Namangan shahridagi 7B-sonli “Oromgoh-Chorsu” avtobus yo`nalishini takomillashtirish

Ushbu diplom ishi Namangan shahridagi 7B-sonli “Oromgoh-Chorsu” avtobus yo'nalishini takomillashtirish mavzusini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda shaharning transport tizimini yanada takomillashtirish, yo'lovchi tashish sifatini oshirish, harakat xavfsizligini ta'minlash va iqtisodiy samaradorlikni ko'tarish bo'yicha dolzarb masalalar tahlil qilingan. Diplom ishi umumiy qism, hisob-texnologik qism, tashkiliy qism, iqtisodiy qism va mehnat muhofazasi qismlaridan iborat. Hisob-kitoblar natijasida yo'nalishni takomillashtirish bo'yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy qism: Avtomobil va aloqa yo'llariga qo'yiladigan talablar, Namangan shahridagi 7B-sonli “Oromgoh-Chorsu” yo'nalishini qisqacha tavsifi va diplom loyiha ishi mavzusini asoslash.
  • Hisob-texnologik qism: Dastlabki ma'lumotlar, passajir tashish o'zgarishining ko'rsatkichlari, harakat tarkibini tanlash, qatnov vaqtini aniqlash, shahar yo'nalishlarida harakatdagi tarkibining harakatlanish tezligini me`yorlashtirish, avtobuslarning kerakli sonini hisoblash, sutka soatlarida avtobuslar sonini tanlash va turini aniqlashni grafoanalitik metodi, avtobuslar harakati jadvallarini tuzish, Harakatdagi tarkibini ishlatish uchun samarali dasturni hisoblash, TXK va JT uchun ishlab chiqarish dasturini hisoblash.
  • Tashkiliy qism: Haydovchilar mehnatini tashkil etish, haydovchining ish jadvali, dispetcherlik boshqaruvini tashkil etish.
  • Iqtisodiy qism: Xarajatlar smetasini va transport xarajatlarini hisoblash, daromad, foyda, rentabellik.
  • Mehnat muhofazasi: Yo`nalishda avtobuslar harakati xavfsizligini tashkil qilish.