydigan tabiiy-iqlim, geologik va gidrogeologik sharoitlar, jumladan, ko'chma qumlar sharoitida temir yo'l yuqori tuzilmasining elementlari bo'lmish strelka o'tkazgichlarini o'rnatish va ekspluatatsiya qilish ishlarida yuzaga keladigan nuqsonlarni o'rganish, ularning sabablarini aniqlash va ularni monitoring qilish tizimini ishlab chiqish, shuningdek, modernizatsiyalashgan texnologik talablar asosida nuqsonlarni tahlil qilish va temir yo'l xo'jaligi mutaxassislariga tavsiyalar ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari O'zbekiston temir yo'llari infratuzilmasida joriy etish uchun tavsiyalar shaklida ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Af g'onistonning Hayraton – Mozori-Sharif temir yo'li liniyasi infra tuzilmasining tabiiy-iqlim, geologik va gidrogeologik sharoitlari: Ushbu bobda Afg'onistonning Hayraton – Mozori-Sharif temir yo'lining qurilish va ekspluatatsiya davridagi iqlim, geologik va gidrogeologik sharoitlari, jumladan, ko'chma qumlarning ta'siri, hamda strelka o'tkazgichlariga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilingan.
  • Strelka o'tkazgichlarini o'rnatish, almashtirish, ta'mirlash va takror foydalanish xususiyatlari: Bu bobda temir yo'l qurilishida foydalaniladigan turli turdagi strelka o'tkazgichlarining o'rnatish, almashtirish, ta'mirlash va takror foydalanish jarayonlari hamda ularning texnologik talablari bayon etilgan.
  • Issiq iqlim va ko'chuvchan qumlar sharoitida strelka o'tkazgichlar defektlarining klassifikatsiyasi va monitoringi: Ushbu bobda issiq iqlim va ko'chuvchan qumlar sharoitida strelka o'tkazgichlarida yuzaga keladigan nuqsonlar klassifikatsiyasi va ularning monitoring tizimini ishlab chiqishga bag'ishlangan.
  • Shtreka o'tkazgichlari nuqsonlarini baholash va harakat xavfsizligiga ta'siri bo'yicha qiyosiy tahlil: Ushbu bobda strelka o'tkazgichlari nuqsonlarini baholash uchun matematik usullardan foydalanish va nuqsonlarning harakat xavfsizligiga ta'sirini qiyosiy tahlil qilish natijalari keltirilgan va O'zbekiston temir yo'llari infratuzilmasiga tatbiq etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.