Hayvonlarda uchrashadigan trematodolar va ularga qarshi kurashish chora tadbirlari
Ushbu bitiruv malakaviy ishi hayvonlarda uchraydigan trematodalar va ularga qarshi kurashish choralarini o'rganishga bag'ishlangan. Ishda O'zbekiston sharoitida keng tarqalgan fastsioliyoz, dikrotselioz, xasstilezioz, Eurytrema pancreaticum, Exinostomatidozlar, Prostogonimoz va Bilgartsioz kasalliklari, ularning qo'zg'atuvchilari, rivojlanish biologiyasi, epizootologiyasi, klinik belgilari, patologoanatomik o'zgarishlar, diagnostikasi, davolash va oldini olish choralari batafsil yoritilgan. Shuningdek, ushbu kasalliklarga qarshi kurashishning ilmiy asoslari, degelmintizatsiya va dezinvaziya usullari ham bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Fastsiyoliyoz: Fastsiyoliyoz - qishloq xo'jalik hayvonlari va yovvoyi o'txur sut-emizuvchilar o'rtasida keng tarqalgan bo'lib, juda xavfli gelmintoz hisoblanadi. Ushbu kasallikka odamlar ham chalinishi mumkin. Fastsilalar jigar tuqimalarida, o't yullarida va o't qopida parazitlik qiladi. Kasallik o'tkir va surunkali kechadi. Asosiy qo'zg'atuvchilari - Fasciola hepatica va F. gigantica.
- Dikrotselioz: Dikrotselioz mayda va yirik shoxli hayvonlarning hamda kator yavvoyi kavsh qaytaruvchilarning surunkali o'tuvchi kasalligi bo'lib, uni jigar o't yullarida va o't qopida parazitlik qiluvchi trematoda qo'zg'atadi. Bu kasallik maymun va odamlarda ham uchrab turadi. Qo'zg'atuvchisi - Disrosoelium lanseatum.
- Xasstilezioz: Xasstilezioz qo'y, echki va arxarlarning gelmintoz kasalligi bo'lib, uni Brachylaemidae oilasiga mansub Hasstilesia ovis trematodasi qo'zg'aydi. Trematodalar ingichka bo'lim ichaklarida parazitlik qiladi. Qishloq xo'jalik hayvonlari, ayniqsa qo'ylar va echkilarda keng tarqalgan.
- Euritrematoz: Euritrematoz qo'y, echki, qoramol, tuya, chuchqa, bug'u hamda bir qancha yovvoyi kavsh kaitaruvchilarning invazion kasalligi bo'lib, uni Dicrocoelidae oilasiga mansub Eurytrema pancreaticum trematodasi qo'zg'aydi. Trematoda oshqozon osti bezida va kamdan-kam hollarda jigarda parazitlik qiladi.
- Exinostomatidozlar: Exinostomatidozlar - parrandalarning, asosan tovuq, g'oz va o'rdaklarning gelmintoz kasalligi bo'lib, Echinostomatidae oilasiga mansub bir necha tur trematodalarning ingichka va yo'g'on bo'lim ichaklarida parazitlik qilishdan kelib chiqadi.
- Prostogonimoz: Prostogonimoz tovuq, kurka, o'rdak va boshqa yovvoyi parran-dalarning gelmintoz kasalligi bo'lib, u Proshogonizimidae oilasiga kiruvchi bir necha turdagi trematodalarning parrandalar jinsiy organlarida (fabritsiev xaltasi va tuxum yullari) parazitlik qilishidan kelib chiqadi.
- Bilgartsioz: Bilgartsioz - suvda yashaydigan (gidrofil) parrandalarning trematodoz kasalliklari bo'lib, uni Bilharziellidae oilasiga mansub ayrim jinsli trematodalar qo'zg'aydi. Mazkur trematodalar suv parrandalarining ichak tutqichi, jigar, oshqozon osti bezi, buyrak, o'pka, yurak, taloq, burun bushlig'i, urug'donlar va tuxumdonlar qon tomirlarida parazitlik qiladi.
- Invazion kasalliklarga qarshi kurashish asoslari: Invazion kasalliklarga, shu jumladan trematodozlarga qarshi kurash chora-tadbirlari yuqumli kasalliklarda olib boriladigan tadbirlardan farq qiladi. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlash, seroterapiya, dezinfektsiya va karantin kabi tadbirlar keng qo'llaniladi. İnvazion kasalliklarda esa emlash va seroterapiya amaliyotda keng qo'llanilmaydi. Karantin va cheklashlar parazitar kasalliklarda ham o'rnatiladi.