Ko‘chmas mulkni baholash va boshqarishda qoldiq texnikasini qo‘llash

Ushbu diplom ishi ko'chmas mulk ob'yektini baholashda qoldiq texnikasini qoʻllash ko'rib chiqish maqsad qilib qo'yilgan. Samarqand shahri Sattepo maskanida joylashgan savdo do'koni binosi tadqiqot ob'yekti sifatida olingan. Baholash ob'yekti uchta yondashuv yordamida baholandi: xarajatli, daromad va qiyosiy. Natijalarda binoning bozor qiymati aniqlangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, davlatning rivojlanishi uchun bozor iqtisodiyotiga oʻtish yo'li tanlandi. Mamlakatimizda mulkni baholash faoliyatining rivojlanishiga asos boʻlib xizmat qildi. Baholash tushunchasi keng qamrovli boʻlib, mulkni, ya'ni bino va inshootlarni, mashina va uskunalarni, transport vositalarini va qolaversa, insonning salohiyatidan tortib, yer yuzidagi barcha jamiki narsalarga baho berishdan iboratdir.
  • I-BOB. KOʻCHMAS MULKNI BAHOLASH VA BOSHQARISHDA QOLDIQ TEXNIKASINI QOʻLLASH USLUBIYATI: 1.1. Koʻchmas mulklarning texnik holatini baholash: Bino va inshootlarni tekshiruvdan oʻtkazish tegishli litsenziyaga ega boʻlgan mutaxassislar faoliyati sohasi. Baholovchilar konstruksiyalarni tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha asosiy qoidalarni, ular holatini tahlil qilish usullarini, baholanayotgan ob'yekt qiymatini aniqlashda texnik ekspertiza natijalaridan to'g'ri foydalanishni bilishlari zarur. Yemirilish shartli ravishda quyidagi turlarga boʻlinadi: jismoniy yemirilish, vazifaviy yemirilish, tashqi yoki iqtisodiy yemirilish. 1.2. Koʻchmas mulklarni huquqiy baholash: Huquqiy ekspertiza mulkni baholashdagi birinchi bosqichdir. Iqtisodiy baholashdan oldin ob'yektning huquqiy tartibini, uning hamma cheklashlarini va qaramligini belgilash lozim. 1.3. Koʻchmas mulklarni iqtisodiy baholash: Ko'chmas mulklarni baholashda baholovchi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida
  • II-BOB. BAHOLASH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI KORXONANING XO'JALIK FAOLIYATIGA TAVSIF VA BAHOLANAYOTGAN OB'YEKNTNING KONSTRUKTIV YECHIMLARI: 2.1. Korxona haqida qisqacha ma'lumot: “AFROSIYOВ BAHO” mas'uliyati cheklangan jamiyati Samarqand shahri Mahmud Qoshg'ariy ko'chasi 72-uyda joylashgan boʻlib, 2011 yil 12 aprelda tashkil topgan. Mulkchilik shakli – xususiy. 2.2. Korxonaning iqtisodiy koʻrsatkichlari tahlili: Baholash tashkilotining ishlab chiqarish dasturini tahlil qilishda tashkilot tomonidan bajarilgan xizmatlar va ishlar qiymati, ularning dinamikasi yilning choraklari boʻyicha aniqlanadi va tahlil qilinadi. 2.3. Baholanayotgan koʻchmas mulk ob'yektining konstruktiv yechimlari: Baholash ob'yekti Samarqand sahri Sattepo maskanida joylashgan, 69,01 kv.m.dan iborat yer maydoniga ega boʻlgan savdo do'koni hisoblanadi. Baholash ob'yektining vazifasi: savdo do'koni binosi.
  • III-BOB. KOʻCHMAS MULK OBYEKTINING BOZOR QIYMATINI BAHOLASH: 3.1. Ko'chmas mulk obʼyektining qiymatini xarajatli yondashuvda baholash: Xarajatga oid yondashuv bilan aniqlanadigan baholash ob'yektining kiymati yer uchastkasiga bulgan mulkiy huquqlar qiymatidan va yig'ilgan eskirish chegirib tashlangan yaxshilashlarni tiklash kiymati yoki tadbirkor daromadini oʻz ichiga oladigan almashtirish qiymatidan iborat. 3.2. Koʻchmas mulk ob'yektining qiymatini qiyosiy yondashuvda baholash: Sotuvlarni taqqoslashga asoslangan yondashuv mol-mulk narxi bozor tomonidan aniqlanishini e'tirof etishdan kelib chiqadi. 3.3. Koʻchmas mulk obʼyektining qiymatini daromadli yondashuvda baholash: To'g'ridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli eng tipik yillik daromadni qiymatga uni daromadning baholash ob'yektiga o'xshash koʻchmas mulk ob'yektlari qiymatiga nisbati haqidagi bozor ma'lumotlari tahlili asosida hisoblangan kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yo'li bilan to'g'ridan-to'g'ri oʻzgartirishga asoslangan.
  • Xulosa: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, davlatning rivojlanishi uchun bozor iqtisodiyotiga oʻtish yo'li tanlandi. Mamlakatimizda mulkni baholash faoliyatining rivojlanishiga asos boʻlib xizmat qildi. Baholash tushunchasi keng qamrovli boʻlib, mulkni, ya'ni bino va inshootlarni, mashina va uskunalarni, transport vositalarini va qolaversa, insonning salohiyatidan tortib, yer yuzidagi barcha jamiki narsalarga baho berishdan iboratdir. Baholash faoliyati respublikamizda mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab asta-sekin rivojlana boshladi.