Mustaqillikdan keyin og‘ir atletika bilan shug‘ullanuvchilarning o‘sish ko‘rsatkichlarining tahlili
Ushbu diplom ishi “Mustaqillikdan keyin ogʻir atletika bilan shugʻullanuvchilarning oʻsish koʻrsatkichlarining tahlili” mavzusiga bagʻishlangan. Ishda mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda ogʻir atletikaning rivojlanish bosqichlari, xalqaro maydonlardagi sportchilarning ishtiroki hamda sportning rivojlanishiga bagʻishlangan ilmiy adabiyotlar va statistik maʼlumotlar tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqillikdan keyingi davrda ogʻir atletika bilan shugʻullanuvchilar sonining oʻsishi va sportchilarning yosh davrlari boʻyicha jismoniy tayyorgarlik yuklamalarini rejalashtirish uslublari ham oʻrganilgan. Diplom ishi tadqiqot vazifalari, uslublari va natijalarini oʻz ichiga olgan.
Asosiy mavzular
- Mavzuning dolzarbligi: Afsuski, hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida viloyatlar boʻyicha ogʻir atletika bilan shugʻullanuvchilar taxlili toʻgʻrisida ilmiy adabiyotlar yetarlicha emas. Tarixiy maʼlumotlar chuqur oʻrganilmagan va shu sport turini rivojlanishi boʻyicha taxlil qilinmagan. Shu sababli, Oʻzbekiston hududida viloyatlar boʻyicha ogʻir atletika bilan shugʻullanuvchilarni taxlil qilish maqsadida tanlangan mavzuning dolzarbligi shoʻbxa yoʻq.
- Ishning maqsadi: Oʻzbekiston hududida viloyatlar boʻyicha ogʻir atletika bilan shugʻullanuvchilarning oʻsish koʻrsatkichlarini oʻrganish va tahlil qilish.
- Tadqiqot vazifalari: 1. Oʻzbek ogʻir atletikachilarni xalqaro musobaqalarda ishtirokidagi bayonnomalarni oʻrganib chiqish va taxlil qilish. 2. Oʻzbekiston terma jamoasining xalqaro musobaqalarda erishgan natijalarini qiyosiy tahlil qilish. 3. Respublikada Mustaqillik yillaridan keyin ogʻir atletika bilan shugʻullanuvchilar sonini oʻsish dinamikasini oʻrganish.
- Tadqiqot uslublari: Adabiyotlar taxlili va umumlashtirishi; Sotsiologik uslub (suxbat); Matematik-statistik uslublar.
- Oʻzbekistonda ogʻir atletika bilan shugʻullanuvchilarning mustaqillik yillaridan keyin oʻsish darajasini oʻrganish holati: Mustaqillikka erishgandan keyin ogʻir atletika sport turi yoshlar oʻrtasida ommalashib bormoqda. Mamlakatimizda yosh avlodni jismoniy kamol toptirishga yoʻnaltirilgan samarali sport tizimi shakllandi. Bu tizimning maʼnaviy ahamiyati shundaki, mamlakatimiz yoshlarining barcha qatlamlarini qamrab oladi va yanada birlashtirishga xizmat qiladi. Oʻzbek Ogʻr atletikachilari olimpiyada oʻyinlarida aql-idrokda, tafakkurda va mohiyatda nimalarga qodirligini koʻrsata oldi. Jismoniy tarbiya va sport jamiyatda moddiy hayot bilan bogʻliq jarayon boʻlib, u muayyan qonuniyatlar asosida rivojlanayotganligi mazmun va mohiyati jihatidan sogʻlom avlodni tarbiyalashga qaratilgan.
- Qilingan ishlar natijalari: 1993-2000 yillarda og'ir atletika bilan shug'illangan sportchilar soni turli adabiyotlardan va suxbat orqali aniqlandi. 2001-2008 yillarda og'ir atletika bilan shug'illangan sportchilar soni turli adabiyotlardan va suxbat orqali aniqlandi. 2009-2017 yillarda og'ir atletika bilan shug'illanyotgan sportchilar sonini viloyatlarda bugungi kunda murabbiylik faoliyati olib borayotgan og'ir atletika murabbiylari bilan suxbat orqali aniqlandi. Ushbu qilingan ish natijasi shuni koʻrsatadiki bugungi kunda og'ir atletika bilan shug'ullanuvchilar soni sezirarli darajada ortgan va shuni aytish mumkinki yoshlarni ogʻir atletika sportiga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
- Xulosa: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin og'ir atletika sporti tez suratlarda jaxon miqyosiga ko'tarildi, shu jumladan hozirgi kunda xalqaro toyifadagi sportchilar soni 1993-2000 yillarda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi 1ta, Xalqaro toyifadagi sport ustalari 8 tani sport ustalari esa 42 tani tashkil qildi. 2001-2008 yillarda esa bu koʻrsatkich Xalqaro toyifadagi sport ustalari 14 tani, sport ustalari 63 tani tashkil qildi. 2009-2017 yillarda esa bu ko'rsatkich Oʻzbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi 2 ta sportchini tashkil qilmoqda, Xalqaro toyifadagi sport ustalari esa 16 ta, sport ustalari esa 70 sportchilarni tashkil qilmoqda.