Маҳсулот сифатини бошқариш

Ushbu o'quv-metodik majmua "Maxsulot sifatini boshqarish" fanining nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. Unda sifat tushunchasi, sifatni boshqarish tizimlari, xalqaro ISO standartlari hamda paxta sanoatidagi sifat ko'rsatkichlari, ularni aniqlash usullari, paxta texnologiyasi, paxtani qayta ishlash jarayonida sifatni boshqarish hamda uning o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, paxta tolasi va uni qayta ishlash jarayonida yuzaga keladigan nosozliklar va ularni bartaraf etish choralari hamda sifatni ta'minlash bosqichlari batafsil ko'rsatib berilgan.

Asosiy mavzular

  • Sifatni boshqarish va ta'minlash: Sifat tushunchasi, sifatni boshqarish tizimini rivojlantirish, uning tamoyillari va rivojlantirish yo'nalishlari.
  • Sifatni boshqarishda ISO-9001 standartining o'rni: Xalqaro ISO-9000-9004 standartlarining mohiyati va talablari.
  • Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun texnik shartlar: Paxta tolasining sifat ko'rsatkichlari va ularni aniqlashda qo'llaniladigan standartlarning o'zaro bog'liqligi.
  • Paxta sanoatida tolaning sifatini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlar: Paxta tolasining asosiy sifat ko'rsatkichlari va ularning paxta navlariga qarab taqsimlanishi.
  • Zamonaviy paxta qabul qilish, g'aramlash va saqlash texnologiyasi: Paxtani qayta ishlash jarayonida uning sifatini boshqarish usullari va salbiy holatlarning oldini olish yo'llari.
  • Paxtani g'aramlash va saqlash jarayonida uning tabiiy hususiyatlarining o'zgarishi: Paxta g'aramlash va saqlash jarayonida tolaniig tabiiy hususiyatlariga ta'sir etuvchi omillar va ularning o'zgarishi.
  • Paxtani quritish va tozalash jarayonlari hamda ularga ta'sir etuvchi omillar: Paxtani quritish va tozalash jarayonlarining texnologik jihatlari, ishlatiladigan uskunalar va ularning sifati ta'sir etuvchi omillar.
  • Paxtani jinalash va tola tozalash jarayonlari: Jinalash va tola tozalash jarayonlarining sifati, ularga ta'sir etuvchi omillar hamda bu jarayonlardagi texnologik xatolar va ularni bartaraf etish usullari.