Фан ва техника тарихи

Ushbu O'quv-uslubiy majmua

Asosiy mavzular

  • Kirish. Fan va texnika tarixi.: Fan taraqqiyotining asosiy jihatlari, uning jamiyat rivojlanishidagi roli hamda bugungi kundagi ahamiyati ko'rsatib berilgan.Fan va texnika tushunchasi, uning rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari, fanining tarkibi, uning tasnifi, ijtimoiy roli va rivojlanish istiqbollari tushuntirilgan.Fan va texnika tarixi kursining predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati o'rganiladi.
  • Fan va texnika tarixi fanining dastlabki rivojlanishi.: Fan va texnika rivojlanishining qadimgi davrdagi yo'llari va qadimgi sivilizatsiyalar, jumladan, Mesopomiya, Qadimgi Misr, Qadimgi Hindiston, Qadimgi Xitoy va Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rimda fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari, olib borilgan tadqiqotlar, bu davrlarda shakllangan ilmiy bilimlar va ta'lim tizimi haqida ma'lumot beriladi.
  • Oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarbda fan va texnika taraqqiyoti.: O'rta Osiyo, Sharq mamlakatlari va G'arbiy Yevropada o'rta asrlar davomida fan va texnika rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, bu davrda faoliyat ko'rsatgan buyuk allomalar, ularning ilmiy merosi va ta'siri, xususan, Xorazm Ma'mun akademiyasi, Samarqand madrasalari va boshqa ilmiy markazlar, hunarmandchilikning rivojlanishi, shuningdek, Renessans davrida G'arbda ilm-fan, madaniyatning taraqqiyotiga oid keng qamrovli ma'lumotlar taqdim etiladi.
  • Yangi davrda fan va texnika taraqqiyoti: XIX asrda, ayniqsa, Fransiya, Angliya, Germaniya, Rossiya va AQSh kabi mamlakatlarda ilmiy kashfiyotlar va texnika taraqqiyotining o'zaro bog'liqligi, sanoat inqilobining ta'siri, yangi ixtirolar, transport va aloqa texnikalarining rivojlanishi, fizika, kimyo, biologiya, matematika, mexanika kabi fanlardagi yutuqlar, shuningdek, ijtimoiy fanlardagi yangi qarashlar haqida ma'lumotlar beriladi.
  • XX asr fan va texnika taraqqiyoti.: XX asrning eng muhim yutuqlari, fan va texnika taraqqiyoti bosqichlari, xususan, elektr, atom energiyasi, kosmonavtika, kompyuter texnologiyalari, tibbiyot, biologiya, kimyo, fizika kabi sohalardagi yutuqlar, shuningdek, XX asr fan va texnika taraqqiyotining insoniyat va jamiyat hayotiga ta'siri atroflicha tahlil qilinadi. Jahon va O'zbekiston fan taraqqiyotining hozirgi holati va kelajak istiqbollari ham ko'rib chiqiladi.