Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Murod Juraev” QFYga qarashli “Chajovul” qishlog„ini rejalashtirish vamuhandisona obodonlashtirish

Ushbu diplom loyihasi Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidagi “Chajovul” qishlog'ini rejalashtirish va muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash masalalarini o'rganishga bag'ishlangan. Loyihada qishloqning tabiati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholisi va ularning turmush sharoiti o'rganilgan hamda qishloqni obodonlashtirish va modernizatsiya qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, muhandisona obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, suv ta'minoti, elektr ta'minoti va boshqa muhandislik tarmoqlarini loyihalash, shuningdek, mehnat xavfsizligi va muhofazasi masalalariga alohida urg'u berilgan.

Asosiy mavzular

  • Qishloq hududini rejalashtirish va muhandisona obodonlashtirish: Qishloq hududini loyihalash, qurish va kelgusida ishlatishda muhandisona tayyorgarlik va obodonlashtirish ishlari asosiy vazifalardan birini bajaradi. Qishloq qurilishida ajratilgan joyni tanlashda va baholashda bu joyni o'zlashtirishda muhandislik tayyorgarlik ishlari muhim rol o'ynaydi. Qishloqni muhandisona rejalashtirishda, obodonlashtirishda va qurishda tabiiy sharoitlar va fizik, geologik jarayon, shu joyga o'ziga xos ta'sir qiladi.
  • Qishloq hududlarini ko'kalamzorlashtirish: Erdagi hayotni oʻsimliklarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Insonni oʻrab turgan muhitning shakllanishida ularning ahamiyati juda yuqori va xilma-xildir, chunki oʻsimliklar sanitariya- gigienik vaziyatni yaxshilash xossalariga egadirlar. Oʻtkazilgan daraxtlar gamol kuchini, shovqinni pasaytiradi, issiqlik rejimini tartibga soladi, havoni changdan va zararli sanoat chiqindilaridan, patogen mikroorganizmlardan tozalaydi va uni namlantiradi, bu esa juda koʻp sog'lomlashtiruvchi ahamiyatga ega.
  • Suv ta'minoti va elektr ta'minoti: Suv iste'molchilarini suv bilan ta'minlash uchun loyixa asosida 1 ta kuduk kazish kuzda tutilgan. Bittasi ishchi, bittasi extiyot chorasi uchun. Elektr tarmoklari manbai va elektr tarmoklari sxemasi qishloq elektr tarmoklari 35/10-kvt kuchlanishiga muljallangan. Loyixalangan elekr iste'molchilari elektr ta'minoti buyicha III-kategoriyali, madaniy maishiy binolar uchun 2 kategoriyalidir.
  • Mehnat xavfsizligi va muhofazasi: Xavfsizlik talab va qoidalariga rioya qilmaslikka, sanitariya va gigiena me'yorlarining, hamda mehnat intizomining buzilishi, ish joylari, jarohatlanishi, zaharlanish va kasb kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo'ladi. SHikastlanishga baxtsiz holat deyiladi. Baxtsiz hodisalar ishlab chiqarish bilan bog'langan va bogʻlanmagan boʻlishi mumkin.