Umumta’lim maktablarida yosh gandbolchilarni tayyorlashning o’ziga

Ushbu Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligi Termiz Davlat Universiteti Jismoniy Madaniyat Fakulteti

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligi Termiz Davlat Universiteti Jismoniy Madaniyat Fakulteti “Jismoniy Madaniyat Nazariyasi va Metodikasi” kafedrasi «HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» Jismoniy madaniyat fakulteti dekani: O.J. Begimqulov 2018 yil Mavzu: «Umumtaʼlim maktablarida yosh gandbolchilarni tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlari» BITIRUV MALAKAVIY ISHI BAJARDI: 5112000-jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishi bitiruvchi kurs talabasi: Botirov Bektemir Bahodir oʻgʻli ILMIY RAHBARI: S.I. Ataqulov TAQRIZCHI: Ya.M.Abdullaev Bitiruv malakaviy ishi kafedrada dastlabki himoyadan oʻtdi “ sonli bayonnomasi 201 yil. TERMIZ- 2018 y. 1
  • MUNDARIJA: KIRISH....................................................................................................................3 I BOB MASALANING ADABIY MANBALAR BOʻYICHA XOLATI ............................................ 7 1.1. Gandbol sport toʼgaragiga tanlov oʻtkazish ..................................................................... 7 1.2. Oʻrgatishda qoʻllaniladigan usullar va tamoyillar ............................................................ 16 1.3. Turli yoshdagi oʻquvchilarini gandbolga oʻrgatish uslubiyati ............................................. 19 1.4. Yosh gandbolchilarni tanlab olish .................................................................................... 28 II BOB TADQIQOTNING VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNI TASHKIL ETILISHI....................... 32 2.1. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari ............................................................................... 32 2.2. Bitiruv malakaviy ishining uslublari ................................................................................ 32 2.3. Pedagogik tajribalar ...................................................................................................... 32 2.4. Pedagogik kuzatishlar va olingan natijalarni taxlil qilish ................................................. 32 III BOB PEDAGOGIK TAJRIBA VA UNING NATIJALARI.................................................. 33 3.1. Bolalar va oʻsmirlar guruhlari bilan ishlash xususiyatlari............................................. 33 3.2. Kichik yoshdagi gandbolchilar bilan ishlash uslubiyatlari.............................................. 36 3.3. Oʻrta yoshdagi gandbolchilar bilan ishlash uslubiyatlari................................................ 39 XULOSA VA TAKLIFLAR ....................................................................................................... 50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ...................................................................................... 51
  • KIRISH: Mavzuning dolzarbligi. O`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, rivojlantirish, takomillashtirish va samaradorligini oshirish, ta`lim sifatini yaxshilash, o`quvchilarning muntazam ravishda bilim olishlarini tashkillashtirsh, o`quv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarni qo`llanish'. O`quvchilar olayotgan bilim sifatini Davlat ta`lim standartlariga mos kelishini ta`minlash. Ota-onalar, mahalla qo`mitalari, jamoat va otaliqqa oluvchi tashkilotlar bilan o`quv-tarbiyaviy ishlari bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`yish.² O`quvchilarni eng yaxshi milliy an'analar, urf-odatlar bo`yicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg`unlashtirish asosida yuksak ma`naviy-axloqiy sifatlarni, Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishga rahbarlik qilish. Ta'lim jarayonida qulay mikroiqlim yaratish, amaliy faoliyatda ta`lim jarayonining xilma-xilligini (variantliligini) ta`minlovchi o`qitish metodlari, usullari va vositalarini qo`llay olish, pedagogik diagnostika qo`llanilayotgan oddiy metodlari va vositalari, Davlat ta'lim standartlariga mos holda bilim olishini ta`minlash. Bilim va ko`nikmalarni baholashning standart talablardan yuqori bo`lgan ta`lim jarayonini individuallashtirish texnologiyasi, psixologik-pedagogik diagnostikaning zamonaviy usullari o`qiladigan fanning bazaviy komponenti mazmuni, turli darajada o`qitishni olib borish imkonini beradigan nazariy bilimlar darajasini shakllantirish. O`quv-tarbiya jarayoni mazmuni, metodlari va shakllarini tanlashda o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga ola bilish, rivojlanishlari, qobiliyatlari, qiziqishlari va sog`liqlari darajasi turlicha bo`lgan o`quvchilar toifalarini hisobga olgan holda pedagogik masalalarni hal qilishga va amaliy faoliyatda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shaxsni rivojlantirish 1 Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 3 iyunь, PQ-3031-son 2 Umumiy o'rta ta'lim to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining qarori 2017 yil 15 mart 3
  • KIRISH: pedagogikasi texnologiyalari elementlarini, fan bo`yicha o`quv-metodik ishlarni tahlil qilish metodikalarini qo`llash. Yosh avlodning har tomonlama aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o`rinlardan birini egallaydi.3 Yosh avlodni sog`lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga katta ma`suliyatli vazifalar qo`yadi. Jismoniy tarbiya dasturidagi asosiy mashqlar bolalarning yoshiga, jinsiga va jismoniy tayyorgarligiga qarab me`yorlanmagan. Bundan tashqari, qiz va o`g`il bolalarning yuklamani qaysi yoshdan boshlash kerakligi to`la o`rganilmagan. Ko`pgina olimlar tomonidan o`tkazilgan tajribalar natijalari shuni ko`rsatadiki, shaxsning jismoniy shakllanishi va jismoniy tayyorgarlik dinamikasi o`quvchining mehnat qila olish qobiliyati darajasi hamda doimiy bajariladigan jismoniy mashqlar xarakteri va hajmiga bog`liqdir. Boshlang'ich sinf o`quvchilarida jismoniy faollikning yetishmasligi organizm funktsiyalari va uning faoliyatiga salbiy ta`sir qiladi, oqibatda harakat malakalar va asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanishini susaytiradi. Shuning uchun 1-4 sinf o`quvchilarida jismoniy tarbiya o`quv mashg`ulotini samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, qizlar bilan jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish hamda jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi xalqlar milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy, ma`naviy kamolatining muhim vositasi» ekanligi ta`kidlanadi.4 Bu esa yosh avlodni sog`lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga katta ma`suliyatli vazifalar qo`yadi. Yosh avlodni jismoniy 3 <<Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida (yangi tahriri) 2015 yil 4- sentabr. O`RQ-394-son 4 Umumiy o`rta ta`lim to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining qarori 2017 yil 15 mart 4
  • KIRISH: baquvvat ma'nan yetuk qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qaratilgan jismoniy madaniyatini milliylashtirishiga, bunda xalqimizning unitilib borayotgan milliy o`yinlarini to`plash, hayotga- maktabga tadbiq etish, rivojlntirish yo`llari va usullarini qayta ko`rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. O`zbek xalqining ko`p yillar davomida shakllangan, avlodlariga meros bo`lib qolgan milliy o`yinlaridan foydalanish ularni avaylab asrash, ularni targ'ib etish lozim.5 Milliy qadriyatlarimizni tiklash, yoshlarga zamonaviy taa`lim-tarbiya berish, ta`lim sohasini tubdan isloh qilish borasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qator farmonlar, qarorlar. Vazirlar mahkamasining qonunlari ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishiga, o`quvchilarning dunyoqarishi jismoniy va ma`naviy qadriyatlar bilan uzviy bog`liqligini ta`minlashga qaratilganini ta`kidlab o`tish kerak. Bu esa o`zbek xalq milliy o`yinlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni maktab, bog'cha o`quv dasturlariga kiritish, ijtimoiy- tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan turlarini sport darajasiga ko`tarish jismoniy madaniyat fani oldidagi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ko`rsatadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon bo`ladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy shug'ullanish o`quvchi yoshlarning kundalik ehtiyojiga aylanmog'i zarur, shu bilan birga u o`quvchi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda, sog'lom turmush tarzini shakllantirishda, ularni barkamol inson bo'lib yetishishga, qonunbuzarlik va boshqa salbiy illatlardan xolos etishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Gandbol o'yinining asosini yugurish, sakrash, to`pni uzatish, uloktirish kabi shug'ullanuvchilarning har jihatdan uyg'un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funktsional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg'ulotlar tasirida, shuningdek, musobakalarda shug'ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaktsiyasi, 5 Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 3 iyunь, PQ-3031-son 5
  • KIRISH: chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol o'yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo'lib xizmat kila oladi. Yunalishni uzgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda harakat qilish yullari bilan jismoniy hislatlarni, ayni paytda irodaviy hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli gandbol har kanday ixtisosdagi sportchi uchun zarur bo'lgan sport o'yinlari qatoridan joy olgan. Gandbol o'yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlarida keng qo`llanilmokda. Gandbol musobaqalari mehnatkashlarni muntazam tarzda jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga jalb qilishning muhim vositasi, sport mahoratini oshirishning hamda «Alpomish va Barchinoy» me'yoriy talablarini bajarishning asosiy omillardan hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining ob'ekti. Umumta'lim maktablari o'quvchilari, jismoniy tarbiya va o`quv mashg`ulotdan tashqari mashg'ulotlar. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Umumta'lim maktablarida yosh gandbolchilarni tayyorlashning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish orqali gandbol mashg`ulotlari samaradorligini oshirish. Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. Umumta'lim maktablarida gandbol bo'yicha jismoniy tarbiya mashg`ulotlari va o`quv mashg`ulotdan tashqari mashg'ulotlarini o'rganish va taxlil qilish orqali yoshga qarab gandbol o'yiniga o'rgatishda jismoniy tarbiya o'qituvchilariga tavsiyalar beriladi. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. O'quv pedagogik jarayonida o'tkaziladigan mashg'ulotlarda gandbol sport o'yini bo'yicha dastur materiallarini egallash vositalari, usullardan foydalanish bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida o'quvchilarning jismoniy sifat ko'rsatkichlari, harakat ko'nikma va malakalari, mashg'ulot samaradorligi oshirildi va shakllandi. Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosini «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash bo`yicha Milliy Dasturning asosiy tamoyil va yondashuvlari, ta'lim soxasini rivojlantirishga oid boshqa davlat xujjatlari, SHarq va G'arb mutafakkirlarlarining falsafiy va pedagogik ta'limotlari, zamonaviy pedagogik va uslubiy kontseptsiyalar tashkil qiladi. 6
  • I BOB. MASALANING ADABIY MANBALAR BOʻYICHA XOLATI: 1.1. Gandbol sport to'garagiga tanlov o'tkazish "Tanlov” deb muayyan faoliyatda yuqori natijalarga erishishga qobiliyatli kishilarni aniqlovchi jarayonga aytiladi. Gandbol sport turiga "sport tanlovi" bu keljakda sport takomillashuvi, jumladan musobaqalar faoliyati bilan bog'liq bo'lgan katta nagruzkalarga bardosh bira oladigan va aynan shu jarayonlarda yuqori natijalarga erishiladigan istiqbolli bolalarni izlab topishga imkon yaratidagan usul, uslub va test-mashqlar majmuasini qo'llash jarayonidir. Sport tanlovi ko'p yillik sport tayyorgarligi bilan uzviy bog'liq bo'lib, sport malakalalarini o'zlashtirishning dastlabki bosqichidan eng yuqori bosqichigacha, ya'ni milliy terma jamoalari faoliyatida ham amalga oshiriladi. "Tanlov" tushunchasi o'z ichiga “munosiblik”, yaʼni bir sohaga (maʼlum faoliyatiga) insonni munosib yoki munosib emasligi masalasini kiritadi. "Tanlov” atamasi o'z tarkibiga yana sportga oid “chamalov” tushunchasini kiritadi. Chamalash - bog'chalarda, maktablarda va sport maktablarining boshlang'ich guruhlarida amalga oshirilishi mumkin. To'g'ri chamalash murabbiyning iste'dodiga, uni bilim va tajribasiga bog'liq (nasl-genetika, evolyutsiya, turmush tarzi masalalari). Sportda o'rinbosarlarni tayyorlashda kelajak yosh sportchilarni tanlash tartibi muhim rol o'ynaydi. Sportda yuqori natijalarni ko'rsatish uchun sportchiga yuqori rivojlanish darajasidagi noyob morfologik ko'rsatrichlar, ajoyib jismoniy va ruhiy qobiliyatlar kompleksi bo'lishi kerak. Bunday uyg'un-likka ega bo'lgan sportchilar juda kam. Sportchini tanlab olish – bu sportning aniq bir turida yuqori natijaga erishish qobiliyati bor bo'lgan talantli insonni tanlab olish jarayonidir. 6 Ф. Керимов. Спорт кураши назарияси ва услубияти. Дарслиk. Т. 2005й. 7
  • Sportda saralashning tashkillashtirish tizimi.: Jahonda ishlab chiqarilgan sportchilarni tanlash tizimi o'z ichiga alohida tadbirlar tashkiloti, ko'p yillik jismoniy tayyorgarlik bilan bog'liq: 1) o'quvchini jismoniy tarbiya maqsadida me'yoriy kuzatish va sinovdan o'tkazish; 2) sportchilarni o'quv-mashg'ulot guruhlariga va sport maktablariga mos ravishda tanlash; 3) o'quvchilarni me'yoriy kuzatish va sportchilarni musobaqalarga saralash; 4) sportchilarni olimpiada o'yinlariga va boshqa yirik jahon musobaqalariga saralash. Saralashning birdan-bir tizimi ishlab chiqarish har xil modellarda jamiyat tadbirlarida ko'rib chiqiladi. Ko'p yillik tayyorlovda asosan maqsadi, vazifasi, uslubiy rejalarda harakterlanadi va ular quyidagilardan iborat: 1) sinov dasturlari va texnologik tanlov; 2) tanlashning aniq formasini tashkil qilish; 3) mexanizmlarni aniqlash va tahlil qilish, yozma tanlash tizimini boshqarish. Sportchini yo'naltirish – bu sportchining qobiliyati, uning individual ustalik ko'rsatkichlarini shakllanishini o'rganish asosida yuqori sport ustalariga erishishning asosiy yo'nalishlarini aniqlashdir. Sportga yo'llanma - bu ya'ni, sportchi qobiliyatlarini sport maho-ratini shakllanishining individual xususiyatlarini o'rganish asosida yuqori sport mahoratiga erishishning kelajakdagi yo'nalishini aniqlashdir. Sportga yo'llanmani bu tashkiliy metodik tadbirlarni kompleks tartibini ular asosida sportchining ayrim bir sport turida qisqa ixtisoslanishi aniqlanadi degan edi. Sportda tanlash bu ko'p bosqichli ko'p yillik jarayon bo'lib sportda tayyorgarlikning hamma bosqichlarida amalga oshiriladi. U sportchilarning 7 Ф. Керимов. Спорт кураши назарияси ва услубияти. Дарслик. Т. 2005й. 8
  • qobiliyatlarini har tamonlama o'rganishga asoslanib ushbu qobiliyatlarning: shakllanishi uchun yaxshi sharoit yaratishga qaratilgan. Sport turlarini ko'p bo'lishi, har bir shaxs sportni qaysidir bir turidan yuqori mahoratlarni egallashga imkoniyat beradi. Bir sport turiga layoqatli bo'lmagan shaxs boshqa sport turidan yaxshi natijalarga erishishishi yoki ko'rsatkichlarga ega bo'lishi mumkin. Shuning uchun qobiliyatlarni tiklashni ayrim bir turidan yoki sport turlariga hamda guruhlarda amalga oshirish kerak. Sport qobiliyatlarni turg'unligi bilan ajralib turadigan sportchilar nasl qobiliyatlariga ham bog'liq. Nasl qobiliyatlari organizmga katta yuklama berilganda namoyon bo'ladi, shuning uchun yosh sportchining qobiliyatini yuqori natija ko'rsatishga qaratish kerak. Olimlar tomonidan sportchini tanlashning quyidagi 5 ta bosqichi aniqlangan: - birlamchi tanlov; boshlang'ich tanlov ; oraliq tanlov; - asosiy tanlov; - natijaviy oxirgi tanlov. Har bir bosqichning o'ziga yarasha usul va kriteriyalari, baholashning aniqlik darajasi va xulosaning qat'iyligi kabi qirralari mavjud. Masalan, birinchi tanlov bosqichida antropometrik va morfologik ko'rsatkichlari asosiy bo'lsa, oxirgi natijaviy tanlov bosqichida bu ko'rsatkichlar umuman hisobga olinmaydi. Bunda asosan sportchi muvaffaqiyati darajasi, tayyorgarlik darajasi, uning psixologik xususiyatlari, ijtimoiy ta'minlanganlik va sport bilan shug'ullanishni davom ettirish mativlari kabi ko'rsatkichlar asosiy rolb o'ynaydi. Baholash boshlang'ich bosqichlarda asosan ijobiy va ko'rsatma harakteriga ega bo'lgan bo'lsa, keyingi bosqichlarda baholash mezoni aniq va to'liq bo'lib boradi. Baholashning aniqligi va to'laligi murabbiyning sportchi bilan ish tajribasi, 8 Ф. Керимов. Спорт кураши назарияси ва услубияти. Дарслик. Т. 2005й. 9 Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar. Fan va texnologiya. 2011. 9
  • Sportchini tanlash va yo'naltirish: vrachlar va boshqa mutaxassislarning xulosalariga tayanadi. Bu xulosalar asoslangan natijaviy qaror qabul qilishni ta'minlaydi. Sportchini tanlash va yo'naltirish bir martalik bo'lmasdan u uzoq davom etadigan jarayon sifatida qaralishi zarur. Bu jarayon ichida sportchining quyidagi xususiyatlari haqidagi axborotlarni olishga imkon beradi: - sog'lig'i holati, uning fiziologik rivojlanish darajasi; - gavda tuzilishining ayrim muhim jihatlari; - biologik takomillashish jihatlari; - asab tizimi xususiyatlari; - organizmning funktsional imkoniyatlari; - insonni harakatlanish sifatlarining rivojlanish darajasi; - tayyorgarlik ko'rish va musobaqalardagi kuchlanishni o'ziga qabul qilish, qayta tiklanish qobiliyatlari; - sharoitni sezish, qabul qilish va unga qarshi adekvat qarorga kelishdagi psixo-fiziologik qobiliyatlar; - sportga bo'lgan tuyg'uni fikrlash, ish qobiliyati, tez qaror qabul qilish, uni bajarishga intilish, o'zini to'la tayyorlash; - musobaqalardagi tajribalari, uning o'zining raqibiga o'rganish, hakamlarning jihatlarini qabul qilish. Yoshlik vaqtidan sport bilan shug'ullana boshlagan insonlar uni tezroq tark etadilar. Masalan, N.J.Bulgakovaning ilmiy tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, 11-12 va 16-17 yoshda sportchilarning muvaffaqiyatlari ko'pincha buyiga bog'liqdir. Sportning har bir turi uchun bunday bog'liqliklar olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ammo bunday kriteriyalarning ko'pligi, ko'rsatkichlarning mavxumlik va aniqlik darajalari, davomiyligi, turlicha o'lchanishi va baholanishi umumiy bir xulosaga kelishni qiyinlashtirmokda. Pedagogik ilmiy tekshirish metodlari yosh sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlanish darajasini, koordinatsion qobiliyatlari va sport texnik mahoratini baholashga imkon beradi. 10
  • Sportchilarni tanlash muammolari hali xanuz o'z yechimini topmagan va u: o'z-o'zini boshqarilishiga aylandi. Bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda murabbiy o'z oldiga bir qancha vazifalar qo'yadi: maxsus murabbiylar tomonidan muammolar xuddi bizning mamlakatimizdek boshqa davlatlarda ham qilinayapti. Ko'p sonli muammolarga qaramasdan sportchilarni tanlash jarayonida talantli, sportchilar o'zini boshqarishi, kelajakda amaliy ishlab chiqarishda kuzatiladi¹º. Ilmiy ommaviy uslubda tanlashda sportchi bolalarni sport maktablaridan, ularning kelajakdagi natijalari uchun eng asosiy bosqich bo'lib, u xalqaro sport ustasidan oddiy sportchilarning hayotidagi tayyorgarlikning zamonaviy tizimidir. Qobiliyatlilarni tanlash vazifasi murakkabdir. CHunki tabiatda bunday qobiliyatlilar kamdir. Ular bir vaqtning o'zida bir nechta vazifalarni bajara olishadi. Masalan: yuz ming yosh avlodlik ichida eng tez yuguradigan novcha bolalar tanlab olinsa, ularga yanada chidamlilikni, chaqqonlik sifatlarini vazifa qilib qo'ysak, shular ichida bir yoki ikkitasi bizning vazifamizni bajara oladi. Pedagogik uslub – o'zida jismoniy fazilatlarni sifatlarni rivojlanishida yuqori baholash, sportchilarni sportga texnik tayyorlash, tabiiy biologik uslubda morfo- funktsional jismoniy rivojlanish natijalari asosan tibbiy biologik ko'riklarda ko'rib chiqiladi. Sportchilarni jismoniy rivojlanishi kuzatiladi. Psixologik metod yordamida sportchilarni ruxiy tayyorlash uslubi qo'llaniladi. Bu o'z navbatida individual va kollektiv vazifalari kurash sport turida hamda psixologik baholash sportchilarni musobaqa oldidan bajaradigan vazifasi hisoblanadi¹¹. Sotsiologik uslubda ko'proq o'quvchilarni qiziqishi hisobga olingan holda sportchilarning yuqori natijalarga erishishi uchun jismoniy mashg'ulotlarda sotsiologik mashg'ulot yuqori sport natijalariga erishishda yosh bola davrida aniq qilib aytib berib bo'lmaydi. Yosh sportchilarning rivojlanishi bir xil bo'lmaydi. 10 А.К.Хамракулов., Т.Т.Юнусов., А.К.Акрамов « osnovy Олимпийских знаний» Тошкент-2001 Издателско- полиграфический отдел УзГосИФК 11 Nigmanov B.B, Xo`jaev F, Raximqulov K.D «Sport o`yinlari va uni o`qitish metodikasi» Ilm-Ziyo nashriyoti Toshkent 2011 y 11
  • O'smirlar rivojlanishi bir qancha guruhlarga bo'linadi: vaqtinchalik,: bosqichma-bosqich o'tish. Bizning mamlakatimiz va chet el mamlakatida yosh avlodni natijalari tayyorlash jarayoni, mashg'ulotlar bo'y o'sishiga va jismoniy sifatlarni oshirishga qaratilgan bo'ladi. Sportga tanlash muammosi uzoq davom etadigan ish. SHuning uchun V.P. Filin tanlash jarayonini sport maktablari uchun uch bosqichga bo'ladi. 1-bosqich vazifasi. Sportga tayyorlashning boshlang'ich tashkillashtirish va kuzatish, o'smirlarning iqtidorlilarini mashg'ulot jarayonida iqtidorli o'smirlar faoliyati kengayib boradi. Ko'rsatkichlarga qaraganda ko'pgina sport turlari mashg'ulotlar davomida bolalarni aniq maqsadga qaratilgan bo'y, tana og'irligi va tana o'lchamlari. Tanlashning asosiy xususiyati va murabbiy kuzatuvi jismoniy tarbiya o'qituvchisining jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida kuzatiladi. SHaharlararo, maktablararo shu musobaqalarda jismoniy me'yorlarni topshirish jarayonida sportchilarni tanlash, o'quvchilarni jismoniy tarbiya mashg`ulotlari orqali bolalar va o'smirlar maktabiga tayyorlash. Saralashning maxsus vositasi yosh o'quvchilarni sportning qaysi turini tanlashiga yordam beradi va shu mashg`ulotlar orqali tashkillashtiriladi. Sport amaliyoti shuni ma'lum qiladiki, birinchi bosqichda bolaning aniq maxsus imkoniyatlari ko'rinmaydi. Morfologik, bio-mexanik, funktsional va psixologik ruhiy faoliyatlar bolani maxsus yo'nalishda biron bir sport turini tanlashida xizmat qiladi. Amaliyotning individual biologik rivojlanishida jismoniy tarbiya bilan shug'ullanuvchining belgilovchi shu vazifalar bilan boshlashadi. SHuning uchun tanlashning birinchi bosqichida tashkillashtirishni qo'llash kerak. yuqori natijalarga erishish uchun faqat bolalarning imkoniyatlarinigina emas balki ularning qay darajada sportga tayyor ekanligini va bo'yining o'lchamiga ham bog'liq bo'ladi. 12 12 Р.Саломов., Р.Маткаримов Спорт машғулотларида психологик тайёргарлик маъруза матни. Тош. 2006 й. 12
  • Tanlash sistemasi nazorat sinashlarini hisobi bo'yicha o'tkazish kerak. chunki: bola nimani hozirda bajara olishini emas, balki kelajakda qaysi harakat vazifalarini bajara olishini 13o'zining aqli bilan harakatlarini moslashtira olishini o'ylashi kerak. Bir martalik nazorat sinashi shuni ko'rsatadiki, bunda faqat nomzodi haqida gapiriladi. Lekin, perspektiv imkoniyatlar haqida juda kam gapirilmoqda. Sportchining jismoniy sifatlarini rivojlanishi va bu sifatlarni maxsus mashg'ulot jarayonida o'stirish (rivojlantirish) bolalarning jismoniy rivojlanishini baholashda uning bo'yiga, og'irligiga, tana o'lchamlariga, ko'krak qafaslariga, oyoq o'lchamlariga va tovon o'lchamlariga qarab baholanadi. Bundan keyin bolaning harakat imkoniyatlari baholanadi. 2-bosqich vazifasi. Bunda tanlangan qatnashchilarning tanlangan sport turi bo'yicha berilgan vazifalarni qay tariqa bajarilishini ko'rib chiqishdir. Murabbiy o'quvchi bolalarni pedagogik kuzatuv, sport mashg'ulotlari jarayonida nazorat sinov musobaqalari va o'quv mashg'ullot guruhlarini murabbiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holdan o'rganadi. BO'SMga bolalarni nazorat sinovlaridan qanday o'tganligi hisobga olinadi. Bu tanlashda ko'proq iqtidorli bolalar saralab olinadi. Ilmiy harakat kengashida va jismoniy sifatlarni rivojlanishida asosiy manbaa bo'lib o'quv mexanizmi hisoblanadi. O'quv mexanizmida qatnashuvchilardan bir vaqtning o'zida texnik mashqlarni o'rganish talab qilinadi. Ilmiy harakat kengashi va jismoniy sifatlarni rivojlanishi kelajakda ko'p yillik mashg'ulot jarayonini tashkillashtirishga imkon beradi. Tanlovning uchinchi bosqichi vazifasi (sportda yo'naltirish-ning bosqichi) - sport maktabining har bir o'quvchisini uning individual sport ixtisoslashtirilishini aniqlash uchun ko'p yil davomida sistematik o'rganishdir. Sportchini uzoq vaqt davomida va sinch-kovlik bilan o'rganish uning ixtisoslashtirilishini aniqlashning ishonchliligini oshiradi. Bu bosqichda shug'ullanayotganlarning tay-yorligining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash maqsadida pedagogik kuzatishlar, kontrol 13 Ayrapetyans L.R. Pulatov A.A. Basketbol nazariyasi va uslubiyati. Toshkent 2011 y. 13
  • sinashlar, tibbiy-biologik va psixologik tad-qiqotlar amalga oshiriladi (1-jadval).: Bu vaqtda shug'ullanayotgan-ning individual sport orientatsiyasi aniqlanadi. Sport amaliyoti va nazariyasida sportdagi iqtidorlik to'g'risidagi muammo birinchi o'rinda turishi bejiz emas. Lekin hanuzgacha, tanlov samaradorligi maksimal bo'lishi uchun, uni qanday va qaysi ko'rsatkichlar asosida olib borilishi to'g'risidagi masala yechimsiz turibdi? Tanlovni olib boradigan mutaxassislarning fikricha, tanlov vaqtida sport bilan shug'ullanishga keyinchalik ma'lum bir sport turi bilan shug'ullanish uchun kerakli fazilatlarga ega bo'lgan bolalarga ko'proq e'tibor beriladi. Keyin olingan ma'lumotlar umumlashtirilib, jadvallar holiga keltiriladi va keyinchalik tasniflanadi. Iqtidorlik muammosini tadqiq etish, ayniqsa sport qobiliyatlarini tadqiq etish o'zining boshlang'ich bosqichida turibdi. Bu tabiiy iqtidorni baholashda ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qiladi, yosh sportchining morfologik, funktsional va psixologik xususiyatlarini har tomonlama tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Sportdagi tanlov - tanlangan sport faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi kerak bo'lgan insonning, harakat va psixologik funktsiyasini tavsiflaydigan omillarni hisobga olgan holda, amalga oshiriladi¹4. Sportchi aniq bir harakat faoliyatida o'z fazilatlarini muvaffaqiyatli namoyon etishi uchun bularning barchasiga ega bo'lishi kerak. Faqat bunday holda ularning keyingi rivojlanish jarayonida sport ustasi darajasigacha yetishiga umid qilish mumkin. Sport tanlovi ko'p yillik sport tayyorgarchiligining bosqichlari bilan uzluksiz bog'liq bo'lib, bolalarni maktab yoshidan sport bilan shug'ullanishga jalb qilishdan boshlanib mamlakat terma jamoalarini tuzish bilan tugaydi. 14 М.П.Шестаков «Гандбол. Тактическая подготовка. Спорт. Академ. Пресс». Москва 2001 й. 14
  • Sport maktabiga tanlov tizimi: 1-jadval Tanlov bosqichi Tanlov bosqichining asosiy vazifalari Tanlovning asosiy usullari I Sport maktabiga bolalar va o'smirlarni tanlashda dastlabki bosqich 1.Pedagogik kuzatishlar 2. Kontrol sinashlar (testlar) 3. Sport turlari bo'yicha ko'rik - qonkurslar 4. Sotsiologik tadqiqotlar 5.Tibbiy ko'riklar II Dastlabki tanlangan shug'ullanuvchilarning tanlangan sport turida muvaffaqiyatli ixtisoslashish uchun muvofiqligini chuqur tekshirish 1. Pedagogik kuzatishlar 2. Kontrol sinashlar (testlar) 3.Musobaqalar va kontrol nazoratlar 4.Psixologik tadqiqotlar 5.Tibbiy-biologik ko'riklar III Sport maktabining har bir o'quvchisini uning individual sport ixtisoslashtirilishini aniqlash maqsadida sistematik ko'p yil davomida o'rganish 1. Pedagogik kuzatishlar 2. Kontrol sinashlar (testlar) 3.Musobaqalar va kontrol nazoratlar 4.Psixologik tadqiqotlar 5.Tibbiy-biologik ko'riklar Yosh sportchilarning ko'p yillik mashg'ulotlari, har tomonlama tayyorgarligi kelgusida natijalarining halqaro sinf darajasiga yetishini ta'minlaydi. Ko'p yillik shug'ullanish jarayonini to'g'ri tuzish uchun sportchini ixtisoslashtirishni boshlash uchun va tanlangan sport turida navbatdagi razryad me'yorlarini bajarish uchun optimal yoshini aniqlash katta ahamiyatga ega. So'ngi yilar tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, tanlovda sport natijalariga ta'sir qiluvchi quyidagi omillarni hisobga olish shart: 15
  • sportchining energetik imkoniyatlari (ularning aerob va anaerob: unumdorligi); - tezlilik-kuchlilik va koordinal fazilatlari; - irsiy qobiliyatlari; morfofunktsional xususiyatlari. Yuqorida keltirilgan omillardan faqat irsiy (genetik shartli) qobiliyatlar mashg'ulot jarayonida tashkiliy ta'sirga bo'ysunmaydi. SHu paytning o'zida sportning har hil turlarida natijalarni belgilab beradigan va sportchilarni tanlashda qayd qilinadigan qator spetsifik omillar murabbiyning faol nazoratida va ijodiy faoliyatining ta'sirida turadi. Yosh sportchilarni terma jamoalariga tanlashda, sportchining asosiy musobaqalarga bevosita tayyorlanish davrida, uning tayyorlik holatini aniqlash juda muhim hisoblanadi. Bu zaruriyat, rahbar va jamoa murabbiyining musobaqadan oldingi bosqichning sport mashg'ulotlariga nafaqat tuzatishlar kiritish bilan bog'liq, balki jamoalarni to'plashda hatolarni oldini olish uchun ham muhim ahamiyatga ega¹5. SHuning uchun sportning har hil turlarida test sinovlari qo'llaniladi. Ular yordamida murabbiylar aniq musobaqalarda ishtirok etish uchun nomzodlarning operativ ishchanlik darajasini baholaydi. 1.2. O'rgatishda qo'llaniladigan usullar va tamoyillar. Gandbol mashg'ulotlariga 4-9 sinfgacha har o'quv yilida 10-12 soatdan ajratildi. Harakatlarga o'rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayonining ikki uziga xos tomonidir. Ular umumiy va shu bilan birga, jiddiy farqlarga egadir. Harakatlarni urganish, o'zlashtirish maksadida bajarib xar doim muayyan sifatlar – kuch, tezlik, chidamlik, chakkonlik kursatiladi va bu bilan ana shu sifatlarni rivojlantirishga yerdam kilinadi. Shu bilan bir vaqtda, jismoniy 15 М.П.Шестаков «Гандбол. Тактическая подготовка. Спорт. Академ. Пресс». Москва 2001 й. 16
  • sifatlarni tarbiyalab borib, harakat kunimalari va malakalarini ustirishga biror bir: yusinda ta'sir kursatadi. Ta'lim va tarbiyaning qonuniyatlarini ifodalovchi muhim boshlangich koidalar tarbiya xakidagi faning tamoyillari deb ataladi. Jismoniy tarbiya jarayonida asosan ta'lim va tarbiyaning uslubiy qonuniyatlarini ifoda etuvchi tamoyillar xam mavjuddir. Bularga onglilik va faolliylik, kursatmalilik, bajara olish va individuallashtirish, sistemalilik, rivojlanish- tarakkiy etish tamoyillari kiradi. Bajara bilish va individuallashtirish tamoyili Bajara bilish va individullashtirish tamoyili tarbiyalanuvchilarning xususiyatlarini hamda ularga berilaetgan topshiriqning qanchalik kiyin yeki yengilligi tamoyilini xam xisobga olishni ifoda etadi. Aslini olganda bu ikkala ta'rif xam bir xil ma'noni- ta'lim va tarbiya jarayonini tarbiyalanuvchilarning imkoniyatlarini, yesh, jins, xususiyatlarini, oldindan tayyorgarlik kurganligini, shuningdek, jismoniy va ma'naviy qobiliyatlaridagi individual farqlarini xam xisobga olgan xolda tashkil qilish lozimligini bildiradi. Bajara olish meʼerlarini belgilash. Jismoniy mashqlarni bajara olish, bir tomondan, shugullanuvchilarning imkoniyatlariga boglik bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularning uzlari uchun xos bo'lgan (muvofiklashtirishdagi murakkablik, intilishning shiddati, qancha davometishi va xokazo) xususiyatlarga biror mashqni bajarish paytida sodir buladigan ob'ektiv kiyinchiliklarga boglik buladi. Birinchi bilan ikkinchining (imkoniyat bilan kiyinchilikning) bir-biriga tula muvofik kelishi bajara olishning optimal me'erini ifoda etadi. Bajara olishning uslubiy shartlari. Ma'lumki, yangi malaka va ko'nikmalar ilgari xosil kilingan malakalar bazasidir. Ularning biror elementini uz ichiga olgan xolda urganiladi. SHuning uchun xam jismoniy tarbiya jarayonida bajara olishning xal qiluvchi shartlaridan biri jismoniy mashqlarning davomiyligidir Turli harakat shakllari o'rtasidagi uzaro tabiiy alokalardan hamda tuzilish jixatdan ularning umumiyligidan foydalanish orqali bunday davomiylikka erishiladi. Bu fikrni ko'pincha ma'lumdan noma'lumga yeki o'zlashtirilganidan o'zlashtirilmagan materialga utish degan koida bilan ifoda etadilar. 17
  • Bir topshiriqdan ikkinchisiga, osondan kiyinrogiga utishda xuddi shunday: muhim axamiyatga ega bo'lgan shartlardan biri izchilikkdir. Izchilikka o'rganilayotgan harakat shakllarini birdan murakkablashtirib yuboish orqali emas, balki nagruzka bilan dam olishni asta-sekin ratsional tarzda almashtirib borish, xaftalik, oylik, yillik muddat davomida nagruzkalarni boskichli, tulkinsimon o'zgartirish yuli bilan erishiladi. Bajara bilish tamoyilini ko'pincha oddiydan murakkabga, osondan kiyinga degan koidalar bilan ifoda etadilar. Harakatli mashqlarning chogishtirma ta'rifiga oddiy va murakkab degan tushunchalar uning tuzilishiga alokadordir. Jismoniy mashqlarning kiyinligiga baxo berganda, ularning koordinotsion jixatdan murakkabligi va unga sarf etiladigan jismoniy kuchni farq qilish kerak. Bajara olish me'erini ta'min etishda topshiriqni bajarishga bevosita ta'minlashga qaratilgan maxsus vosita va metodlardan foydalanish juda muhim rol uynaydi. Xozirgi vaqtda ko'pgina asosiy harakat malakalarini egallash uchun yunaltiruvchi mashqlar tizimi («uslubiy narvonchalar») ishlab chikilgan. Tayyorgarlik mashqlari zaxirasini yaratish va tartibga solish yuzasidan katta ishlar qilish lozim buladi. O'rgatishning umumiy yunalishi va xususiy yullarini individuallashtirish. Mazkur xolda individuallashtirish deganda, butun o'rgatish jarayonini shunday tashkil etishga va uning xususiy vositalaridan, usullari va mashgulot shakllaridan shundayfoydalanishga aytiladiki, ularda tarbiyalanuvchilarning xar biriga aloxida- aloxida individual tarzda yendoshiladi va ularning qobiliyatlarini ko'proq rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratilgan buladi. Ma'lumki organizmning funktsional imkoniyatlari xamisha biror individual tomoni bilan ajralib turadi. Harakatlarni o'zlashtirishning borishida xam, jismoniy nagruzkaga nisbatan organizm reaktsiyasining xarakterida xam, organizmning moslashuv uzgarishlari dinamikasida xam individual farqlar buladi. Bularning xammasi o'rgatish jarayonini kat'iy ravishda individuallashtirishni takozo etadi. 18
  • Harakatlarga o'rgatish: Jismoniy tarbiya jarayonida o'rgatishning asosiy xususiyati bu- o'rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilgandir. Harakat ko'nikmalari tarkib topish va qo`llanilish jarayonida ko'p vaqt bir- biriga ta'sir kursatadi. Ilgari xosil kilingan ko'nikmalar kuchish deb ataluvchi mexanizm bo`yicha yangi ko'nikmani tarkib topishini yeki namoen bo'lishini osonlashtiradi. Kuchish ko'p xollada yangi ko'nikma va malakalarni xosil bo'lishiga yerdam beradi. Xaraktlarga o'rgatish jarayonida «ijobiy kuchirish» dan keng foydalaniladi. Shu «ijobiy kuchirish» asosida o'qitish-o'rgatishning kanday izchillikda bo'lishi belgilanishadi va tayerlanish mashqlari tanlanadi. Ko'nikmaning kuchishi harakat aktlari tuzilishida o'xshashlik bo'lganda sodir buladi. YAngi harakat ko'nikma va malakalarini xosil qilishda, majud tayer koordinatsiyadan foydalanish, barcha tizimni kaytadan tuzishga karaganda, asab tizimiga yengil va oson buladi. O'rganilayotgan harakat akti bilan ilgari o'zlashtirilgan biror harakat akti tuzilishlari o'rtasida o'xshashlik qancha ko'p,bo'lsa yangi harakat aktini urganish shuncha yengil va tez buladi. 1.3. Turli yoshdagi o`quvchilarini gandbolga o'rgatish uslubiyati. Yosh gandbolchilarni tanlash va tayyorlashda umumta'lim maktablaridagi gandbol bo'yicha kuni uzaytirilgan va o'quv mashg'ulotlari chuqur o'zlashtiriladigan maxsus sinflar katta rol o'ynaydi. Bunda bolalar gandbolga mehr qo'yadilar va gandbol o'ynash sirlarini urganadilar. Bugungi kunda gandbolning kun sayin rivojlanishi jismonan eng baquvvat va iste'dodli o'yinchilarni tanlab olish talab qiladi. SHuning uchun ham gandbolchilarni tayyorlashdagi eng asosiy masala-umidli yoshlarni tanlab olishdir. Keyingi yillarda gandbolga doir ko'pgina ilmiy maqolalar, usuli ko'rsatmalar va qo'llanmalarda yosh gandbolchilarni tanlab olish masalalari keng yoritilmoqda. Xususan, K.A.SHperlingning ilmiy asoslangan fikrlari, ayniqsa, foydalidir. 19
  • Muallifning fikricha, xozirgi davrda gandbolchi tayyorgarligini boshqaruvchi: yagona jarayon deb qaramoq kerak. Bolalalarning yoshlariga hamda ular oldiga qo'yiladigan mashg'ulotlarning maqsadi va vazifalariga ko'ra boshqaruvchi jarayonni 3-4 davrga bo'lish mumkin. Birinchi davr (7-9 yosh) dastlabki tayyorgarlik davri deb qaraladi. Bu davrdagi asosiy vazifa bolalarda gandbolga bo'lgan qiziqishni uyg'otish va sport mahorati uchun umumiy zamin yaratishdir. Bu vazifalarni amalga oshirishda maxsus mashg'ulotlardan tashqari o`quv mashg`ulotdan keyingi sektsiya va to'garak ishlari vaqtidan foydalaniladi. Ikkinchi davr (10-12 yosh) ham biologik ham pedagogik jihatdan tanlab ola boshlashning eng muhim davri hisoblanadi. Uchinchi davr (13-16 yosh) ixtisoslikni chuqur o'zlashtirish davri. To'rtinchi davr (16 yosh va undan katta) sportda takomillashish davridir. Bunda gandbolchi o'smirlar katta yoshlilar jamoalariga tanlab olinadi. Bu davr guruh va jamoalarni tashkil etish hamda mashg'ulotlarni olib borishda o'ziga xos xususiyatlarga ega. M.A.Godik fikricha, yosh gandbolchilar tayyorgarligini kompleks tekshirish dasturi o'ziga xos qator xususiyatlarga ega bo'ladi. Birinchidan, uning mazmuni o'yinchining barcha harakat va ruhiy sifatlarini imkon boricha to'la aks ettirishi kerak. Ikkinchidan, tekshirish natijalari faqatgina yuklamalarni rejalashtirish uchun emas, balki tanlab olish, kelajagi bor iste'dodli yoshlarni aniqlash uchun ham hisobga olinadi. Dastlab sport turi talablariga javob bera oladigan va harakat malakalariga ega bo'lgan nomzodlar aniqlab olinadi. Tanlov sinovlari musobaqa shaklida o'tkaziladi. Tanlov rejasi bolalarning harakatli o'yinlarda ishtirok etishlari uchun bajariladigan nazorat mashq-larini o'z ichiga oladi. Keyinroq o'ziga xos malaka va mahoratga ega bo'lgan bolalar aniqlanadi. Bu davrda ularning gandbol bo'yicha o'quv mashg'ulotlari talablariga qobiliyati borligini aniqlovchi chuqur tekshirishlar o'tkaziladi. Murabbiylar pedagogik kuzatishlar va maxsus nazorat mashqlari tizimidan foydalanib, bolalarning gandbol o'yini uchun kerak bo'lgan ko'nikma va mahoratlari haqida to'liq ma'lumot oladilar. Gandbol mashg'ulotlarida bolaning (qobiliyatiga baho berish) harakatlari uchun va ruhiy xususiyatlarini aniqlaydigan nazorat mashqlari tanlanadi. 20
  • Sinovlardan olingan natijalar maktabga yangi qabul qilingan o'quvchining: kelajakda qanday o'qishi haqida murabbiyga ma'lumot beradi. Tanlab oladigan murabbiy tanlash sinovlarini bir necha bosqichda o'tkazadi. Gandbol bo'limi mashg'ulotlariga sog'ligi juda yaxshi bo'lgan 9-10 yoshli bolalar qabul qilinadi. Avval murabbiy bolalar bilan tanishadi. qobiliyatli bolalarni tanlab olgach, ular bilan nazorat sinovlari asosida gandbol bo'yicha dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazadi. Keyinchalik bolalar gandbolning yosh sportchilarga qo'ya-digan talablari asosida tanlanadi. Bolada gandbol o'yiniga layoqat mavjudligini tas-diqlovchi o'ziga xos ko'rsatkichlarga baho berish birinchi navbatda test o'tkazish va kuzatish natijalariga bog'liq bo'ladi. Yosh gandbolchining o'ziga xos qobiliyatini rivoj- lantirish usul va vositalarini to'g'ri tanlash katta ahamiyatga ega. Gandbol bo'yicha o'quv guruhlari tashkil etish va bolalarning sportdagi natijalarini oldindan aytib berishda testlar o'tkazish usuli va o'yinga tayyorgarlikni tahlil qilish asos qilib olinadi. Bunda pedagogik mahorat va shug'ullanuvchilar sog'ligi to'g'risidagi ma'lu-motlarni ham e'tiborga olish lozim. Bundan tashqari, bolaning ruhiy imkoniyatlariga to'g'ri baho berish ham katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bu yosh sportchining ruhiy sifatlari rivojlanish darajasini aniqlashga, gandbolchining o'yin usullarini yaxshi o'rganib olishga imkon beradi. Birinchi bosqichda gandbol o'yiniga qobiliyatli bolalar tanlanadi va tanlangan sport mutaxassisligi bo'yicha dastlabki mashg'ulotlar tashkil etiladi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida bolaning gandbol o'yiniga yaroqliligi, tanlangan mutaxassislikka bola imkoniyatlarining javob bera olishi va taklif etiladigan ta'sir vositalari hamda dastlabki ko'rsat-kichlarining o'zgarish darajasi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda bolaning tanlangan mutaxassis-likka qobiliyati test ko'rsatkichlari dinamikasining o'sib borishi asosida chuqur tahlil qilinadi. 1,5-2 yil mobaynida to'g'ri tashkil etilgan o'quv-mashg'ulotlari orqali gandbolchining o'yin faoliyati uchun kerak bo'lgan asosiy xususiyatlar bilib olinadi. Bolaning gandbolni tanlashi maqsadga qanchalik muvofiqligi 2 yil ichida 30
  • bilinadi, shundan so'ng (trener) murabbiy bu xaqda qatiy qarorga kelishi mumkin.: Binobarin, bolalarni tanlab olish, guruhlarni tashkil etish 2 yil davom etadi. Buning natijasida shu sport turini tanlagan yoshlarning maktabdagi o'qishlariga va boshqa shaxsiy xususiyatlari rivojlanishiga xalaqit bermagan holda ularning yuqori sport natijalariga erisha olishlarini aniqlab, o'quv guruhlarida qoldirish zarurligini oldindan aytib berish mushqo`l bo'ladi. Gandbol mashg'ulotlari bo'yicha o'quv guruhlarini tashkil etish uchun bolalarni tanlashda ularning bo'yiga ayniqsa katta ahamiyat berish lozim. Gandbol bo'yicha sport maktablariga bolalarni tanlab olishda quyidagi testlar qo'llaniladi. 1. 30 m ga yugurish (sek). 2. To'pni olib 30 m² yurish (sek). 3. Tennis koptogini uzoqqa otish (m). 4. Turgan joyidan uzunlikka sakrash (sm). 5. Turgan joydan uch xatlab sakrash (bolalar uchun, sm). 6. Oltita ustunchani aylanib o'tish (masofa 30 m, sek). 7. Murakkab kompleks mashqlarni bajarishda hamda harakatli o'yinlarda qatnashish. Tanlov sinovlari o'tkazish uchun mo'ljallangan nazorat mashqlarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ular o'z xajmi va ko'rsatkichlari bo'yicha gandbol o'yini uchun zarur bo'lgan hozirgi zamon talablariga bemalol javob beradi, chunki ular harakat malakalarini hosil qilish asosida bolaning jismoniy qobiliyatlarini aniqlashga xolisona yordam berishi mumkin. 31
  • II- BOB. TADQIQOTNING VAZIFALARI, USLUBLARI VA TASHKIL: ETILISHI 2.1. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari Tadqiqot va kezatuvnin olib borishda quyidagi vazifalar amalga oshirildi: 1. Yoshga qarab gandbol o'yiniga o'rgatish hususiyatlarini aniqlash 2. Yosh gandbolchilarni (o'g'il bolalar va qizlar) jismoniy imkoniyatlarini aniqlash bo'yicha mezon ishlab chiqish. 2.2. Bitiruv malakaviy ishining uslublari. a) ilmiy- uslubiy adabiyotlar taxlili b) pedagogik kuzatish v) pedagogik tajriba 2.3. Pedagogik tajribalar Umumta'lim maktab o'quvchilari bilan o'tkaziladigan gandbol mashg'ulotlarida qo'llaniladigan vositalar, ketma-ketligi, me'yorlari va ularning davomiyligi aniqlandi. Mashg'ulot jarayonidagi harakatlarning o'zlashtirilishi kuzatildi. O'quv yillari davomida o'quv – tarbiya jarayoni kuzatilib, dasturdagi asosiy mashqlardan foydalanish uslublari va tamoyillar pedagogik kuzatish ob'ekti bo'ldi. Bunda asosiy e'tibor gandbol harakat ko'nikma va malakalarini shakllanishi va texnik, taktik tayyorgaliklarga qaratildi. 2.4. Pedagogik kuzatishlar va olingan natijalarni tahlil qilish. Kuzatv ishi 2017-2018 o'quv yilida Termiz shaxridagi 9-son umumta'lim maktabida olib borildi. Kuzatv ishida 20 dan ortiq o`quv mashg`ulot va o`quv mashg`ulotdan tashqari gandbol mashg'ulotlari o'rganildi. Kuzatv ishlari umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya dasturiga asosan o'tkazildi. 32
  • III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA VA UNING NATIJALARI: 3.1.Bolalar va o'smirlar guruhlari bilan ishlash xususiyatlari Yosh gandbolchilarni tayyorlashda avvalambor o'sayotgan organizmning fiziologik xususiyatlariga va tayyorlash vazifalarining ish xususiyatlariga mos kelishiga asoslanishi kerak. To'g'ri va o'z vaqtida qo'yilgan jismoniy va funktsional tayyorgarlik asoslari asosiy malka va mahoratlarni shakllantirish jarayoni bilan birgalikda kelgusida yuqori sport natijalariga erishish uchun yordam beradigan ishni olib borishga imkoniyat tug'diradi. Quyidagi vaziyatlarni hisobga olish zarur: 1) Yosh o'zgarishi bilan birga bolaning organizmi ham o'zgaradi. Bu o'zgarishlar nafaqat son jihatdan (bo'y, vazn), balki sifat jihatdan ham egadirlar. SHuning uchun kattalarga qo'yiladigan talablarni, bolaning yoshiga mutanosib ravishda yuzaki tarzda kamaytirib, bolalarga qo'yish mumkin emas. 2) Bola organizmining rivojlanishi uzluksiz, ammo notekis holda ketadi (kechadi). Ma'lum bir davrlarda muhim o'zgarishlar bo'lib o'tadi (bo'ynning mushak massasining o'sishi, organ va tizimlarining rivojlanishi har xil yoshga qarab bo'lingan davrlarda sur'at jihatdan ham metobolik jarayonlar xarakteri jihatdan ham turlichadir). Masalan, qizlarning jinsiy yetilishi davri o'g'il bolalarnikiga qaraganda ancha ertadir, qizlar 11-13 yoshda bo'y va vazn jihatidan o'g'il bolalardan o'zib ketishadi, o'g'il bolalarda mushak kuchi 13-14 yoshda ayniqsa jadal ravishda o'sadi, qiz bolalarda esa 11-12 yoshda. 3) Bolalarning jismoniy sifatlarning va boshqa qobiliyatlarning rivojlanish sur'atlari ma'lum bir davrlarga to'g'ri keladi. Natija ma'lum bir jismoniy sifatlarni va boshqa qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulayroq shart-sharoitlar yaratiladi. Masalan, sezuvchanlik tezligi 15 yoshgacha rivojlanadi, yuqori tezlikning o'sishi 13- 14 yoshlarga ayniqsa jadal ravishda bo'lib o'tadi. O'g'il bolalarda yuqoriga sakrash 33
  • natijalarining eng yuqori o'sishi 9-13 yoshda kuzatiladi, keyinchalik bu jarayon: barqarorlashadi, qizlar esa ba'zan 15 yoshdan keyin vaqtinchalik yomonlashadi ham. 4) Harakatning har xil turlarida qizlarning va o'g'il bolalarning ko'rsatkichlari yoshiga qarab bo'lingan guruhlarga qarab turlicha bo'ladi. SHuning uchun yosh o'sishi natijasida vujudga keladigan shart-sharoitlarni hisobga olish kerak. 5) Har bir organizmning yakka tarzda rivojlantirishini yodda tutish zarur. Kalendar, pasport yoshidan tashqari jismoniy rivojlanish saviyasini, harakatlantiruvchi imkoniyatlarini, jinsiy yetilish va h.k. tasniflaydigan biologik yoshni ham hisobga olish tavsiya etiladi. Kalendar yoshi biologik yoshga to'g'ri kelmasligi ham mumkin. Ma'lum bir o'yin ampluasi tavsifi bilan usullar takomil-lashtiriladi. Avvaldan o'rganilgan o'yin usullari jamoadagi o'yinchilar ampluasi, jismoniy tayyorgarligi va materiallarni individual o'zlashtirishi usuli asosida takomillashtiriladi. Ikkinchi qator xujumchi o'yinchilar uchun Harakatlanish. Yugurish: qisqa masofaga sakrab, chalmash qadamlar bilan, o'ng va chap yon bilan qadamma-qadam, oddiy qadam, keng va qisqa, oldinga qarab, yon bilan, orqa bilan oldinga; bir va ikki oyoqda to'xtash; bir va ikki oyoqda yuqoriga va uzunlikka sakrashlarni takomillashtirish. To'pni egallab yurish. Joyida turib, harakatda va sakrab gavdani burmasdan ikki ko'llab to'pni ilish. Bir qo'llab to'pni ilish. Bir qo'llab to'pni uzatish (siltab, itarib), kaft (qism) bilan joyida, harakatda, yugurib, bir, ikki, uch qadamdan so'ng, sakrab yuqori tezlikda kelgan to'pni to'xtatib, yerdan sapchib kelgan, ximoyachi yaqinida har xil yo'nalishdagi to'plarni ilish. Harakatdagi sherigiga uzun va qisqa masofaga to'p o'zatish. To'pga qaramasdan to'pni yerga urib olib yurish va maksimal tezlikda ta'qib qilib kelayotgan raqibdan qutilish maqsadida harakat qilishni takomillashtirish. To'pni bir qo'llab yuqoridan, yondan, chap va o'ng tomonga gavdani burib, tayanib, sakrab har xil harakatda uzoq va yaqin masofadan, har xil traektoriyada to'p uzatish. 34
  • Birinchi qator va yon burchak hujumchilari uchun: Harakatlanish. Qisqa bo'lakli masofalarga keng va mayda qadamlarda tezlanish, xarakat yo'nalishini o'zgartirib xarakat qilishni takomillashtirish. O'ng va chap oyoqda depsinib yon tomonlarga sakrash. To'pga egallab yurish. Bir va ikki qo'llab (oldindan va yon tomondan) yuqori tezlikda harakat qilib (ximoyachilar yaqinida) to'pni ilish. Yuqori tezlikda yo'nalishlarni o'zgartirib, har xil tomonlarga burilib to'pni yerga urib olib yurish. Bir ko'llab (yuqoridan, yondan, pastdan) gavdani o'ng va chap tomonlarga egib, har xil traektoriyalarda, uzunlikka va yuqoriga sakrab to'pni otish. Joydan yugurib, tayanib va sakrab bir ko'llab yiqilib (qo'l va yonboshga) to'p otish. 9-10 yoshli o'quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi 2-jadval Jismoniy Nazorat yoshi jinsi darajasi imkoniyatlar mashqlari past o'rta yuqori Tezkorlik 30 metrga 9 Ο' 6,8 6,7-5,7 5,1 yugirish Q 7,0 6,9-6,0 5,3 10 Ο' 6,6 6,5-5,6 5,1 Q 6,6 6,5-5,6 5,2 Koordinatsiya Mokisimon 9 Ο' 10,2 9,9-9,3 8,8 lilik yugirish 3-10 m, s Q 10,8 10,3-9,7 9,3 10 Ο' 9,9 9,5-9,9 8,6 Q 10,4 10,0-9,5 9,1 Tezkor-kuch Turgan joydan 9 Ο' 120 130-150 175 uzunlikka sakrash, sm Q 110 135-150 160 10 Ο' 130 140-160 185 Q 120 140-155 170 35
  • CHidamlilik: 6-daqiqa yugirish 9 800 850- 1200 Q 600 1000 1000 10 Ο' 850 700-900 1250 Q 650 900- 1050 1050 750-950 Egiluvchanlik | O'tirgan xolda 9 Ο' 1 3-5 7,5 oldinga engashish, Q 2 6-9 13,0 sm 10 Ο' 2 4-6 8,5 Q 3 7-10 14,0 Kuchlilik Baland turnikdan 9 Ο' 1 3-4 5 osilib tortilish Q 3 7-11 16 (o'g'il bolalar), 10 Ο' 1 3-4 5 past turnikdan yotgan xolatda osilib tortilish (qizlar), marta Q 4 8-13 18 3.2.Kichik yoshdagi gandbolchilar bilan ishlash uslubiyatlari. 11-12 yoshlilar. Bu yoshdagi bolalar uchun ularning tana a'zolari va tizimlari rivojlanishida nisbatan mo''tadillik kuzatiladi. Bu yoshda markaziy asab tizimi plastik ekanligi, yurak-tomir tizimi qisqa muddatli, uzoq davom etmaydigan tezlik zo'riqishlariga chidamliligi, jismoniy sifatlarni rivojlanishi lozim darajada ekanligi tufayli bolalarda zarur ko'nikmalarini shakllantirish uchun qulay sharoit mavjud bo'ladi. 36
  • Shuni esda tutish kerakki, bu yoshda hali skelet suyaklari yetarli darajada: mustahkam bo'lmaydi, paylar egiluvchan va cho'ziluvchan bo'ladi. Mushaklar nisbatan sust rivojlangan: yirik mushaklar yaxshiroq rivojlangan va mayda mushaklar kam rivojlangan bo'ladi. Bunday vaziyat hisobga olinmasa (ya'ni mashg'ulotlar noto'g'ri tashkil etilsa va mashqlar noto'g'ri tanlansa) ko'krak qafasi va umurtqa pag'onasi shaklini o'zgarishiga uchrashi, gavda rasoligi buzilishi mumkin. Bu yoshdan o'pka hali yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli nafas olish apparatining funktsional imkoniyatlari cheklangan bo'ladi. Yuklanish kuchayib borgan sari tomir urishi va nafas olish ancha tezlashib ketib, asta-sekinlik bilan asliga qaytadi. Bu yoshdagi bolalarning funktsional imkoniyatlari cheklangan bo'ladi. Mashg'ulotlarda har tamonlama jismoniy tayyorgarlikka alohida e'tibor beriladi. Shu maqsadda xilma-xil vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar qanchalik ko'p bo'lsa, qo'yilgan vazifalar shunchalik muvoffaqiyatli bajariladi. Murakkabligi turlicha bo'lgan har xil ko'nikmalarining ko'p hosil qilinishi yana yangi-yangi ko'nikmalarini shakllantirish vazifasini osonlashtiradi. Bolalarning yosh xususiyatlariga qarab vujudga keltiriladigan qulay sharoitlarining yana biri bu yoshdan egiluvchanlik-bukiluvchanlik hamda chaqqonlik- epchillik mashqlarining kuchli ta'sir qilishidir. Shuning uchun akrobatik mashqlarga e'tibor berish kerak. Bu mashqlarni uloqtirish mashqlari bilan, to'pni turli yo'nalishlar bo'ylab uzatish mashqlari bilan qo'shib bajarish lozim. Kuch ko'rsatkichlari 11-12 yoshli bolalarda hali juda kichik bo'ladi. SHuning uchun avval boshdaniq mashg'ulotlarga tezlik-kuch tavsifidagi mashqlar, sakrash mashqlari kiritilishi lozim (dastlab turgan joydan sakrash mashqlari bajariladi, keyinchalik harakat qilib turib buyumlarsiz sakrash mashqlariga o'tiladi, so'ngra ip bilan sakraladi, va nihoyat, alohida-yakka to'siqlardan sakrab o'tish mashqlari yopiladi). Bu mashqlar tez charchatib qo'yishini hisobga olib, bolalarga oz-ozdan mashq qildiriladi, mashqlar orasida faol dam olish daqiqalari uyushtiriladi. 37
  • Har bir usul avvaliga alohida-alohida o'rnaladi. Buning uchun maxsus tarzda: vujudga keltirilgan sharoitlar ishga solinadi. Mashqlar aniq o'ziga hoslik kasb etishi kerak. Buning uchun sheriklarni turli shaklda safga turg'izib, ularga bitta usulning o'zini turli holatlarda bajarish taklif qilinadi. Mashqni bajarayotgan vaqtda o'quvchidan o'z joyini, ko'rib xotirlab mo'ljal olish talab qilinadigan har xil qo'shimcha harakatlar ham bajariladi. Taktik ko'nikmalarini shakllantirish vaqtida dastlab uni hal qilish usullari ko'rsatib beriladi. Faqat oradan ancha vaqt o'tgach o'quvchi o'ziga ko'rsatib beradigan dastlabki vazifalarni uddalay olganidan keyingina unga taktik topshiriq tanlash, bu ishda o'z tashabbusini ko'rsatish huquqi beriladi. 11-12 yoshli o'quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi 3-jadval Jismoniy Nazorat yoshi jinsi darajasi imkoniyatlar mashqlari past o'rta yuqori Tezkorlik 30 metrga 11 6,3 va 6,1-5,5 5,0 va past yugirish Q yuqori 6,3-5,7 5,1 12 Ο' 6,4 5,8-5,4 4,9 Q 6,0 6,0-6,4 5,0 6,2 Koordinatsiya Mokisimon 11 Ο' 9,7 va 9,3-8,8 8,5 va past lilik yugirish 3-10 Q yuqori 9,7-9,3 8,9 m, s 12 Ο' 10,1 9,0-8,6 8,3 Q 9,3 9,6-9,1 8,8 10,0 Tezkor-kuch Turgan joydan 11 140 va past 160-180 195 va past uzunlikka Q 130 150-175 185 sakrash, sm 12 145 165-180 200 38
  • Q: 135 155-175 190 Chidamlilik 6-daqiqa 11 Ο' 900 va 1000- 1300 va yugirish Q kichik 1100 yuqori 12 Ο' 700 850- 1100 Q 950 1000 1350 750 1100- 1150 1200 900- 1050 Egiluvchanlik O'tirgan 11 Ο' 2 va past 6-8 10 va yuqori xolatda oldinga Q 4 8-10 15 engashish, sm 12 Ο' 2 6-8 10 Q 5 9-11 16 Kuchlilik Baland 11 Ο' 1 va past 4-5 6 va yuqori turnikdan Q 4 10-14 19 osilib tortilish 12 Ο' 1 4-6 7 (o'g'il bolalar), Q 4 11-15 20 past turnikdan yotgan xolatda osilib tortilish (qizlar), marta 3.3.O'rta yoshdagi gandbolchilar bilan ishlash uslubiyatlari. 13-14 yoshliklar. Asosiy vazifa – bolalarni sport faoliyatiga jalb etish. Bo'lajak mohir sportchini tayyorlashning bu davri juda muhim davr hisoblanadi. CHunki bu yoshda kichik gandbolchilarning yosh - jins xususiyatlari va ularning rivojlanishi 39
  • o'quvchilarda harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish. Ularda qobiliyatlarni: namoyon etish bo'yicha aniq maqsadni ko'zlagan holda ish olib borish uchun g'oyat katta imkoniyat yaratib beradi. Tayyorgarlik vazifalari: A) sport texnikasini, ilgari o'rganilgan mashqlarni mustahkamlash va kengaytirish hamda zamonaviy texnikani egallash; B) guruh bo'lib va butun jamoa bilan o'ynaganda o'zaro kelishib harakat qilish qoidalarini egallash, muayyan taktik tizimlar va ularning murakkab harakatlaridan foydalanish vaqtida qo'llanilgan o'zaro harakatlarga ushbu qoidalarni tadbiq etish. V) umumiy jismoniy tayyorgarlikni yanada takomillashtirib borish, aniq o'yin faoliyatida foydalaniladigan maxsus sifat va qobiliyatlarni rivojlantirish uchun mashqlar hajmini asta- sekin oshirib borish; G) jamoada ehtimol tutilgan o'yin funktsiyalarini belgilab olish uchun yakka mayllar va qobiliyatlarini aniqlash. O'rta yosh – bu jinsiy yetilish davridir. Bu davrda yoshlar gavdasi bo'yiga tez o'sadi, mushak tizimlari kattalashadi, asab tizimi jadal ravishda rivojlanadi. Bu davr shunisi bilan qimmatliki, bolaning organizmi jismoniy mashqlarning tarbiyaviy ta'siriga va sog'lomlashtiruvchi ta'siriga ko'proq darajada beriluvchan bo'ladi. Organizmning rivojlanishi barcha bolalarda to'lqinsimon tarzda rivojlanadi, hamda bir hilda kechmaydi. O'sish sur'atlari nihoyatda yakka holda bo'ladi, bu esa pedagogik ishlar olib borish uchun juda muhimdir. Bilim saviyasi kengayib borgani sari yangi-yangi hissiyotlar vujudga keladi. Bosh miya po'stlog'ida qo'zg'aluvchanlik hamda asab tizimi umumiy tashqi ta'sirchanlik ortib borishi psixikada in'kos etadi. U beqaror bo'lib qoladi. Bu yoshdagi yigit-qizlar ko'pincha o'jar, sal narsaga ham xafa bo'ladigan, haddan tashqari ta'sirchan bo'lib qoladilar. Ular biroz cho'ziladigan zo'riqishlarni, uzoq 40
  • davom etadigan musobaqalarni yomon ko'radigan, mashg'ulotlardan qattiq istirob: chekadigan, mashg'ulot yuklamalarini jadalligini ko'tara olmaydigan, mashqlardagi bir xillikdan zerikadigan bo'lib qoladilar. O'z kuchiga haddan tashqari ortiqcha baho berish hollari ham tez-tez uchrab turadi. Bu yillar ichida harakat bilan bog'liq har xil funktsiyalarning rivojlanishi ayniqsa yuksak darajaga ko'tariladi. Bu yoshdagi yigit-qizlar o'ta egiluvchanlik, bukiluvchanlik bajaradilar. YAngi murakkab harakat muvofiqligini, katta tezlik, aniqlik, rivojlangan mushak hissi, yaxshi mo'ljal ola bilish va yaxshi xotira talab qilinadigan murakkab harakatlarni o'rganib olishga qodir bo'ladilar. Ayni vaqtda umumiy jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish ustida olib boriladigan ishlar davom ettiriladi. Asta sekin maxsus jismoniy sifatlarni va ayniqsa tezlik-kuch sifatlarini takomillashtirish bo'yicha bajariladigan mashqlar tobora ko'proq ahamiyat kasb eta boshlaydi. Sport texnikasi ustida ish olib borayotgan vaqtda ancha usullardan foydalaniladi. Texnika ustida ishlaganda u qo'llanayotgan sharoitni murakkablashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak. Raqib bilan mashq qilib bir-biriga qarshi qilinayotgan harakatlar kuchayib borayotgan sharoitda o'zaro ta'sir ko'rsatib bajariladigan majmua tavsifdagi mashqlar kattagina hajmini tashkil etadi. Mashg'ulot ishida texnikani takomillashtirish va jismoniy sifatlarni o'stirishga qaratilgan mashqlarni bir-biriga qo'shib bajarish kerak. To'p tashlash texnikasini ustida ish olib borilayotgan vaqtda asosiy e'tibor aniqlikni rivojlantirishga qaratiladi. Bolalarni to'p tashlashga, uni qo'ldan tegishli tezlik asosida chiqarish mahoratiga va to'pni nishonga tekkizishga o'rgatiladi. To'p tezligi uni tegishli yo'nalishda uchib borishi bilan qo'shib amalga oshirilishi kerak. Bu davrda taktik tafakkur va hulq atvor malakalarini hamda mahoratini shakllantirish bo'yicha bajariladigan ishlar katta o'rin tutadi. Bunda ishni ikki va uch o'yinchi o'zaro kelishib harakat qilish yo'llari, o'yin o'tkazishning asosiy tizimlari o'rnatiladi. 41
  • O'yinga tayyorgarlik ishlari asosan jamoani shakllantirishga, o'yinning o'yin: ko'rsata olish qobiliyatini oshirishga qaratiladi. Bunda har bir o'yinchi o'z o'rnini va vazifalarini yaxshi bilib olishi kerak. Lekin bu bilan birga, har bir yigit va qiz turli joylarda o'ynay olishga o'rganishi zarur. Bu kelajakda sport sohasida ixtisoslashish uchun, taktik bilim doirasini hamda taktik hulq-atvor ko'nikmalarini kengaytirib borish uchun sportchining yakka qobiliyatlarini to'laroq ochilishiga yordam beradi. Trenirovka mashg'ulotlariga ko'proq ikki hil yuklama qo'llaniladi: ya'ni nisbatan uzoq davom etadigan yuklamalar hamda, mo''tadil jadallik bilan o'tadigan yuklamalar, mashqlar o'rtasidagi oraliqlarda dam olishga imkon beradigan yuklamalar. 13-14 yoshli o'quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi 4-jadval Jismoniy Nazorat yoshi jinsi darajasi imkoniyatlar mashqlari past o'rta yuqori Tezkorlik 30 metrga 13 5,9 5,6-5,2 4,8 yugirish Q 6,3 6,2-5,5 5,0 14 Ο' 5,8 5,5-5,1 4,7 Q 6,1 5,9-5,4 4,9 Koordinatsiya Mokisimon 13 Ο' 9,3 9,0-8,6 8,3 lilik yugirish 3-10 Q 10,0 9,5-9,0 8,7 m, s 14 Ο' 9,3 8,7-8,3 8,0 Q 9,9 9,4-9,0 8,6 Tezkor-kuch Turgan joydan 13 Ο' 150 170-190 205 uzunlikka Q 140 160-180 200 sakrash, sm 14 Ο' 160 180-195 210 Q 145 160-180 200 CHidamlilik 6-daqiqa 13 Ο' 1000 1150- 1400 42
  • yugirish: Q 800 1250 1200 14 Ο' 1050 950- 1450 Q 850 1100 1250 1200- 1300 1000- 1150 Egiluvchanlik O'tirgan 13 Ο' 2 5-7 9 xolatda oldinga Q 6 10-12 18 engashish, sm 14 Ο' 3 7-9 11 Q 7 12-14 20 Kuchlilik Baland 13 Ο' 1 5-6 8 turnikdan Q 5 12-15 19 osilib tortilish 14 Ο' 2 6-7 9 (o'g'il bolalar), Q 5 13-15 17 past turnikdan yotgan xolatda osilib tortilish (qizlar), marta 15 - 18 yoshdagi gandbolchilarni tayyorlashni o'ziga xos xususiyatlari. Maxsus tayyorgarlik mashqlari. Tez harakat va sakrovchanlikni rivojlantirish uchun mashqlar. Tezlanish har xil holatda (o'tirib, turib, yotib) oldinga, yon va orqa bilan uchdan qirq metrgacha bo'lgan masofalarda tez yugurish. Joyida va harakatda maksimal tez qadam bilan yugurish. Har xil ishora va tovushlarga binoan sherik ortidan to'pga ega bo'lish uchun musobaqalashish. Tezkor o'yinchi ortidan yo'nalishni o'zgartirib (ilon izi, oldi va orqa bilan mokisimon yugurish har xil burilishlar) yugurish. Qisqa bo'laklar yakunida, o'rtasida, masofa boshida sakrab 43
  • yugurish. CHuqurlikka sakragan, so'ng yana yuqori sakrab chiqish (bitta-bittalab va: ko'p martalab). Oyoqdan-oyoqqa ko'p marta sakrash (necha marta sakrashni ma'lum qilib: 10 metrdan 50 metrgacha). Tayanch oyoqda joyda va harakatda tizzani bukmay sakrash. Yon tomonga (bittalab va ko'p marta) joydan “ariq" ustidan oldinga va orqaga intilib sakrash. Har xil og'irlik (og'ir kamar, boldirga biriktirilgan og'irlik, og'irlashtirib to'ldi-rilgan to'plar, gantellar yana boshq.) yugurish va sakrash. To'p otish uchun zarur bo'lgan sifatlarni rivojlantirish uchun mashqlar Qo'lning bukiladigan qismlarini bukish, yozish va qo'l panja qismlarini aylanma harakatlar qilish. O'ng va chap qo'llar barmoq-lari bilan galma-gal devordan itarilish. Dastlabki holatda tik ko'llarga tayanib yotib, oyoq uchlari joyda, qo'llar bilan yurib aylanma harakat qilish (o'ngga va chapga). Tik qo'llarda tayanib, oyoqlar sherik yordamida ko'tarilib, oldinga, orqaga harakat qilish. To'g'ri qo'l va oyoq uchlariga tayanib yotib, oyoq va qo'llar bilan bir vaqtda depsinib sakrab, ko'llar bilan qarsak urish. Qo'l panjasida gantel, espander, tennis to'pi bilan mashqlar qilish (siqish). Rezinali arqon va gantellar bilan otish mashqlarini “imitatsiya" qilish. O'rindiqda yotib, qo'llarga gantel olib, ko'llarni yuqoriga, yonga pastga yana boshqa harakatlar qilish. Har xil vazndagi va kattalikdagi (tennis, erkak va ayollar gandbol to'pi va 1 kg gacha bo'lgan to'ldirma to'plar) uzoqlikka, mo'ljalga tezlik bilan otish. Toshni suv ustidan sapchitib otish. Yuqoriga tortib qo'yilgan arqon, voleybol to'ri ustidan to'pni ma'lum bir nuqtaga mo'ljallab otish. Joyidan, sakrab oldinga, yonga yiqilib qo'llarga tushish. Yugurib kelib gimnastika o'rindig'idan depsinib sakrab to'p otish. Yugurib kelib gimnastika ko'prikchasidan depsinib sakrab, yerdagi, devordagi, darvozadagi belgilangan nuqtaga teqqazish sharti bilan to'p otish. O'yinda chaqqonlikni rivojlantirish uchun mashqlar Yugurib, yurib, yiqilib, do'mbaloq oshib, burilishlardan so'ng to'pni tashlab va uni ilib olish. Do'mbaloq oshib turib to'pni mo'ljalga uzatish. Tennis va gandbol to'pini kutilmaganda paydo bo'lgan nishonga urish. Devorga (batut) otib, undan 44
  • qaytgan to'pni ilib olish. Devordan (batut) qaytgan to'pni o'girilib, o'tirib turib,: sakragandan so'ng ilib olish. Gimnastika ko'prikchasidan depsinib yuqoriga sakrab uchish fazasida to'p va to'psiz (gavdaning vertikal holatini saqlab) har xil harakatlarni bajarish. O'rindiq ustida to'pni olib yurish, o'rindiq ustida yurib to'pni yerga urib olib yurish va to'siqlar ustidan o'tib to'pni yerga urib olib yurish. Ikki qo'lni vaqti-vaqti bilan almashtirib ikki to'pni yerga urib olib yurish. To'pni yerga urib olib yurib sherik to'pini urib yuborish. Maksimal shiddat bilan har xil yugurish, sakrash, ilish, uzatish, otish va to'pni yerga urib olib yurish mashqlarini bajarish. Har xil kenglikdagi qadamlarda, har xil tezlikdagi yugurishlarni bajarish. Yugurish, to'pni ilish, uzatish va otish elementlarini qo'shib estafetalar o'tkazish. SHerik bilan 2-3 m oraliq musofani saqlab bir-biriga yuzma-yuz har xil harakatlarni bajarish. Maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun mashqlar. Yugurib, sakrab texnik-taktik mashqlarni ko'p marta har xil shiddatda, davomiylikda va tanaffusda bajarish. O'yin vaqtini ko'paytirib, himoyadan hujumga, hujumdan himoyaga o'tib, o'quv o'yinlarini o'tkazish. Aylanma mashg'ulot (tezkor- kuch, maxsus). Zamonaviy sport uchun mashg'ulot yuklamalari shiddati va hajmini ko'paytirish o'ziga xosdir. Bu sport maktablarida ishni tashkil etishda o'z o'rini topgan. Mashg'ulot jarayonining muhim vazifalaridan biri doimo jarohatni oldini olishdir. Jarohat-lar o'quv-mashg'ulot jarayoni davomida samarali mashg'ulot tizimiga halaqit beradi. Ko'pincha gandbolda jarohat tezlik yuklamalarini bajarishda yuzaga keladi, chunki bu holda mushaklar, bo'g'imlar maksimal ish bajarishiga to'g'ri keladi. Asosiy sabab tezlikni kuchaytirish oldindan badanni qizdirish mashqlarining yetarli bo'lmasligida va shug'ullanuvchilar organizmining charchash holatiga kelib qolganligidir. 45
  • 15-18 yoshdagi gandbolchilarni tayyorlashni o'ziga xos xususiyatlari.: Mashg'ulotlarga ajratiladigan vaqt xaftasiga 12-14 soatga qadar oshirib boriladi. Guruhdagi kishilar soni 12-15 kishidan oshmasligi kerak. Jamoa bo'lib bajariladigan mashqlarga ham, yakka mashqlarga ham samarali rejalar tuzishdan iborat ish shakli qo'llaniladi. Musobaqalar salmog'i ancha katta: bir yil mobaynida kamida 30-40 musobaqa o'tkaziladi. Yuksak sport mahoratiga erishi vazifasini hal qilishga qaratilgan vositalar va uslublarning ancha katta bo'lishiga qaramasdan, bu yerda pedagogik yo'nalishga rioya etilishi shart. Mashg'ulotda yuqori yuklamalarga ko'nikishga maxsus tikla-nish tadbirlari sabab bo'ladi. Mamlakatimizda turli hil tiklanish tizimlari ishlab chiqilgan, bulardan yuqori yuklamalar bilan ishlaydilar. Sport maktablarida tiklanish tadbirlarini tashkil etishda bu tizimga asosan foydalanish mumkin. Tiklanish vositalari uch guruhga bo'linadi: pedagogik, irodaviy, gigienik va tibbiy-biologik. Pedagogik vositalar asosiy hisoblanadi, chunki samarasiz tuzilgan mashg'ulotda boshqa tiklanish vositalari befoyda bo'lishi mumkin. Pedagogik vositalar o'quv mashg'ulotini to'g'ri tuzishda tiklanish jarayonini yaxshilashga qaratiladi, alohida bosqichlarda o'quv-mashg'ulot mikrotsikllarini samarali tuzishga yordam beradi. Maxsus irodaviy o'rgatish usullarini malakali ruxshunoslar ta'sirida amalga oshiriladi. Ammo sport maktablarida o'quvchi-larning bo'sh vaqtini boshqarishda ularning emotsional harakatini yo'q qilishda va yana boshqa holatlarda murabbiy o'qituvchi roli yanada quchayadi. Bu shartlar tavsifi va tiklanish jarayoni mobay-nida salmoqli ta'sir etadi. Gigienik tiklanish vositalari yaqqol ishlab chiqiladi. Bu kun tartibiga, ishga, o'quv mashg'ulotiga, dam olish, ovqatlanishga talabdir. Gigienik talablarga rioya qilish albatta zarurdir: mashg'ulot joyi, binolar holati va sport anjomlari. 48
  • Tibbiy-biologik tiklanish o'z ichiga qo'yidagilarni oladi: oqilona vitaminli: ovqatlanish, tiklantiruvchi jismoniy vosita-lar. O'quv-mashg'ulot yig'inlarida ovqatlanishni tashkil etishda rahbariyat qo'yidagilarga e'tibor berishi lozim: 1. Ilmiy tekshirish institutlari tomondan tavsiya etilgan ovqatlanish nizomiga rioya etish. 2. Qishki mavsumda vitaminlardan foydalanish, og'ir yukla-malar berish, ularni me'yoridan oshirib yubormaslikni qat'iy nazorat qilish. 3. Tibbiy-biologik vositalar faqat tibbiy xodim va uni nazorat qiluvchi tomonidan belgilanadi. 4. Tiklanish vositalari faqat sport ish qobiliyati susayganda yoki mashg'ulot yuklamalarini bajarish yomonlashganda qo'llaniladi. jismoniy tayyorgarlikka yo'naltirilgan mashqlar bilan bir qator maxsus sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning xissasi tobora ortib boramoqda. Epchillik, tezkorlik ustidagi ishlar davom etmoqda. Kuch va chidamlilikni rivojlantirishga aloxida e'tibor qaratiladi. 49
  • XULOSA VA TAKLIFLAR: 1. YOsh gandbolchilarni tayyorlashda avvalambor o'sayotgan organizmning fiziologik xususiyatlariga va tayyorlash vazifalarining ish xususiyatlariga mos kelishiga asoslanishi kerak. To'g'ri va o'z vaqtida qo'yilgan jismoniy va funktsional tayyorgarlik asoslari asosiy malaka va mahoratlarni shakllantirish jarayoni bilan birgalikda kelgusida yuqori sport natijalariga erishish uchun yordam beradigan ishni olib borishga imkoniyat tug'diradi. 2. YOsh o'zgarishi bilan birga bolaning organizmi ham o'zgaradi. SHuning uchun kattalarga qo'yiladigan talablarni, bolaning yoshiga mutanosib ravishda yuzaki tarzda kamaytirib, bolalarga qo'yish mumkin emas. 3. Kuch ko'rsatkichlari 11-12 yoshli bolalarda hali juda kichik bo'ladi. SHuning uchun avval boshdaniq mashg'ulotlarga tezlik-kuch tavsifidagi mashqlar, sakrash mashqlari kiritilishi lozim. Bu mashqlar tez charchatib qo'yishini hisobga olib, bolalarga oz-ozdan mashq qildiriladi, mashqlar orasida faol dam olish daqiqalari uyushtiriladi. 4. 13-14 yoshli bolalarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni yanada takomillashtirib borish, aniq o'yin faoliyatida foydalaniladigan maxsus sifat va qobiliyatlarni rivojlantirish uchun mashqlar hajmini asta-sekin oshirib borish zarur. 50
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. «Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida (yangi tahriri) 2015 yil 4- sentabr. O`RQ- 394-son 2. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora- tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi Toshkent sh., 2017 yil 15 avgust, F-5024-son 3. Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O`zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 10 avgust, PQ-3196-son 4. O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 10 avgust, PQ-3197-son 5. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 3 iуипь, PQ-3031-son 6. Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 3.05.2018 yil 333-son 7. Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida Vazirlar Mahkamasining qarori 2017 yil 6 aprel 8. Umumiy o`rta ta`lim to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining qarori 2017 yil 15 mart 9. O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 mart. 51
  • 10. O`zbekiston respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish: chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 oyabr, Toshkent sh., 388-son 11. «Kurash» milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 2 oktyabrı, PQ-3306-son 12. O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta`lim Vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 30 sentyabr, PQ-3305-son 13. O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi Vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 30 sentyabrb, PQ-3304-son 14. Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktablarida sportchi lavozimini joriy etish hamda ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Toshkent sh., 2017 yil 18 sentyabru, 733-son 15. Nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 15 sentyabr, PQ-3276-son 16. Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Toshkent sh., 2017 yil 9 sentyabru, PQ-3261-son 17. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta`lim to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2017 y., 11-son, 167-modda. 18. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining “Bolalar sog`lomlashtirish oromgohlari to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2017 y., 13-son, 212-modda. 52
  • 19. O`zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi qonuni. 406-O`RQ.: 14 sentyabrı, 2016 yil. 20. O`zbekiston Respublikasi "Ta`lim to`g`risida" gi qonuni. // Turkiston. - 1997. - 1 oktyabr. 21. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e`tirof etish, ularni sport turlari reestriga kiritish hamda ushbu reestrni yuritish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida. O`zbekiston Respublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport qo`mitasining qarori Toshkent sh., 2017 yil 7 avgust, 5-mh-son 22. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat engilmas kuch.-T.: Ma`naviyat, 2008 y. 23. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O`zbekiston, 2011y. 24. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodat. – T.: O`zbekiston, 2015 y. 25. Shavkat Mirzieev Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak TOSHKENT «O`ZBEKISTON» - 2017 у. 26. M.Xoshimova, D.Fayzullaeva. Zamonaviy ta`lim va innovatsion texnologiyalar sohasidagi ilg`or xorijiy tajribalar. O`quv- uslubiy majmua 2015. 27. Mambetova I. Modulli o`qitish sifatida 2015 y. ta`lim sifatini ta`minlash texnologiyasi 28. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. – T., 2014 у. 29. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboeva, D.Inog`omova. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob /Metodik qo`llanma TDPU Toshkent: 2012 y. 30. Nigmanov B.B, Xo`jaev F, Raximqulov K.D «Sport o`yinlari va uni o`qitish metodikasi» Ilm-Ziyo nashriyoti Toshkent 2011 y 31. Ayrapetyans L.R. Pulatov A.A. Basketbol nazariyasi va uslubiyati. Toshkent 2011 y. 32. Nigmanov B.B, Xo`jaev F, Raximqulov K.D «Sport o`yinlari va uni o`qitish metodikasi» o`quv qo`llanma Ilm-Ziyo nashriyoti Toshkent 2011 y. 53
  • 33. Xo`jaev F, Raximqulov K.D, Nigmanov B.B. «Harakatli o`yinlar va uni o`qitish: metodikasi» o`quv qo`llanma “Cho`lpon” nashriyoti Toshkent 2011 y. 34. Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar. Fan va texnologiya. 2011. 35. Р.Саломов., Р.Маткаримов Спорт машғулотларида психологик тайёргарлик маъруза матни. Тош. 2006 й. 36. Ф. Керимов. Спорт кураши назарияси ва услубияти. Дарслик. Т. 2005й. 37. Саламов Р.С. Спорт машғулотининг назарий асослари. Ўқув қўлланма Тош. 2005 й. 38. М.П.Шестаков «Гандбол. Тактическая подготовка. Спорт. Академ. Пресс». Москва 2001 й. 39. А.К.Хамракулов., Т.Т.Юнусов., А.К.Акрамов « osnovy Олимпийских знаний» Тошкент-2001 Издателско-полиграфический отдел УзГосИФК 1. www.LexUZ 2. www.edu.uz 3. www.pedagog.uz 4. www.TerDU 5. www.tdpu.uz Elektron ta'lim resurslari 54