Maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti
Maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti (GLOBALG.A.P.)
Asosiy mavzular
- GLOBALG.A.P. standarti va uning ahamiyati: O'zbekistonda ilk bor GLOBALG.A.P. (Good Agricultural Practice) davlat standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu esa mahalliy kompaniyalarga jahon bozoriga chiqish uchun xalqaro sertifikatni qisqaroq muddatda va arzonroq narxda olish imkonini beradi. GLOBALG.A.P. qishloq xo'jaligi mahsulotlarining havfsizligi va ishlab chiqarish jarayonining zamonaviy talablarga muvofiqligini ta'minlovchi xalqaro tizimdir.
- Jahon bozoriga chiqish uchun talablar: Jahon bozoriga chiqish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari havfsiz sharoitda va ekologik talablar hisobga olingan holda yetishtirilganligiga kafolat berishlari kerak. Kimyoviy moddalarni qo'llash me'yorlariga amal qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ishchilari va atrof-muhitga g'amxo'r munosabatda bo'lish zarur.
- GLOBALG.A.P. sertifikatining afzalliklari: Ko'plab xorijiy kompaniyalar uchun GLOBALG.A.P. sertifikati agromahsulot bilan savdo qilishning muhim shartidir. Bu sertifikat mahsulotning sifatini tasdiqlaydi, iste'molchilarning sodiqligini oshiradi va savdolar o'sishiga yordam beradi. Shuningdek, sertifikatlashtirish jarayonini mahalliy organlar ham amalga oshira oladi, bu esa moliyaviy harajatlar va vaqtni qisqartiradi.
- Sertifikatning iste'molchi va ishlab chiqaruvchilar uchun foydasi: GLOBALG.A.P. standartiga muvofiq bo'lish fermerlar uchun chet el bozorlariga chiqishni osonlashtirib, daromadni oshirish imkoniyatini beradi. Iste'molchilar sifatli va havfsiz agromahsulotni xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, standart ekologik yondashuvni va atrof-muhitga g'amxo'rlikni talab qiladi.
- Meva-sabzavot mahsulotlarini sertifikatlash: GLOBALG.A.P. xalqaro standartining meva-sabzavot mahsulotlarini sertifikatlashdagi asosiy talablari mahsulotlarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi va eksportchilarga xalqaro bozorlarga chiqish sharoitlarini yengillashtiradi.