Avtotransport tarmog`i korxonalarini loyihalsh

Mazkur o'quv-uslubiy majmua "Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash" fanidan kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko'rsatmalar, nazorat mezonlari, test savollari, laboratoriya mashg'ulotlari hamda uslubiy tavsiyalar berilgan. Kitobda ATKlar, TXK va JT jarayonlari, mexanizatsiyalash darajasi, va boshqalar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Mavzu-1. Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyixalash fanining predmeti, vazifalari, mutaxassis tayyorlashdagi ahamiyati. Avtotransport tarmog’i korxonalarining tasnifi: Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyihalash fani o'quv dasturi asosida tuzilgan, ATK bo'yicha TXK va avtomobil resurs yo’li, mukammal tahmirlash davriyligini, texnik tayyorlik koeffitsientini kompg’yuterda hisoblash, ATK bo`yicha TXK ishlarining yillik ishlab chiqarish dasturini kompg’yuterda hisoblash, TXK va JT ishlari yillik dasturini kompg’yuterda hisoblash, TXK va JT mintaqalarini kompg’yuterda hisoblash va bu jarayonda postlar sonini aniqlashga tahsir etuvchi omillar tahlili (ishbilarmonlik o’yini), TXK va JT mintaqalarini rejalashtirish Ishlab chiqarish ustaxonalari rejasining eng maqbulini aniqlash (ishbilarmonlik o’yini), ATK ishlab chiqarish binosini rejalashtirish, ATK bosh rejasini ishlab chiqish, ATK loyihasining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini kompg’yuterda hisoblash, TXK va JT texnologik jarayonining mexanizatsiyalash darajasini hisoblash (muayyan korxona misolidA., ATXKS larni rejalashtirish, Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish markazining texnologik hisobini kompg’yuterda bajarish va uning ishlab chiqarish texnik bazasini rejalashtirish, Avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari texnologik hisobi va uni rejalashtirish, Yo’lovchi tashish vokzali yoki stantsiyasining texnologik hisobi va uni rejalashtirish, Yuk tashish avtomobil stantsiyasining texnologik hisobi va uni rejalashtirish mavzulari bo’yicha tajriba ishlarini bajarish uslubi to’la izohlab berilgan, qisqacha nazariy ma’lumotlar berilgan.
  • Mavzu-2. Avtotransport tarmog’i korxonalarining ishlab chiqarish texnik bazasi va ularni loyihalash tartibi: Avtotransport korxonalari (ATK) turlari va vazifalari. Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish texnik bazasining o’ziga xos xususiyatlari, holati va rivojlanishining shakli va yo’llari. ATK ni loyihalash tartibi, bosqichlari, loyiha qismlarining tarkibi. Respublika sharoitida ATK larni loyihalashga quyiladigan talablar.
  • Mavzu-3. Avtotransport korxonalarini texnologik loyihalash: ATK da amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. ATK ni loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlarni tanlash, tahlil qilish va asoslash. TXK va avtomobil resursi yoki mukammal ta’mirlash (MT) me’yoriy masofalarini tanlash va ular qiymatini avtomobillarning ishlash sharoitiga mos ravishda to’g’rlash. TXK va ta’mirlash (T) bo’yicha ishlab chiqarish dasturini hisoblash usullari. TXK va JT ishlari bo’yicha yillik va kunlik ishlab chiqarish dasturini hisoblash. TXK, JT va yordamchi ishlarning yillik va kunlik ish hajmlarini hisoblash, ularning mintaqalar va ustaxonalar bo’yicha ish joyiga va turlariga qarab taqsimlash. Texnologik zarur ishchilar sonini hisoblash.
  • Mavzu-4. Ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalarini texnologik rejalashtirish: Ishlab chiqarish mintaqalari, ustaxonalari va omborxonalarining ish tartibini tanlash. TXK ishlarini o’tkazish usulini tanlash. Avtomobillarning ishga chiqish va ishdan qaytish jadvalini tuzish. Kunlik xizmat ko’rsatish (KXK), TXK-1, TXK-2, D (dignostika) mintaqalarini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar. Doimiy va o’zgaruvchan, uzlukli va uzluksiz oqim qatorlarini hisoblash. TXK mintaqa uchun texnologik jihozlar tanlash. TXK ishlarini turlariga qarab postlar bo’yicha texnologik jarayon asosida taqsimlash.
  • Mavzu-5. Texnik xizmat ko’rsatish mintaqasini hisoblash: Ishlab chiqarish mintaqalari, ustaxonalar va omborxonalarning ish tartibini tanlash. TXK ishlarini o’tkazish usulini tanlash. Avtomobillarning ishga chiqish va ishdan qaytish jadvalini tuzish. Kunlik xizmat ko’rsatish (KXK), TXK-1, TXK-2, D (dignostika) mintaqalarini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar.
  • Mavzu-6. Joriy ta’mirlash mintaqasini hisoblash: Tashxislash va JT mintaqasini hisoblash uchun dastlabki ma`lumotlar. JT mintaqasi postlar sonini hisoblash usulari, JT mintaqasi uchun texnologik jihozlar tanlash, ishlarni postlar bo`yicha taqsimlash.
  • Mavzu-7. Texnologik jihozlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash, tanlash va TXK va JT texnologik jarayonini mexanizatsiyalash darajasini hisoblash: Texnologik jihozlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash, tanlash va TXK va JT texnologik jarayonini mexanizatsiyalash darajasini hisoblash.
  • Mavzu-8. Ishlab chiqarish ustaxonalari rejasining eng maqbulini aniqlash: Ishlab chiqarish ustaxonalari, omborxonalar, avtomobil saqlash joylari va ma’muriy maishiy xonalar maydonlarini hisoblash va rejalashtirish.
  • Mavzu-9. Avtotransport korxonalarini rejalashtirish: Loyihalash yechimlariga qo’yiladigan talablar. ATK ishlab chiqarish jarayonining sxemasi va chizmasi. ATK bosh rejasi, uning asosiy ko’rsatkichlari. Avtobus, yuk va yengil avtomobillar ATK bosh rejalarining namunalari va ularning taxlili. Kichik avtotransport korxonalarini loyihalashning o’ziga xos xususiyatlari.
  • Mavzu-10. TXK va JT texnologik jarayonining mexanizatsiyalash darajasini hisoblash: ATK va ATXKS mintaqasi yoki ustaxonasida texnologik jarayonlarning mexanizatsiya me’yori va mexanizatsiya darajasini aniqlash va ularni takomillashtirish bo’yicha taklif berish.
  • Mavzu-11. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyalari (ATXKS): Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyalari (ATXKS) ning texnologik hisobi. TXK va T mexnat hajmini, ishchilar sonini, ustaxonalar va mintaqalar maydonini hisoblash. DAEWOO avtomobillari uchun texnik xizmat ko’rsatish stantsiyalari texnologik hisobining o’ziga xosligi. Texnologik jihozlar tanlash. ATXKS bosh reja sxemasini ishlab chiqish. Ishlab chiqarish binosini rejalashtirish. Loyihaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari.
  • Mavzu-12. Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish markazlari: Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalari. Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish markazlari, ularning turlari. Mersedes-Bens servis xizmat ko’rsatish markazining texnologik hisobi va uni rejalashtirish.
  • Mavzu-13 Yo’ldan tashqarida yuruvchi o’ziag’dargich avtomobillar ATKlarini loyihalsah: Yo’ldan tashqarida yuruvchi o’ziag’dargich avtomobillarning o’ziga xos xususiyatlari, ularga texnik xizmat ko’rsatish tizimi. Yo’ldan tashqarida yuruvchi o’ziag’dargich avtomobillar avtotransport korxonalarining texnologik xisobi, va ishlab chiqarish texnik bazasining rejaviy yechimlari.
  • Mavzu-14 Avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari: Avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari , turlari, ixtisoslashganligi, ularning vazifalari, AYOQSH larning texnologik hisobi va rejalari tahlilini o’rganishdir.
  • Mavzu-15 Yo’lovchilar tashish vokzallari va stantsiyalari: Avtomobillarga yoqilg’i quyish shaxobchalari , turlari, ixtisoslashganligi, ularning vazifalari, AYOQSH larning texnologik hisobi va rejalari tahlilini o’rganishdir.
  • Mavzu-16 Yuk tashish avtomobil stantsiyalari. Logistik markazlar.: Stantsiyalarning vazifalari, ularni loyihalashning o’ziga xos xususiyatlari, binolar majmuini rejalashtirishga qo’yiladigan talablar. Stantsiyalarning texnologik hisobi va rejalari tahlili. Logistik markazlarning vazifalari ularning ishlab chiqarish texnik bazasi, va uning rejaviy yechimlari
  • Mavzu-17 Tashxislash markazlari.: Tashxislash markazining vazifasi, turlari, texnologik hisobi va rejalashtirishning alohida xususiyatlari, amaldagi standart talablariga muvofiq aniqlanadigan diagnostik ko’rsatkichlar va qo’llaniladigan zamonaviy jixozlar. Binolar majmuini rejalashtirishga qo’yiladigan talablar. Mavjud tashxislash markazlari rejalari tahlili.
  • Mavzu-18 Avtomobillarni saqlash joylari.: Saqlash joylari vazifasi, turlari, texnologik hisobi va rejalashtirishning alohida xususiyatlari, Respublikamizdagi va xorijiy davlatlardagi saqlash joylari rejalarining tahlili.
  • Mavzu-19. Ishlab chiqarish ustaxonalari rejasining eng maqbulini aniqlash: Ishlab chiqarish ustaxonalari maydonlarini yuzasini hisoblash va ularni rejalashtirish. Omborxonalar maydonlarini yuzasini hisoblash va ularni rejalashtirish. Avtomobil saqlash joylari maydonlarini yuzasini hisoblash va ularni rejalashtirish. Ma’muriy maishiy xonalar maydonlarini yuzasini hisoblash va ularni rejalashtirish.
  • Mavzu-20. ATK bosh rejasini ishlab chiqish: Talabalarga ATK bosh rejasiing ishlab chiqishi jarayonlarini tushuntirish orqali ularda amaliy ko’nikma hosil qilish.
  • Mavzu-21. TXK va JT texnologik jarayonining mexanizatsiyalash darajasini hisoblash: ATK va ATXKS mintaqasi yoki ustaxonasida texnologik jarayonlarning mexanizatsiya me’yori va mexanizatsiya darajasini aniqlash va ularni takomillashtirish bo’yicha taklif berish.
  • Mavzu-22.Avtomobillarga servis xizmati ko’rsatish dasturini hisoblash: Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish dasturini hisoblash.
  • Mavzu-23. Avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari texnologik hisobi va uni rejalashtirish: Avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari texnologik hisobi va uni rejalashtirishni o’rganish.
  • Mavzu-24. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarining yillik ishlab chiqarish dasturini hisoblash: Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarining yillik ishlab chiqarish dasturini hisoblash.
  • Mavzu-25. Yo’lovchi tashish vokzalini loyihalash va uni rejalashtirish: Yo’lovchi tashish vokzalini loyihalash va uni rejalashtirishni o’rganish.
  • Mavzu-26. Ishlab chiqarish ustaxonalari va omborxonalarning ish tartibini tanlash: Ishlab chiqarish ustaxonalari va omborxonalarning ish tartibini tanlash.
  • Mavzu-27. Yuk tashish avtomobil stantsiyasining texnologik hisobi va uni rejalashtirish: Yuk tashish avtomobil stantsiyasining texnologik hisobi va uni rejalashtirishni o’rganish.