Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
Ushbu kitob psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining asosiy tushunchalari, tarixi, usullari va amaliyotiga bag'ishlangan. Kitob talabalarga mo'ljallangan bo'lib, psixologik tadqiqotlar olib borish, natijalarni tahlil qilish va amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaga kirish: Fanning predmeti, vazifalari, rivojlanish tarixi, bilish faoliyati, shaxs psixodiagnostikasi, intellekt va shaxslararo munosabatlar, shuningdek psixodiagnostik metodikalar, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar hamda kattalarni psixologik tekshirish metodikalari bayon etilgan.
- Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi: Diqqat, xotira, xayol diagnostikasi haqida tushuncha beriladi. Talabalarda diqqat, xotira, xayol diagnostikasi haqida dunyoqarashini rivojlantirish orqali mutaxassis shaxsini shakllantirish.
- Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi: Shaxslararo munosabatlarning turlari va ularning oʻzaro ta`siriga xos xususiyatlar, shuningdek sotsiometriya, referentometriya va proektiv metodikalari o'rganiladi.
- Ilm-fandagi halollik: Fabrikatsiya, falsifikatsiya, shubhali amallar, turli amallar kabi kabi ilm fandagi halollik, etikaga oid ma'lumotlar berilgan.