Qoraqalpog’iston xududidagi Solanaceae oilasiga mansub dorivor o’simliklarning biomorfologik xususiyatlari

Ushbu kitobda Qoraqalpog'iston hududida o'sadigan dorivor o'simliklar, xususan, Solanaceae (Ituzumdoshlar) oilasiga mansub vakillarning biomorfologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va xalq tabobatida foydalanilishi hamda ularni madaniylashtirish imkoniyatlari atroflicha o'rganilgan. Kitobda ushbu oilaning turli vakillarining morfologik belgilari, o'sish sharoiti, dorivorlik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, shuningdek, ularning hayot faoliyati xavfsizligi jihatlari ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Solanaceae oilasiga umumiy ta'rif: Ituzumdoshlar oilasining dunyo yuzi bo'yicha tarqalishi, turkum va turlari, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston florasidagi o'rni, oilaning umumiy morfologik tavsifi, gul formulasi, meva va urug'ining xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Solanaceae oilasining vakillarining biomorfologik xususiyatlari: Ituzumlar oilasiga mansub sabzavot va poliz ekinlarining (pomidor, baqlajon, kartoshka, qalampir va boshqalar) hamda yovvoyi vakillarining (achchiq ituzum, qora ituzum, olga ituzum, fizalis, oq tikon, mingdevona, maxovkosa, bangidevona) biomorfologik xususiyatlari, ularning qiyosiy tavsifi batafsil yoritilgan.
  • Solanaceae oilasining ba'zi vakillarining kimyoviy tarkibi, xo'jalikdagi ahamiyati: O'simliklarning kimyoviy tarkibi (alkaloidlar, vitaminlar), dorivorlik xususiyatlari, xalq tabobatida va tibbiyotda qo'llanilishi, zaharliligi va uni bartaraf etish usullari haqida ma'lumot berilgan.
  • Datura stramonium o'simligining madaniylashtirilgan sharoitdagi biomorfologik o'zgashiligi: Bangidevona o'simligining urug'ining ko'karuvchanligi, o'sish dinamikasi, gullashi, mevalashi, urug'ining xususiyatlari tajriba asosida o'rganilgan.
  • Hayot faoliyati xavfsizligi: Fuqarolar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilinishi, ushbu sohadagi huquqiy asoslar, favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish choralari haqida ma'lumotlar keltirilgan.